6-amaliy mashg’ulot Standartlashtirish davlat tizimi (sdt). Standartlarning turlari va toifalari. Standartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, davlat rо‘yxatidan о‘tkazish va tadbiq etish tartib – qoidalari Ishdan maqsad


Download 59.27 Kb.
bet1/3
Sana11.06.2022
Hajmi59.27 Kb.
#749965
  1   2   3
Bog'liq
6 амалий сиртки
O'quvchiga tavsifnoma, O'quvchiga tavsifnoma, O'quvchiga tavsifnoma, Assalomu alayku, Gen va hujayra muhandisligi, НВК 8-Маъруза 496e582cc14dc5359f04b08f12a5e4e1, 2 5319143552431687425, 2 5319143552431687425, fuqorolik jamiyati 11, pdf, pdf, Gimnastik chiqishlar., 9-sinf informatika test, Jurabek, Солиқ ҳуқуқи дарслик2 Ф Исаева new

6-amaliy mashg’ulot
Standartlashtirish davlat tizimi (SDT). Standartlarning turlari va toifalari. Standartlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash, davlat rо‘yxatidan о‘tkazish va tadbiq etish tartib – qoidalari
Ishdan maqsad: Standartlashtitsh davlat tizimi va standartlarning turlari bilan tanishib chiqish.
Nazariy qism: Standart - bu kо’pchilik manfaatdor tomonlar kelishuvi asosida ishlab chiqilgan va ma’lum sohalarda eng maqbul darajali tartiblashtirishga yо’naltirilgan hamda faoliyatning har xil turlariga yoki natijalariga tegishli bо’lgan umumiy va takror qо’llaniladigan qoidalar, umumiy qonun-qoidalar, tavsiflar, talablar va usullar belgilangan va tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan meyoriy hujjatdir. Standartlashtirish deganda mavjud yoki bо’lajak aniq masalalarga nisbatan umumiy va kо’p marta tatbiq etiladigan talablarni belgilash orqali ma’lum sohada eng maqbul darajada tartiblashtirishga yо’naltirilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat tushuniladi.
О’zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (keyingi о’rinlarda О’z SDT deb ataladi), standartlashtirishning asosiy vazifasidan kelib chiqqan holda, faoliyatning barcha sohalarida tartibga tushirishga qaratilgan ilmiy-texnikaviy faoliyat sifatida, standartlashtirish ishlarining о’zini tashkillashtirish va о’tkazish tartibini belgilaydi. Bunda О’z SDT, tizim sifatida, umumiy holda, “Bir-biri bilan munosabatda va aloqada bo’lgan, ma’lum bir butunlikni, harakatda yagonalikni tashkil etuvchi elementlarning ma’lum tartibi yoki tо’plami” tizim ta’rifidan kelib chiqadi. Demak, О’z SDT “ma’lum butunlik, yagonalikdan” iborat bо’lib, faqat “harakatda”, ya’ni doimiy va muttasil ravishda mukammallanish, rivojlanish, dolzarblanish sharoitlarida ishlaydi.
О’z.SDT meyoriy hujjatlarni rejalashtirish, ishlab chiqish, kelishish, davlat rо’yxatidan о’tkazish tartibini о’rnatadi; meyoriy hujjatlarni tekshirish, bekor qilish, qayta kо’rib chiqish, ularga о’zgartarishlar kiritish; mahsulot ishlab chiqarishni meyyoriy hujjatlar bilan ta’minlash, xizmat kо’rsatish, tashish, saqlash, xaridga chiqarish, ta’mirlash, ishlatish (ist’emol qilish), qayta foydalanish (utilizatsiya); meyyoriy hujjatlarning ilmiy-texnikaviy darajasini ekspertizadan о’tkazish va baholash ishlarini о’tkazish usullari; xalqaro, davlatlararo, hududiy, xorijiy standartlarni qо’llanish usullari va h.k. tartibini о’rnatadi.
Respublikamizda standartlashtirish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
- atamalarni standartlashtirish;
- о’lchovlarni, о’lchash va sinov uskunalarini va ularni konstruksiyaga va mahsulot texnologiyasiga bog’lab standartlashtirish;
- mahsulotning о’zini standartlashtirish.
ISO/MEK tomonidan yaratilgan konsultativ kengash texnika rivojining yо’nalishini quyidagicha tavsiya qiladi:
- standartlarni yaratishda va ularni kelishishda yangi mexanizmlarni yaratish;
- harajatlarni ilk tadqiqotlarga va real istiqbolga ega bо’lgan texnikaviy yutuqlarga tо’plamoq;
- bor texnikaviy qо’mitalarning ilmiy tadqiqot, tajribaviy konstruktorlik ishlarini shu jumladan ekologiya sohasidagi ishlarni, e’tiborga olgan holda yangi rejali ishlarni yaratish;
- yetakchi mutaxassislar boshchiligidagi о’tkaziladigan seminarlar, ilmiy ma’ruzalar shaklidagi ikkilamchi mexanizmlardanf oydalanish;
- sanoatning yuqori rahbarlari orasida yangi g’oyalarni targ’ibot qilishga e’tiborni qaratmoq.
Mana shuning uchun standartlashtirishda atamalarni bir yerga tо’plamoq, ular asosida ta’riflar yaratmoq va nihoyat bu sohada standartlar yaratmoq hozirgi kunning talabi, iqtisodiyotni rivojlantirishni dolzorb masalalardan xisoblanadi.
Shu maqsadda standartlashtirish sohasidagi atamalarni tо’plashda xalqaro standartlashtirish tashkilotining hujjatlariga, sobiq Ittifoqdagi ma’lumotlarga, shuningdek О’zbekiston Respublikasida ilk yaratilgan hujjatlarga murojat etildi.
Bu sohadagi asosiy tushunchalar 61 atamadan iborat bо’lib, ularning mohiyati ketma – ketligi bо’yicha ma’lum tartibda joylashtirilib, hozirgi vaqtda chop etilgan O’zDst 1.10 "О’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy atamalar va ta’riflar" standarti yaratildi.
Standartlashtirish sohasidagi bir qancha asos bо’luvchi hujjatlar О’zstandart agentligi huzuridagi standartlashtirish, metrologiya, sertifikatsiyalash institutida (SMSITI) yaratilmoqda. Bular qatoriga dastlabki standartlar O’zDst 1.0, O’zDst 1.1, O’zDst va boshqalar kiradi.
О’zbekiston Respublikasi hududida standartlashtirish obyektlariga qо’yiladigan talablarni belgilovchi meyoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal qiladi:
- Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar;
- О’zbekiston Respublikasining standartlari;
- Tashkilot standartlari;
- Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.
Xalqaro standart – bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bо’yicha) shug’ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bо’lgan standartdir.
Mintaqaviy standart esa, standartlashtirish bilan shug’ullanadigan mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bо’lgan hujjatdir.
Davlatlararo standart "GOST" – bu standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bо’yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, bajarilishi shart bо’lgan hujjatdir.
Milliy standart – bu standartlashtirish bilan shug’ullanadigan milliy idora tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo’lgan standartdir.
Tashkilot standarti – bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga tashkilot va korxonalarning tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
Standartlarni qо’llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo standartlarni tо’g’ridan-tо’g’ri qо’llanishi ham mumkin.
O’z Dst 1.1 "О’zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat tizimi. О’zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va rо’yxatdan о’tkazish tartibi" standartiga binoan О’zbekiston Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish bо’yicha texnikaviy qо’mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bо’yicha tayanch tashkilotlari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, pudratchi, aksioner, qо’shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan ishlab chiqishga yо’l qо’yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar rо’yxatida birinchi о’rinda turadi) hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish kо’lamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan о’zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va rо’yxatdan о’tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi O’z Dst 1.5 ga muvofiq bajariladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy - usuliy birlikka erishish maqsadida hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy etiladi.
1-bosqich - zaruriyat tug’ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr mulohazalar olish uchun yuborish;
3-bosqich - fikr - mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi tahririni) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat rо’yxatidan о’tkazish.

Download 59.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling