5 variant oʻzbekistonda soʻnggi yillarda nima sababdan inflyatsiyaning yuqori darajasi kuzatilmoqda. Akselerator modelini tushuntirib bering. Jamgʻarmaga oʻrtacha va chegaraviy moyillik koʻrsatkichlarini izohlab bering?


Download 34.8 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi34.8 Kb.
#1377689
Bog'liq
Makro


25 VARIANT

1. . Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda nima sababdan inflyatsiyaning yuqori darajasi kuzatilmoqda.


2. Akselerator modelini tushuntirib bering.
3. Jamgʻarmaga oʻrtacha va chegaraviy moyillik koʻrsatkichlarini izohlab bering?

1. . Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda nima sababdan inflyatsiyaning yuqori darajasi kuzatilmoqda.


2019 yilning I choragida makroiqtisodiy holat Markaziy bankning asosiy prognozlariga mos ravishda shakllandi. Yalpi ichki mahsulotning real oʻsishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan (5,1 foiz) jadallashib, 5,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida maʼlum qilingan.
Mazkur davrda iqtisodiy oʻsishning asosiy “drayverlari” oʻtgan yillarda boʻlgani kabi banklar tomonidan kreditlash faolligining oshishi hamda oʻrta darajadagi yumshoq soliq-byudjet siyosatining yuritilishi hisobiga asosiy kapitalga yoʻnaltirilgan investitsiyalarning yuqori darajada oʻsganligi (2018 yilning shu davriga nisbatan 29,3 foizga koʻp), shuningdek, aholi daromadlari oʻsishining davom etishi kabi omillar boʻldi.
Taklif omillari tomondan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 6,8 foizga oshishi, shu jumladan, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishning – 18,3 foizga, qurilish ishlarining – 5,9 foizga va xizmatlar koʻrsatishning – 11,1 foizga oshishi yalpi ichki mahsulot oʻsishiga asosiy hissa qoʻshdi. Inflyatsiya darajasi Markaziy bankning asosiy prognozlarida nazarda tutilgan xatarlarning qisman amalga oshishi va narxlarga mavsumiy omillar taʼsiri natijasida shakllanib, chorak yakunlari boʻyicha yillik hisobda 13,6 foizni tashkil etdi va 13,5-15,5 foizlik prognoz koridorining quyi chegarasida boʻldi.
Inflyatsiya darajasining prognoz koʻrsatkichlari doirasida saqlanib qolishi, ichki bozorda tovarlar va xizmatlar taklifining ortishi, shuningdek, milliy valyuta almashuv kursini barqarorligi qisqa va oʻrta muddatli inflyatsion kutilmalarning pasayishiga xizmat qildi.
Markaziy bakning ichki valyuta bozoridagi intervensiyalarining belgilangan parametrlar doirasida boʻlishi, davlat qimmatli qogʻozlarini muomalaga chiqarilishi hamda Markaziy bankning depozit auksionlari bank tizimidagi qoʻshimcha likvidlikni sterilizatsiya qilish imkonini berdi va iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolinishiga xizmat qildi.
Iqtisodiyotda jamgʻarish faolligining barqaror oʻsish tendensiyasi saqlanib qoldi. 2019 yilning I choragida jismoniy shaxslarning muddatli depozitlari hajmi 19,2 foizga, yuridik shaxslarniki esa – 13,2 foizga oʻsdi.

2. Akselerator modelini tushuntirib bering.


I = f(Y), ya’ni investitsiyalar (I) YaIM (Y)ning funksiyasi ekan. Akselerator modelining to‘liqroq ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:


bu yyerda:

Ireja – rejalashtirilgan investitsiyalar; Y – YaIM (daromad) hajmi. Akseletator modelini hisobga olib, investitsiya funksiyasini quyidagicha yozish mumkin:32
I = e - dR + γY
YaIM hajmi oshishi korxonalar foydasining ko‘payishiga olib keladi. Korxona foydasi investitsiyalarning manbai ekanligini hisobga olsak, bu holatda investitsiya xarajatlari oshadi. YaIM hajmi pasayib ketganda esa, ya’ni iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida bo‘sh turgan quvvatlar mavjudligi tufayli, investitsiya xarajatlari pasayib ketadi. Ammo YaIMning davriy tebranishlari, innovatsiyalarni doim ham bir tekisda bo‘lmasligi, uskunalarni uzoq muddat xizmat qilishi, iqtisodiy kutishdagi xavflar tufayli investitsiyalar hajmi barqaror bo‘lmaydi.
3. Jamgʻarmaga oʻrtacha va chegaraviy moyillik koʻrsatkichlarini izohlab bering?
Iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha hamda chegaralangan moyillik Makroiqtisodiy tahlil jarayonida iste’mol va jamg‘arish funksiyalarini yanada to‘laroq bilish uchun iste’mol va jamg‘arishga o‘rtacha moyillik va chegaralangan moyillik tushunchalarini mohiyatini anglab olishimiz lozim. Iste’molga o‘rtacha moyillik deganda tasarrufidagi daromaddagi iste’mol xarajatlarining ulushi tushuniladi, ya’ni:

b unda: APC – (average propensity to consume) iste’molga o‘rtacha moyillik. Tasarrufidagi daromaddagi jamg‘arish ulushini jamg‘arishga o‘rtacha moyillik deb ataladi, ya’ni:




Bunda: APS (average propensity to saving) – jamg‘armaga o‘rtacha moyillik. Misol uchun, tasarrufidagi daromad darajasi 410 va 530 shartli birlikka va iste’mol darajalari 405 va 495 shartli birlikka teng bo‘lgan holatlar uchun iste’molga o‘rtacha moyillikni hisoblaymiz, ya’ni: APS =(405 / 410) x 100 = 98, 78foiz yoki 0,98; APS = (495 / 530) x 100 = 93,39foiz yoki 0,93 ga teng. Demak, bu misollardan ko‘rinib turibdiki, tasarrufidagi daromadlar miqdori ko‘payib borishi bilan uning tarkibidagi iste’mol ulushi kamayib va aksincha jamg‘arma ulushi ko‘payib boradi. Bu holatni Keynsning “asosiy psixologik qonun”i bilan izohlash mumkin. “Mavjudligiga nafaqat aprior tasavvurlarga ko‘ra, bizning inson tabiatini bilishimizdan kelib chiqib shuningdek o‘tmish tajribasini sinchiklab o‘rganish asosida biz to‘liq ishonishimiz lozim bo‘lgan asosiy psixologik qonun shundan iboratki kishilar daromadlari o‘sishi bilan, odatda, o‘z iste’mollarini oshirishga moyillar, ammo daromadlari o‘sgan darajada emas
Download 34.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling