5-sinf texnologiya Mavzu; Kashta chokida kompozitsiya tuzish


Download 18.46 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi18.46 Kb.
#1304489
Bog'liq
5 Sinf texnologiya


5-sinf texnologiya
Mavzu; Kashta chokida kompozitsiya tuzish.
1. Darsning maqsadi; Yangi mavzuni o’quvchilarga tushuntirish o’quvchilarni kashta chokida kompozitsiya tuzish ishlarini o’quvchilarga tushuntirish.
2. Darsning jihozi; tikuvchilik o’quv xonasi rasm va tarqatma materiallar o’quv qurollar.
3. Darsning uslubi; Tushuntirish , suhbat , tezkor savol javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish.
1. Tarkibiy qism;
A. salomlashish.
B. davomatni aniqlash.
C. xona tozaligini tekshirish.
3. O’tilgan mavzuni bayoni;
Amaliy mashg’ulot;
1. Xalq hunarmandchiligida kashtachilikning ahamiyati qanday?
2. Kashta choklaridan foydalanib qanday buyumlar tikilgan?
3. Kashta choklari yana qaysi xalq hunarmandchiligi turlarida uchragan va ularning nomlarini aytib bering?
4. Kashtachilik tarixiga oid qo’shimcha ma’lumotlarni mustaqil tayyorlang.
II. O”tilgan mavzuni mustahkamlash.
1. Kashta tikishda naqshning ahamiyati bormi?
2. Kashta tikishda qanday asbob va moslamalardan foydalaniladi?
3. Gazlama va ip qanday tanlanadi?
4. kashta chok turlaridan namunalar tayyorlang?
III. Yangi mavzuni bayoni;
Kashtani tikishdan oldin uning umumiy badiiy yechimini o’ylab ko’rish, bezakning ,undagi ayrim bo’laklarning buyum yuzasiga qanday joylashtirishni qanday rangda tikishni, ya’ni kompozitsiya tushunchasiga kiradigan hamma narsani aniqlab olish kerak. Kompozitsiya xarakteri ko’proq ritmga- naqshdagi alohida elementlar yoki element guruhlarining qonuniy almashinishiga bog’liq bo’lib, bu kompozitsiyaning ifodali bo’lishiga , aniq tasavvur etishiga yordam beradi .
Mulina iplari bir tekis ochilib , karton qog’ozga o’raladi. Kerakli qalinlikda iplar tanlanib ,ignadan o’tkaziladi .
“Zangori gullar” salfetkasi. Salfetka oqartirilmagan xom surpdan 40x61 cm o’lchamda tayyorlanadi . Bu kashta zangori rangli mulina ipda tikilgan .Kashta gullari va barglari popop chok ,qaytma chok , yo’rma chok bilan tikilgan . Doiracha va gullar konturlari popop chok bilan tikilgan .Gulning har biri gulbargida puxtalangan yo’rma chok bo’ladi . gul konturi qaytma chok bilan o’zagi puxtalangan chala yo’rmalar bilan tikilgan novda burglar konturi qaytma chok bilan tikilgan Barglarning atrofiga yo’rma chok qo’llanilgan Kashta bezagini bir necha xil tusdagi masalan qizil zumrad yashil siyohrang iplar bilan tikish mumkin Ushbu kashta turi kofta yubka sarafan dasturxon kabilarni bezashda qo’llaniladi
Salfetkalar Salfetka tikish uchun 3mm katak fakturali oq rangdagi gazlama kerak bo’ladi Zalg’aldoq rang va qora mulina ip [6 qavat ]ishlatiladi kashta gulining yo’llari iroqi chizma tekis choklar bilan tikiladi salfetka chetlarining ensiz tarafi 1,5 sm keng tarafidagi kashta gulning birinchi yo’li zarg’aldoq rangdagi ipda iroqi chok bilan qora ipda chizma chok bilan tikiladi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash;


1. Mulina ipini karton qog’ozga o’rash jarayonini aytib bering
2. Mulina ipi gazlamaga qanday puxtalanadi
3. Gazlamaga chambarak qanday qotiriladi
4. kashta choklaridan foydalanib, mustaqil kompozitsiya yarating
V. Uyga vazifa; mavzu bo’yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o’qib o’rganib kelish.
Kashta chokidan foydalanib kompozitsiya tuzib kelish.
Download 18.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling