6-laboratoriya ishi. Mavzu


Download 214.63 Kb.
Sana04.11.2021
Hajmi214.63 Kb.
#170563
Bog'liq
MB 6


942-19 guruh talabasi

Sodiqov Mansurning

Ma’lumotlar Bazasi

fanidan laboratoriya ishi



6-laboratoriya ishi.

Mavzu: GROUP BY va ORDER BY standart so’zlaridan foydalanib so’rov yaratish. HAVING standart so’zi orqali so’rovlar yaratish.

Ishdan maqsad: GROUP BY, ORDER BY va HAVING standart so’zlaridan foydalanib so’rovlar yaratishni o’rganish.

Nazariy qism:

GROUP BY, ORDER BY va HAVING standart so’zlaridan foydalanishda SELECT operatori operatoridan foydakaniladi. SELECT operatori MB jadvallaridan natijaviy to’plam olish uchun mo’jallangan ifodadir. Biz SELECT opreatori yordamida so’rov beramiz, u bo’lsa ma`lumotlar natijaviy to’plamini qaytaradi. Bu ma`lumotlar jadval shaklida qaytariladi.

GROUP BY ifodasi guruhlarga ajratilgan natijaviy so’rov yaratishga imkon beradi.

ORDER BY ifodasi ma`lumotlar natijaviy to’plamini tartiblash yo’nalishini aniqlaydi.



HAVING ifodasidan guruhlarni qaytarish sharti yoziladi va GROUP BY ifodasi bilan birga ishlaydi.

Quyidagi rasmda dorilar nomi jadval keltirilgan, ushbu laboratoriyani bajarishda shu jadvaldan foydalanamiz.


  1. GROUP BY ifodasi yordamidan amallar bajarish.

    1. GROUP BY ifodasi yordamida “dorilar” nomli jadvaldagi elementlarni “turi” bo’yicha guruhlarga jaratamiz.

SQL: SELECT * FROM `dorilar` GROUP BY `turi`;



    1. “dorilar” jadvalidagi elementlarni muddati bo’yicha guruhlash.

SQL: SELECT * FROM `dorilar` GROUP BY `muddati`;

    1. Dorilarning turlari bo’yicha gurlab ularning umumiy narxlarini hisoblash.

SQL: SELECT `turi`, SUM(`narxi`) AS `umumiy_narxi` FROM `dorilar` GROUP BY `turi`;

Izoh: Turi “parashok” bo’lgan element bitta va narxi 5000 bo’lgani uchun umumiy narxi o’zgarmagan.



    1. Muddati bo’yicha guruhlash va shu muddati shu yilga tegishli bo’lgan dorilar sonini aniqlash.

SQL: SELECT `muddati`, COUNT(*) AS `jami` FROM `dorilar` GROUP BY `muddati`;

Izoh: COUNT(*) funksiyasi elementlar sonini aniqlash uchun ishlatildi. Vazifasiga qarab boshqa funksiyalarni ham ishlatish mumkin.



WHERE ifodasi orqali shart asosida guruhlash ham mumkin.

  1. ORDER BY ifodasi yordamida amallar bajarish.

    1. “dorilar” jadvalidagi elementlarni narxi o’sish bo’yicha bo’yicha tartiblash.

SQL: SELECT * FROM `dorilar` ORDER BY `narxi` ASC;



    1. id raqami juft bo’lgan elementlari kamayish bo’yicha tartiblash.

SQL: SELECT * FROM `dorilar` WHERE MOD(`id`,2)=0 ORDER BY `id` DESC;


    1. “dorilar” jadvali elementlarini narxini o’sish muddatini kamayish bo’yicha tartiblash.

SQL:SELECT * FROM `dorilar` ORDER BY `narxi` ASC, `muddati` DESC;

  1. HAVING ifodasi orqali so’rovlar yaratish.

3.1 “dorilar” jadvali elementlarini turi bo’yicha guruhlab, HAVING ifodasi yordamida numumiy narxi 10000 dan katta bo’lgan guruhlarni chiqarish.

SQL: SELECT `turi`, SUM(`narxi`) AS `umumiy` FROM `dorilar` GROUP BY `turi` HAVING `umumiy`>=10000;

3.2 “dorilar” jadvalini muddati bo’yicha guruhlab, umumiy narxi {1000, 10000} to’plamiga tegishli bo’lgan guruhlarni narxi kamayish tartibida chiqarish.



SQL: SELECT `muddati`, SUM(`narxi`) AS `umumiy` FROM `dorilar` GROUP BY `muddati` HAVING `umumiy`IN (1000,10000) ORDER BY `umumiy` DESC;

Xulosa:


Bu tajriba ishida jadval elementlarini guruhlashni, ularni o’sish va kamayish tartibida saralashni, guruhlash jarayonida funksiyalarni ishlatishni, HAVING ifodasi bilan ishlashni o’rgandim.
Download 214.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling