6-laboratoriya ishi Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad


Download 390.49 Kb.
Sana23.10.2023
Hajmi390.49 Kb.
#1717718
Bog'liq
LABARATORIYA 66666


6-laboratoriya ishi


Mahalliy yo‘nalishlarda – temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash


Laboratoriya ishini bajarishdan maqsad: Talabalarga mahalliy yo‘nalishlarda tarif masofalarini aniqlashni o‘rgatish, bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish.
Tarif masofalarini aniqlash uchun, uchta (1, 2 va 3) kitobdan iborat bo‘lgan №4 Tarif qo‘llanma [2], [3] va [4] laridan foydalaniladi.
Agar yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan bo‘lsa tarif masofa jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan ular uchun umumiy uzel stansiyalarigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi.
Buning uchun 2-kitob – temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati [3] dan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalari qidirib topiladi. Har bir stansiyaning qarshisida temir yo‘lining nomi, 1-kitob [2] dagi jo‘nash-kelish jadvalining betlari va qatorlari, tranzit punktlarni (uzel stansiyalarni) nomi va ulargacha bo‘lgan masofa hamda ushbu stansiyaning kodi ko‘rsatilgan. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalar orasidagi tarif masofa jo‘nash-kelish jadvalining 4 yoki 5-grafasida ko‘rsatilgan yukni jo‘natuvchi va tayinlangan stansiyalardan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofalarni qo‘shish orqali aniqlanadi (6.1-rasm).

ef = ℓeB + ℓBf , km





6.1-rasm. Temir yo‘lining ikki qo‘shni uchastkalarida joylashgan stansiyalar orasidagi tarif masofalarini aniqlash chizmasi

bu yerda AB, BD – qo‘shni uchastkalari;


A, V, D – shu uchastkalarning uzel stansiyalari;
B – shu uchastkalar uchun umumiy uzel stansiyasi;
e – jo‘natuvchi stansiya;
f – tayinlangan stansiya;
eB – jo‘natuvchi stansiyadan umumiy uzel stansiyasigacha bo‘lgan masofa;
Bf – umumiy uzel stansiyasidan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa;
ef – jo‘natuvchi stansiyadan tayinlangan stansiyagacha bo‘lgan masofa;


6.1-misol: Булунгур stansiyasidan Сырдарьинская stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin.
Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Рахимова va Самарканд stansiyasilarini qidirib topamiz:
Stansiya Булунгур: Мароканд - 49, Хаваст - 171
Stansiya Сырдарьинская: Ташкент-Товарный - 87, Хаваст - 72
2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Рахимова va Самарканд stansiyalari ikki qo‘shni Ташкент-Товарный – Хаваст va Хаваст – Мароканд temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Хаваст ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi.
Хаваст – Булунгур = 171 km;
Хаваст – Сырдарьинская = 72 km.
Рахимова stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 171 + 72 = 243 km.
6.2-misol: Пролетарабад stansiyasidan Нурбулок stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin.
Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Рахимова va Самарканд stansiyasilarini qidirib topamiz:
Stansiya Пролетарабад: Бухара I - 4, Кашкадарья – 141.
Stansiya Нурбулок: Бухара I - 195, Мароканд – 36.
2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Рахимова va Самарканд stansiyalari ikki qo‘shni Ташкент-Товарный – Хаваст va Хаваст – Мароканд temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Хаваст ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi.
Бухара I – Пролетарабад = 141 km;
Бухара I – Нурбулок = 195 km.
Рахимова stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 141 + 195 = 336 km.
6.3-misol: Голышманово stansiyasidan Тобольск stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa aniqlansin.
Yechish. №4 Tarif qo‘llanmasining 2-kitobi, I bo‘limini “Temir yo‘l stansiyalarning alfavit ro‘yxati” [3] dan yoki “ТР №4 Книга 2” faylidan Рахимова va Самарканд stansiyasilarini qidirib topamiz:
Stansiya Голышманово: Войновка - 203, Карбышево I - 356.
Stansiya Тобольск: Войновка – 221.
2-kitobning ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki Рахимова va Самарканд stansiyalari ikki qo‘shni Ташкент-Товарный – Хаваст va Хаваст – Мароканд temir yo‘l uchastkalarida joylashgan. Хаваст ikki temir yo‘l uchastkasi uchun umumiy uzel stansiyasi hisoblanadi.
Войновка – Голышманово = 203 km;
Войновка – Тобольск = 221 km.
Рахимова stansiyasidan Самарканд stansiyasigacha bo‘lgan tarif masofa: ℓtar. = 203 + 221 = 424 km.
Download 390.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling