6-amaliy mashg‘ulot mavzu: Xonalarni derazalari bir tomonlama joylashganda tabiiy yorug‘lik koeffitsientini aniqlash. Geometrik tabiiy yoritish koeffitsientini aniqlash


Download 16.37 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi16.37 Kb.
#1277041
Bog'liq
amaliy mashg‘ulot 6


6-amaliy mashg‘ulot

MAVZU: Xonalarni derazalari bir tomonlama joylashganda tabiiy yorug‘lik koeffitsientini aniqlash. Geometrik tabiiy yoritish koeffitsientini aniqlash.


Oynavandlangan shaffof yuza orqali o‘tadigan quyosh nuri bino xonalari isitiladigan ichki yuzasining bir qismi tomonidan yutiladi yoki boshqa ichki yuzalarga tushadi. Yuza tomonidan yutilgan energiya material ichkarisiga issiqlik o‘tkazuvchanlik yo‘li bilan uzatiladi.


Quyosh energiyasini yutilishi natijasida issiqlik saqlab turuvchi elementlar haroratini oshishi
∆=Qyutish/VC’ formula orqali aniqlanadi. Bu yerda;
Qyutish- yutilgan energiya miqdori, Dj;
V- issiqlik saqlab turuvchi hajm, m3;
S-materialni solishtirma issiqlik hajmi, Dj/(m3*oS);
Yuzaning yutuvchanlik qobiliyati uning qaysi materialdan tayyorlanganligi va rangiga bog‘liq, me'yor bo‘yicha yuzaga quyosh nuri tushganda yutuvchanlik qobiliyati α turli materiallar uchun quyidagi qiymatlarga ega bo‘ladi:

  • beton – 0,6;

  • qizil g‘isht – 0,68;

  • granit – 0,55;

  • qum – 0,54;

  • sopol – 0,69;

  • yog‘och (qayrog‘och) – 0,6

Yutuvchanlik qobiliyati α yuza rangiga xam bog‘liq;

  • oq – 0,18;

  • sariq – 0,33;

  • to‘q qizil – 0,57;

  • jigarrang – 0,79;

  • kulrang – 0,75;

  • qora– 0,96;

  • och yashil – 0,5;

  • to‘q yashil – 0,88.

Binolarni isitish passiv geliosistemalari samaradorligi issiqlik saqlab turuvchi elementlarining vazni va binoda joylashtirilishiga bog‘liq. Binoni 1 m2 oynavandlangan yuzasiga to‘g‘ri keladigan quyosh nurini tutib issiqlik saqlovchi elementlar summali issiqlik hajmini oshirish quyosh energiyasini to‘g‘ridan to‘g‘ri tutib turuvchi passiv geliosistemalar samaradorligini ma'lum chegaragacha oshiradi. S=175…225 Vt*soat/( m2*oS) da issiqlik samaradorligining umumiy hajmga bog‘liqligi grafigi gorizontal chiziqqa intiladi, ya'ni maksimal samaradorlikka erishiladi. Shuning uchun issiqlik saqlab turuvchi elementlar minimal vazni issiqlik hajmi S ning summali qiymati 1m2 oynavandlangan yuzaga nisbatan 175 Vtsoat/( m2*oS) ga teng. Issiqlik saqlab turuvchi elementlar vaznining katta qiymatlarida tutib qolingan quyosh energiyasining deyarli hammasi foydali bo‘lib, bino qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi, xona ichidagi havo haroratining issiqlik saqlab turuvchi elementlar vaznining yuqori chegarasi texnik –iqtisodiy hisob bo‘yicha aniqlanadi.
Download 16.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling