5. tashkiliy, ma’naviy-ahloqiy va tarbiyaviy ishlar


Download 14.14 Kb.
Sana06.02.2023
Hajmi14.14 Kb.
#1172297
Bog'liq
манавият булим (2)


5. TASHKILIY, MA’NAVIY-AHLOQIY VA TARBIYAVIY ISHLAR

Talaba-yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar, xorijda ro‘y berayotgan voqealar hamda boshqa zarur axborotlar bilan tezkor va muntazam xabardor etib borish maqsadida fakultetnig barcha guruh murabbiylari tomonidan haftada bir marta dars jadvali asosida “Axborot va murabbiylik soati” ZOOM platformasida (40 daqiqa “Axborot soati”, 40 daqiqa “Murabbiylik soati” shaklida) mashg‘ulotlari ishlab chiqilgan reja asosida doimiy o‘tkazib borilishi yo’lga qo‘yildi va qat’iy nazorat qilindi.


Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tayyorlangan “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida onlayn shaklda o‘tiladigan “Mustaqillik darsi” nomli qo‘llanma asosida Dasturiy injiniring fakultetining barcha guruhlarida 3-10 sentabr kunlari Mustaqillik darslarini o‘qitilishi tashkil etildi.
Fakultet dekani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va guruh murabbiylari tomonidan Talaba-yoshlarda milliy g‘urur va iftixor hamda millat tarixiga nisbatan ehtirom tuyg‘ularini shakllantirish, san’at borasidagi iqtidorini namoyon qilishlariga yo’l ochish maqsadida fakultet talabalarini madaniy yodgorliklar, muzeylar hamda ko‘rgazmalarga sayohatlari o‘quv yili davomida muntazam tashkil etib borildi.
Bundan tashqari o‘quv yili davomida Dasturiy injiniring fakulteti “Yoshlar bilan ishlash” bo‘limi, Huquq-tartibot idoralari, Ma’naviyat va ma’rifat markazi va boshqa jamoatchilik bilan ishlash tashkilotlari bilan hamkorlikda “Diniy ekstremizm, terrorizm hamda uning salbiy oqibatlari”, “Odam savdosi – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat”, “Giyohvandlik – hudud, chegara, millat tanlamaydigan mudhish illat”, “Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari”, “Ogohlik-davr talabi!”, “YOshlar orasida giyohvand vositalarini tarqalishiga qarshi kurash” mavzularida tadbirlar utkazib borildi.
Dasturiy injiniring fakultetining Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan talabalarni dekan o‘rinbosarlari va tarbiyachi-pedagog tomonidan doimiy nazorat qilib boriladi. Talabalar turar joyida fakultet dekan o‘rinbosarlari va tarbiyachi-pedagog tomonidan har kuni navbatchilik tashkil etilgan. Har oyda 2 marta fakultet dekani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari tomonidan ochiq muloqot va davra suhbatlari o‘tkazib borildi.
Fakultet dekani, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va guruh murabbiylari tomonidan fakultetning Toshkent shahrida ijarada turuvchi talabalari doimiy nazorat qilib borildi. Ijarada turuvchi talabalarning ota-onalari, ijarada turgan joylashgan maxalla raislari va uchastka nozirlari bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo‘yilgan.
Turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham dolzarbroq ekanini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Shu bois prezident tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo’lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Shu bo‘yicha fakultetimizda ham ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
2021-yil 27-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari univrsiteti, Dasturiy injiniring fakulteti va Yunusobod tumanida joylashgan Turkiston maxallasi hamda Barkamol avlod yoshlar maktabi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir kuni o‘tkazildi.
Bugun O‘zbekistonda mahalla tizimiga bo‘lgan e’tibor tubdan o‘zgardi. Zero, bu aholi bilan bevosita ishlashning eng samarali va an’anaviy mexanizmidir. Xalq bilan muloqotning bunday usulini boshqacha qilib mahallabay ishlash tizimi deb atayapmiz. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, shahar mahallalarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi kamchilik va to‘siqlarni bartaraf qilish, mahallalardagi kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolarini ishga joylashtirish, ayollar va yoshlar daftariga kiritilgan ishsizlar bandligini ta’minlash, mahallalarda xizmat ko‘rsatish turlarini joriy qilish юzasidan takliflar ishlab chiqish va aholining turmush tarzini yaxshilashdan iboratdir.
2021 yil 2 iюn kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti rahbariyati va dasturiy injiniring fakulteti jamoasi hamda Юnusobod tumani “Turkiston” mahallasida istiqomat qiluvchi bir guruh yoshlar hamda mahalla faollari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Aloqa tarixiy muzeyi” ga sayohat uюshtirildi.
“Aloqa tarixi muzeyi” 2009 yil 24 oktabrdan boshlab o‘z faoliyatini юritib kelmoqda. Muzey O‘zbekiston aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Muzey pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televidenie, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi bo‘limlari va muzey eksponatlari bilan yaqinlan tanishdilar.
Download 14.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling