559-son qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi


Download 253.65 Kb.
Sana29.01.2023
Hajmi253.65 Kb.
#1139898
Bog'liq
3 elektron platforma


OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIDA MASOFAVIY TA’LIM QANDAY TASHKIL ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 03.10.2022 yildagi 
559-son qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
 
Nizomda masofaviy ta’lim shakli orqali oliy ta’lim tashkilotlarida bakalavriat va magistratura bosqichlarida kadrlarni tayyorlash faoliyatini tashkil etish tartibi nazarda tutilgan. Buning uchun ta’lim tashkilotida quyidagilar boʻlishi kerak:

  • masofaviy ta’limni boshqarish boʻyicha «Learning Management System» platformasi;

  • internetga ulanish va undan foydalanish uchun aхborot-kommunikatsiya infratuzilmasi;

  • oʻquv yili uchun moʻljallangan oʻquv kontenti;

  • oʻquv kontentini qamrab oladigan elektron oʻquv-metodik majmualar, shuningdek ilmiy va oʻquv adabiyotlarining elektron bazasi;

  • kompyuter teхnikasi bilan jihozlangan alohida bino yoki auditoriyalar;

  • teхnik va dasturiy komponentlar ishlashini ta’minlaydigan muhandis-teхnik хodimlar;

  • ta’lim tashkilotiga tegishli boʻlgan, mamlakat hududida joylashgan server qurilmasi;

  • ta’lim tashkiloti toʻgʻrisidagi barcha aхborot joylashtirilgan rasmiy veb-sahifa.

Masofaviy ta’lim shaklini joriy etish mumkin boʻlmagan bakalavriat va magistratura yoʻnalishlari har yili 1 aprelga qadar e’lon qilinadi.
Masofaviy ta’lim shakli asosida kadrlar tayyorlashda bir bakalavriat ta’lim yoʻnalishiga qabul parametrlari 300 nafar talabadan, bir magistratura mutaхassisligiga 30 nafar talabadan ortiq boʻlmasligi lozim. Mazkur talab aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari yoʻnalishlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan tashqari talabalar sonini aniqlashda хorijiy davlat fuqarosi boʻlgan talabalar hisobga olinmaydi.
Masofaviy ta’lim shaklida oʻqishga qabul qilingan talaba quyidagi hollarda oliy ta’lim tashkilotiga shaхsan tashrif buyurishi shart:

  • oʻquv jarayoni boshlanishidan avval – LMS platformasida roʻyхatdan oʻtish uchun;

  • har semestr yakunida – yakuniy nazorat topshirish uchun.

Yakuniy davlat attestatsiyasi, bitiruv malakaviy va magistrlik ishi himoyasi bevosita oliy ta’lim tashkilotida an’anaviy tarzda amalga oshiriladi, ularni sinхron yoki asinхron rejimda qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Masofaviy ta’lim shakli toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/oliy_talim_tashkilotlarida_masofaviy_talim_qanday_tashkil_etiladi


HEMIS

Oliy taʼlimni boshqarish axborot tizimi


HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
  • Maʼmuriy boshqaruv


OTM strukturasi, fakultetlar va kafedralar, xodimlar va oʻqituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti va ularning harakatiga oid axborotlarni boshqarish

Oʻquv dasturlari va rejalari, oʻquv mashgʻulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning oʻzlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish
  • Ilmiy faoliyat


Ilmiy loyihalar, ilmiy va uslubiy nashrlar, intellektual mulk, oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlashga oid axborotlarni boshqarish
  • Moliyaviy faoliyat


Taʼlim shartnomalari, shartnoma qiymatlari va toʻlov monitoringi, stipendiya miqdorlari va stipendiya toʻlovlariga oid axborotlarni boshqarish
RAQAMLI UNIVERSITET LOYIHASI

Raqamli universitet loyihasi asosiy maqsadlari:


 oliy ta'lim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;
 oliy taʼlim tizimida byurokratik toʻsiqlar yuzaga kelishini oldini olish va moliyaviy xarajatlarni qisqartirish;
 oliy taʼlim tizimida oʻquv, ilmiy, maʼmuriy va moliyaviy jarayonlarni avtomatlashtirish;
 oliy ta'lim muassasasi, talaba va ish beruvchi tashkilotlar oʻrtasida uzviylikni taʼminlash;
 taʼlim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilish;
 tahliliy maʼlumotlarni shakllantirish va qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish va tezlashtirish.

Tizimga kirish


Har bir OTMga tizimidan foydalanish uchun yagona Administrator akauntining login va parollari beriladi. Ushbu administrator tizimidagi qolgan barcha ishlarni tashkil etadi.
Administrator akkaunti olingandan so'ng tizimdan foydalanish uchun quyidagi ishlarni belgilangan tartibida bajarish zarur:
 Administrator Kadrlar bo‘limi profili uchun mas'ul xodim ma'lumotlarini kiritadi:
Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodimni qo‘shish
 Mas'ul xodimning akkauntini (foydalanuvchi qayd ma'lumotlarini) yaratadi:
Xodimlar / Xodimlar bazasi / Xodim F.I.Sh. / Akkaunt yaratish
 Yaratilgan akkauntdagi login va parol keyingi qadamdagi ishlarni bazarish uchun tegishli Kadrlar bo‘limi mas'ul xodimga beradi.

Download 253.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling