Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja


Download 24.92 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi24.92 Kb.
#1790365
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Yevrosiyo materigi relyefi. Reja-fayllar.org


Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja




Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. 

Reja: 
1. Relyefining asosiy shakllari: platformadagi tekisliklar va yassi tog’lar. 
2. Burmali va burmali-palaxsali tog’lar.
3. Palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar 
4. Akkumlyativ tekisliklar, vulqon mintaqalari.


Tayanch tushunchalar: Relyef shakllari, tekisliklar, yassi tog’lar, burmali va 


burmali-palaxsali tog’lar, palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar, akkumlyativ 

tekisliklar, vulqon mintaqalari. 

Relyefining asosiy shakllari: platformadagi tekisliklar va yassi tog’lar. 
Yevrosiyo materigi tarkib topishining murakkab tarixi tabiatining barcha 
komponentlarida aks etgan. Lekin u yer yuzasining tuzilishi xususiyatlarida
ayniqsa yaqqol namoyon bo’lgan, Yevrosiyoning yer yuzasi murakkabliligi, 
xilma-xilligi va Yer sharining boshqa hech yerida takrorlanmasligi bilan ajralib
turadi. Yevrosiyo uchun Yer sharida ma’lum bo’lgan tektonik struk-turalarning 
barcha tipi va barcha xil relyef tipining tarqalganligi xarakterlidir.
Oldingi bo’limdan ham ma’lumki, hozirgi materik tarkibiga kiruvchi 
platforma oblastlari materikning vujudga kelishi va rivojlanishida turlicha rol
o’ynagan, Yer sharidagi eng katta quruqlik bo’lmish Yevrosiyoning asosini 
Yevropa va Sibirь platformalari tashkil etadi. Yevrosiyo quruqligi mana shu
platformalar atrofidan kengaya borgan va bu platformalarning yaxlitligi va 
platforma tipida rivojlanishi hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Dastlab bir
butun

Xitoy
platformasi 


keyinchalik
parchalanib, 
ikki
mustaqil 

platformaga-Xitoy-Koreya va Janubiy Xitoy subplatformalariga ajralib ketgan.


Janubiy Xitoy subplatformasi ancha harakatchan bo’lgan va keyingi tog’ 
paydo bo’lish jarayonlari ta’sirida bo’lgan. Arabiston va Hindiston platformalari
butun geologik tarix davomida Yevrosiyoning boshqa qismlaridan mustaqil 
ravishda rivojlanib, materikka nisbatan yaqin geologik o’tmishda tutashgan. Ular



relyefining shakllanishida tektonik harakatlarning aktivligi katta rolь o’ynagan


va relyefining baland bo’lib qolishiga olib kelgan. 
Yevropa platformasi xorijiy Yevropa Skandinaviya yarim orolining sharqiy
qismi bilan Finlandiyada joylashgan Baltika qalqonidan hamda asosiy qismi 
Rossiyada joylashgan o’lkaning g’arbiy chekkasidan tashkil topgan. Relyefda
unga SHvetsiya bilan Finlyandiyaning zamini qattiq tekisliklari va yassi 
tog’liklari, shuningdek Yutlandiya va Daniya orollari, Polьsha, GFR ning
shimoliy qismlari hamda Gollandiyaning deyarli hamma qismini o’z ichiga 
oluvchi O’rta Yevropa qatlamli tekisligi to’g’ri keladi. Bu barcha rayonlar
maksimal muzlanish, qisman esa so’nggi muzlanish chegarasi ichida joylashgan 
bo’lib, bu hol uning relyefida aks etgan. Baltika kristalli qalqonining qattiq
zaminli tekisligi muzlanish markazida joylashgan bo’lib, neogen-antropogenda 
intensiv ravishda parchalanib ketgan, u muzlik ekzaratsiyasi relyefi
shakllarining ustun turishi bilan xarakterlanadi. Baltika qalqonining chekka 
qismida va O’rta Yevropa tekisligida muzlik akkumulyatsiyasi relyefi
shakllari-chekka morenalar, ozlar va boshqalar tarqalgan bo’lib, ular 
morfostruktura ustini qoplab yotadi. Baltika dengizi bilan SHimoliy dengiz
sohillarida muzlanishlardan keningi transgressiya natijasida hosil bo’lgan 
akkumulyativ tekisliklar joylashgan.


Download 24.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling