Mavzu: Yevrosiyo materigi relyefi. Reja
Palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar
Download 24.92 Kb.
|
Mavzu Yevrosiyo materigi relyefi. Reja-fayllar.org
Palaxsali va palaxsali-burmali tog’lar
Osiyodagi paleozoyda hosil bo’lgan burmali tog’lar neogen-antropogen, ya’ni (neotektonik) bosqichda ayniqsa intensiv aktiv harakatlar ta’siriga uchragan. Natijada Markaziy Osiyoning qayta yoshargan (epiplatforma tipidagi) burmali - palaxsali va palaxsali baland hamda eng baland tog’lari (Mongoliya Oltoyi, Tyanshan, Kunlun va uning shimoliy tarmoqlari-Oltintog’ bilan Nanьshanь) paydo bo’lgan. Ularning o’rtacha balandligi 3000 m dan 4500 m gacha bo’lib, ayrim tog’ tepalarining balandligi 6000 m va hatto 7000 m dan ortadi. Ular relyefida qadimgi tekislangan yuzalarning turlicha balandlikka ko’tarilgan qismlari saqlanib qolgan. Uzilmalar hosil qilgan yonbag’irlar tikdir. Tektonik va erozion parchalanish natijasida tog’lar orasida soyliklar yoki keng bo’ylama vodiylar hosnl bo’lgan. Qirrasi yaqqol aks etgan juda uzun tizmalar odatda uchramaydi. 4000 m dan balandda qadimgi va hozirgi tog’-glyatsial va nival relyef shakllari keng tarqalgan. Xentey va Xangay tog’ligi pastroq va relyefi ham uncha keskin parchalangan emas. Osiyoning sharqi uchun paleozoy zaminiga ega bo’lgan o’rtacha va hatto past burmali-palaxsali tog’lar xarakterlidir. Bularkatta Xingan va Kichik Xingan hamda Janubiy Xitoy tog’laridir. SHarqiy Osiyoda TSinьlin tizmasi eng balanddir; u Kunlunning orografik va tektonik davomidan iborat bo’lib, balandligi 4000 m dan ortadi. Gertsin burmali strukturalaridagi pastliklarda akkumulyativ tekislik relyefiga ega bo’lgan botiqlar joylashgan (Jung’oriya soyligi, Katta Ko’llar soyligi). Gobi Xitoy va Mongoliya doirasida bo’r va kaynozoy cho’kindilari bilan qoplangan past tog’lar hamda qatlamli baland tekisliklardan iboratdir. Paleozoy burmali strukturalari tarqalgan oblastlar, ayniqsa Xorijiy Yevropa territoriyasida rangdor va nodir metallar (rux qo’rg’oshin, qalay, simob, uran) rudalariga boydir. Gertsin bosqichida paydo bo’lgan tog’ oldi bukilmalarida juda katta toshko’mir konlari bor (Xorijiy Yevropagi Sileziya, Rur havzalari va boshqa havzalar, SHimoli-sharqiy Xitoydagi koplar). Yevrosiyoning janubiy va janubi-sharqiy qismlari tektonik strukturasi jihatidan mezokaynozoy burmali tog’lari zonasiga kiradi. Hindixitoyning katta qismi (Malakka yarim oroli ham shunga kiradi), Tibet tog’ligining janubiy chekkasi va Qoraqurummezozoy burmalanishida paydo bo’lgan tog’lardan iborat bo’lib, neogen-antropogen davrida aktiv neotektonik harakatlar ta’sirida bo’lgan. Bu harakatlar Qoraqurumda hamda Tibetning janubida eng kuchli ro’y bergan. Bu tog’lar Yer sharidagi eng ulkan tog’li o’lka-Baland Osiyo sistemasiga kiradi. Baland Osiyo antropogen boshidayoq nihoyatda yuqoriga ko’tarilib qolgan hamda hozirgi vaqtda ham ko’tarilayotgan tog’larni o’z ichiga oladi. Hindixitoyning shimoliy va sharqiy qismlarida hamda Malakka yarim orolida mezozoyda ro’y bergan burmalanish, yer po’stining eng yangi davridagi ko’tarilish va uzilishlari o’rtacha balandlikdagi buradali-palaxsali tog’larning tarqalishiga sabab bo’lgan. Tog’ tizmalari orasida joylashgan SHanь tog’ligi, Annam tizmasining bir qismi va Kambodja pasttekisligi janubda yoshi birmuncha qadimiy bo’lgan o’rta massiv burmalanishlariga to’g’ri keladi. Hindixitoy doirasida mezozoidlar tarqalgan oblastь Alp-Himolay burmali mintaqasiga borib tutashadi; Alp-Himolay burmali mintaqasi g’arbda Pireney yarim orolidan janubi-sharqda Zond orollariga qadar butun Yevrosiyo bo’ylab cho’zilib ketgan. Bu mintaqaning butun g’arbiy qismi, ya’ni Pireney va Andaluziya, Alp, Karpat tog’lari, Apennin va Bolqon yarim orolidagi tog’lar, Old Osiyo tog’liklari (Kichik Osiyo, Armaniston va Eron tog’liklari), Hindikush va Himolay tog’lari hozirgi zamon tektonik kartalarida haqiqiy Alp burmalanishida paydo bo’lgan tog’lar zonasiga, Hindixitoyning g’arbidagi tog’lar, Janubi-sharqiy va SHarqiy Osiyodagi orollar esakaynozoy oxiridagi, ya’ni hali uzil-kesil shakllanmagan tog’lar zonasiga kiritiladi. Butun mintaqa uchun nisbatan qadimiy strukturalarning, ya’ni paleozoyda yoki hatto undan oldin burmalangan o’rta massivlarning tarqalganligi xarakterlidir. Bu o’rta massivlar hozirgi relyefda bir necha tekislangan yuzalar yarusidan va zinapoyasimon-uzilmali yon bag’irlardan iborat o’rtacha balandlikdagi tog’lardir. Bu tipdagi relyef Kalabriya tog’lari, Bolqon yarim orolidagi Rodopmakedoniya massivi va O’rta Eron tog’lari uchun xarakterlidir. Qadimgi kristalli yadrolari (o’zaklari) hamda cho’kindi yotqiziqlar komplekslariga bo’lgan va murakkab tuzilgan Alp antiklinoriylariga Janubiy Yevropa bilan Janubi-G’arbiy Osiyonnig tog’ sistemalari: Alp, Pireney tog’lari, Elьburs, Zagros, Hindikush, Himolay tog’lari bo’ylab cho’zilgan baland va eng ulkan burmali hamda burmali-palaxsali tog’ tizmalari to’g’ri keladi. 3000 m da va undan balandda bu tog’lar tipik Alp relyefiga egadir. Baland tog’ sistemalarining chekka zanjirlari, shuningdek, Karpat, Bolqon, Apennin, Dinara tog’lari, Tavr, Makron tizmalari va boshqalar flish bukilmalari o’rnida vujudga kelgan yoki mezozoy karbonatli jinslaridan tarkib topgan bo’lib, uncha baland ko’tarilmagan; shu sababli ular erozion relyef ustun turuvchi o’rtacha balandlikdagi tog’lar relyefiga egadir. Butun Alp burmali mintaqasi bo’ylab karbonatli jinslarning ko’p tarqalganligi karst hosil bo’lishi va karst relyefi shakllari paydo bo’lishi uchun qulay sharoit yaratgan. Karst relyefi shakllari Apennin, Dinara, Tavr tog’lari uchun ayniqsa xarakterlidir. Vulkanik jarayonlar hamda vulkanogen relyef shakllari O’rta dengiz qirg’oqlari, Karpat tog’lari, Armaniston tog’ligi va Elьburs tog’laridagi yer po’stining eng katta uzilmalari chizig’i bilan bog’liqdir. Tog’ yoylarining tashqi tomonida, chekka bukilmalarda akkumulyativ plato va pasttekisliklar (Alpoldi va Karpatoldi platolari, Andaluziya pasttekisligi, Mesopotamiya va Hind-Gang pasttekisliklari) paydo bo’lgan. Baland va past akkumulyativ tekisliklar, shuningdek, uzilmalar bilan chegaralanuvchi tog’ orasi botiqlarida ham vujudga kelgan; bu botiqlar Alp burmali mintaqasining ichidagi burmalangan turli strukturalarda joylashgan. Bu tipdagi eng katta akkumulyativ tekisliklar-O’rta Dunay va Padan tekisliklari, Anatoliya platosi, Eron tog’ligining ichki platosidan iborat. Osiyoning orollardan iborat janubi-sharqiy va sharqiy chekka qismlari Tinch okean tektonik mintaqasi tarkibiga kiradi. Hindixitoyning Birma doirasidagi g’arbiy qismi kaynozoy erasining oxirida paydo bo’lgan o’rtacha balandlikdagi burmali-palaxsali tog’lardan iborat. Bu tog’lar Sumatra, Kalimantan, Tayvanь, Xokkaydo, Saxalin orollari va Qamchatkad a ham davom etgan. Tinch okean tomonidan ularga hozirgi geosinklinal mintaqa kelib tutashgan; bu mintaqa Osiyoni Tinch okeanning markaziy qismidan ajratib turadi. Hozirgi geosinklinal mintaqa uchun orol yoylarining geoantiklinal zonasi, geosinklinal novlar (chuqur suvli nov) hamda chekka dengizlarning geosinklinal soyliklari xarakterlidir. Butun mintaqa nihoyatda kuchli seysmikasi va intensiv vulkanik faoliyati bilan xarakterlanadi. So’ngan va ko’pdan-ko’p harakatdagi vulkanlar Yapon orollari, Filippin, Yava va boshqa materik orollaridagi tog’ tizmalarining eng baland tog’ tepalarini hosil qilgan. Vulkanik yo’l bilan paydo bo’lgan orollar ham ko’p; bular-Ryukyu, Zond orollaridan ba’zilari va boshqalardir. Mezokaynozoy yoshidagi burmali mintaqalar uchun pegmatit va gidrotermal yo’l bilan paydo bo’lgan rangdor metall rudalarining tarqalganligi xarakterlidir. Bular Karpat tog’laridagi va Bolqon yarim orolidagi mis, qo’rg’oshin, rux zapaslari, Janubiy Xitoydan Hindixitoy yarim oroli orqali Malakka hamda Indoneziyagacha cho’zilib ketgan mashhur qala y va qalay- volьfram mintaqasi, Yapon orollaridagi rangli metall konlari va boshqalardir. CHo’kindi yotqiznqlarda paydo bo’lgan metall foydali qazilmalarga Alp, Karpat, G’arbiy Hindixitoy va Indoneziya tog’larining chekka zonalarida joylashgan boksit konlari kiradi. CHekka bukilmalar va tog’ orasidagi botiqlar neftь hamda gazga boy. Karpatoldi va Mesopotamiya chekka bukilmalari hamda O’rta Dunay botig’i bu jihatdan alohida ajralib turadi. Ko’p botiqlarda shuningdek qo’ng’ir ko’mir va tuz konlari tarqalgan. Turli yoshdagi strukturalarni kesib o’tuvchi yosh tektonik yoriqlar bo’ylab termal va minerallashgan suvlar oqib chiqadi. http://fayllar.org Download 24.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling