5A310202 – “Energiya tejamkorligi” mutaxassisligi M3–18 guruhi magistranti Afzaljon Qodirov Axror o’g’lining “Farg’ona unc korxonasida irrigatsiya nasoslarining


Download 18.72 Kb.
Sana27.06.2020
Hajmi18.72 Kb.
#122058
Bog'liq
Fikirnoma


5A310202 – “Energiya tejamkorligi” mutaxassisligi M3–18 guruhi magistranti Afzaljon Qodirov Axror o’g’liningFarg’ona UNC korxonasida irrigatsiya nasoslarining energiya samaradorligini oshirishning innovasion texnologiyalarini ishlab chiqish va tadqiq qilishmavzusidagi dissertatsiyasiga
FIKRNOMA
Yurtimizda iqtisodiyotni samarali boshqarish va xalq farovonligini oshirish yo`lidagi ishlar ko`lami yildan–yilga kengaymoqda. Bu yo`nalishda yaratilgan moddiy boyliklardan tejab–tergab va oqilona foydalanish tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.

Bu esa energetika resurslaridan oqilona foydalanish va energetika tizimi ishini tejamkorligini ta’minlash orqali isroflarni kamaytirish va optimal rejim muammolarini hal etishni talab qiladi va bu mavzu to`g`ri tanlanganligini va dolzarbligini bildiradi.

Dissertatsiyada Farg’ona UNC korxonasida irrigatsiya nasoslarining energiya samaradorligini oshirishning innovasion texnologiyalarini ishlab chiqish va tadqiq qilish masalasida tadqiqot ishlari olib borildi bunda muammolarni optimal yechimlari, nasoslarni quvvatlar balansini nazorat qilib turish, va aqiliy salohiyatga ega bo’lgan nasoslarni qo’llash tavsiyasi bo’yicha ish olib borildi.

Magistrant Afzaljon Qodirov Axror o’g’lining “Farg’ona UNC korxonasida irrigatsiya nasoslarining energiya samaradorligini oshirishning innovasion texnologiyalarini ishlab chiqish va tadqiq qilish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi kirish, Nasos stantsiyalarining elektr haydovchi tizimlarining tipik tuzilmalariga umumiy ko'rinish, Nasos stantsiyalarining samaradorligini oshiradigan nasos agregatlarining elektr haydovchi tizimlarini qurish va optimallashtirish vazifalari, Nasos agregatlari va nasos stantsiyalari tarkibiy qismlarining matematik modellari bazasini qurish haqida umumiy tushuncha, Modellashtirish jarayonida nasos stantsiyalarining elektr haydovchi tizimlarining iqtisodiy samaradorligini baholash uchun matematik tavsifni ishlab chiqish, Sintez muammolari va nasos stantsiyalarining samaradorligini oshiradigan elektr haydovchi tizimlarini qurish usullari va 3 ta bobdan, xulosadan hamda ilovalardan iborat bo`lib to`liq yakunlangan.

Dissertatsiyada quyidagi kamchiliklar ham mavjud:


  1. Dissertatsiyadagi ishlatilgan formulalarni izohlashni kengroq ta’riflash maqsadga muvofiq bo`lar edi;

Qayd qilingan kamchilik taqriz qilinayotgan dissertatsiya ishining amaliy salmog`iga salbiy ta’sir ko`rsatmaydi.

Nasos stantsiyalarining elektr yuritma tizimlarida dinamik va energiya jarayonlarini hisobga oluvchi nasos agregatlarining matematik modellarini va ularni ulashning turli xil variantlarini ishlab chiqish orqali tizimli taxlil qilingan.



Umuman, magistrlik dissertatsiyasi unga qo`yilgan talablarga javob beradi, uning muallifi A.A. Qodirov esa magistr akademik darajasini olishga loyiq.
Ilmiy rahbar: PhD. Usmonov Sh.Yu
Download 18.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling