6-amaliy ish. Mavzu: Qаzib оlingаn qumtоsh-shаg’аl аrаlаshmаsini qаytа ishlаsh tехnоlоgiyasini аniqlаsh


Download 18.28 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi18.28 Kb.
#1573739
Bog'liq
6 amaliy ish Qаzib оlingаn qumtоsh shаg’аl аrаlаshmаsini qаytа ishlаsh


6-amaliy ish.
Mavzu: Qаzib оlingаn qumtоsh-shаg’аl аrаlаshmаsini qаytа ishlаsh tехnоlоgiyasini аniqlаsh.

Shag‘al deb, yirikligi 5 mm dan (ba’zida 3 mm) 70 mm (ba’zida undan ham yuqori) gacha tog‘ jinsi tosh bo‘laklariga aytiladi.


Shag‘al donasi yuqori darajali jinslar bo‘lgan granitlar, gneyslar, diabazlar, oxaktoshlar va qum-tuproqlardan iborat bo‘ladi.
Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi, betonda sement toshi bilan yomon bog‘lanadi. Shu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30 MPa dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. Shag‘alning yirik fraksiyalari chaqiq tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi.
Ba’zi holatlarda shag‘alning yumaloq shakldagi donasi chaqiq toshga nisbatan samaralidir. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida o‘ta harakatchan va yuqori joylashuvchan beton qorishmasi olish mumkin.
Shag‘al asosan qum-shag‘al konlarni qayta ishlashda olinadi. Qum-shag‘alli aralashmada shag‘alning massa ulushi o‘rtacha 30-40 % ni tashkil etadi.
Qum-shag‘alli konlarni ochish va qayta ishlashni tashkil etish yuqorida aytib o‘tilgan qum konlarini qayta ishlash usullaridan kam farqlanadi.
Qum-shag‘alli konlarni qayta ishlashda qum alohida va shag‘al standart fraksiyalarga ko‘ra donalari yirikligi bo‘yicha alohida ajratiladi.
Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan qum-shag‘alli aralashmalar hamma vaqt ham navlarga ajratilmaydi. Ularni bevosita beton tayyorlashda ishlatiladi. Bu qulay, arzon va ba’zan maqsadga muvofiq bo‘lib, bunda qum-shag‘alli aralashmaning donadorlik tarkibi beton uchun optimalga yaqin bo‘lishi shart.
Biroq ko‘p hollarda navlarga ajratilmagan qum-shag‘alli aralashmani betonda qo‘llashda betonning sifati tushadi va sement sarfi oshadi.
Qum-shag‘alli aralashmalar, shag‘al va qumni alohida ishlatishga qaraganda qavatlanishga moyildir. Shu sababli ular bir jinsli bo‘lmaydi. Shuning uchun qumni fraksiyalash katta ahamiyatga ega.
Qum-shag‘alli aralashmalarni navlarga ajratishda katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi va sochiluvchan aralashmaning donalari yirikligi bo‘yicha ajratish jarayonini esa elashdeyiladi.
Elash bevosita aralashmani katta ko‘zli g‘alvir bo‘yicha harakatlanishidan bajariladi. Ba’zan bu elaklar burchak ostida o‘rnatiladi, bunda aralashma tabiiy qiyalik burchagidan katta bo‘ladi. Bu holatda aralashma o‘z og‘irligi bo‘yicha harakatlanadi.
Bunday g‘alvirlarni harakatlanmaydigan deyiladi. Ko‘pincha harakatlanuvchi g‘alvirlar ishlatiladi, unda navlarga ajratish jarayoni jadal ketadi.
Katta ko‘zli g‘alvirlarning elashyuzasi kolosnikli, shtampalangan quyma yoki chetanli bo‘lishi mumkin. Kelosnikli katta ko‘zli g‘alvirlar alohida kolosnik elementlaridan yig‘iladi, bu maxsus profilli sterjinlardan iborat bo‘lib, navlarga ajratilayotgan aralashma kolosniklar orsidagi yoriqdan tushadi.
Shtampalangan quyma panjara listli po‘latdan aylana yoki yoriqsimon tirqishlardan iborat holatda tayyorlanadi.
Elash yuzasining asosiy parametri bu kesimga yoki tirqishlar yuzasining g‘alvirning yoki panjaraning yuzasi nisbatiga bog‘liq.
G‘alvirlardagi va panjaradagi teshiklarnig o‘lchamlari shu holatda hisoblanadiki, bunda aralashmadagi zarur olinadigan donalar ulardan erkin o‘tishi kerak, bu esa panjaraning qiyaligi, qalinligi va donalarning panjarada harakatlanishi tezligiga bog‘liq.
Masalan, donalar yirikligi 40 mm gacha bo‘lgan to‘ldiruvchilarni elash uchun kvadrat tirqishli o‘lchami 42 mm dan ibort gorizontal joylashgan katta simli g‘alvir ishlatiladi, qiyalik (20°) bo‘yicha joylashtirganda esa 45 mm ko‘zli g‘alvir ishlatiladi.
Katta ko‘zli g‘alvirning tirqishi qanchalik katta bo‘lsa, berilgan o‘lchamdan kichik donalarning barchasi undan o‘tish ehtimoli katta bo‘ladi va yirik fraksiya g‘alvir ichida qolmaydi.
Biroq, bu holatda yirik donalar mayda fraksiyalar bilan ifloslanishi mumkin. Optimal variant tanlanadi, lekin aralashmani to‘liq ajratish mumkin emas.
Standartda bu holatlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan: qumda 5 % yoki 10 % shag‘al bo‘lishi, shag‘alda esa 10 % gacha qum bo‘lishi ruxsat etilgan. Amaliyotda bu chegaralar hamma vaqt ham saqlanmaydi.
Shag‘alni navlarga ajratishda turli konstruksiyali qo‘zg‘aluvchan katta ko‘zli g‘alvirlar ishlatiladi.
Yassi katta ko‘zli g‘alvirlar eng ko‘p qo‘llanilib, harakatlanish xarakteriga ko‘ra ikkita guruhga bo‘linadi: chayqaluvchan va tebranuvchan.
Chayqaluvchan g‘alvirlar shunisi bilan farqlanadiki, undagi panjara haraktlanuvchi krivoship mexanizmi bilan qattiq kinematik bog‘lanishi orqali harakatga keladi..
Tebranuvchan, ba’zida inersion deb nomlanadigan g‘alvirlar ularda joylashgan tebratgich-debalansli val harakatlanishidan tebranadi.
Panjaraning tebranish amplitudasi va nuqta sahnasi debalanslar inersiya kuchiga, shu bilan birga prujina elastikligiga, g‘alvirning massasiga va uni materiallar bilan yuklash darajasiga bog‘liq.
Chayqaluvchan va tebranuvchan g‘alvirlar poydevorlarga prujinalarda o‘rnatiladi yoki orayopma to‘siniga prujinali amortizatorli po‘lat troslarda qotiriladi. Panjaralar ko‘pincha qiya holatda o‘rnatiladi, biroq navlarga ajratiluvchi materiallar joylashishini ta’minlash maqsadida tebranish yo‘nalishi bo‘yicha gorizontal ham o‘rnatiladi.
G‘alvirlarda bitta, ikkita panjara (elak) va undan ortiq panjara qo‘yiladi. Ular g‘alvirning ramasiga parallel holatda: nisbatan katta ko‘zli elak yuqorida va uning ostida nisbatan kichik ko‘zli elak o‘rnatiladi. Har bir elakdan ma’lum fraksiyali navlarga ajratilgan materiallar olinadi.

Qurilishda yassi g‘alvirlardan tashqari, baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi , ularda materiallarni navlarga ajratish nisbatan sekin qiya o‘q atrofida silindr panjaraning bir tekisda aylanishidan bajariladi.


Agar panjara tugallanadigan shaklda bo‘lsa, u holda baraban o‘qi gorizontal holatda bo‘ladi.
Baraban tipidagi g‘alvirlar turli o‘lchamdagi tirqishlardan iborat seksiyalardan iborat bo‘lib, material mayda ko‘zli panjaradan yirikka qarab harakatlanadi. Ba’zida ikki yoki uchta panjaradan iborat biri-ikkinchisida joylashgan baraban tipidagi g‘alvirlar ishlatiladi.
Bunda yassi g‘alvirlardagi kabi navlarga ajratish yirikdan maydaga qarab bajariladi.
Keyingi vaqtlarda noruda qurilish materiallarini navlarga ajratishda yassi g‘alvirlarda o‘rnatilgan rezinali elaklar keng qo‘llanilmoqda. Shu bilan bir qatorda rezina yoki sintetik polimerlardan quyilgan elaklar ham ishlatiladi.
Bunday elaklarning afzalliklari: ishlab chiqarishning ortishi, o‘ta toza elash, shovqinnning kamayishi va eng asosiy elakning eskirishga chidamliligidir.
Yirik ko‘zli g‘alvirning panjarasidan o‘tgan material, panjara osti mahsuloti(quyi sinf) deyiladi, panjara o‘tmagan materialni, panjara usti mahsuloti (yuqori sinf) deb ataladi.
Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling