6-laboratoriya mashg‘ulot: Farmatsevtik tahlilda qo’llaniladigan indikatorlar, titrlangan eritmalar tayyorlash va titrini aniqlash. Trilon B, natriy nitrit, kaliy bromat, natriy tiosulfat, natriy ishqori eritmalari
Download 217.27 Kb.
|
6-LABORATORIYA MASHG‘ULOT:Farmatsevtik tahlilda qo’llaniladigan indikatorlar, titrlangan eritmalar tayyorlash va titrini aniqlash. Trilon B, natriy nitrit, kaliy bromat, natriy tiosulfat, natriy ishqori eritmalari. Asosiy matn Dori moddalarning miqdorini aniqlashda ko’p qo’llaniladigan usullardan biri titrimetrik usullardir. Bu usullar boshqa usullardan oddiyligi va ko’p vaqt talab etmasligi bilan tubdan farq qiladi. Titrimetrik usullar quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Moddalarni cho’ktirish yoki kam dissotsiyalanadigan birikmaga o’tkazishga asoslangan usullar. 2.Kislotali-asosli titrlash usuli (neytrallash usuli). 3.Moddalarning oksidlanishi yoki qaytarilishiga asoslangan usullar (redoksimetrik usullar). 4. Nitrometrik diazoniy tuzi hosil bo’lishiga asoslangan usul. Titrlangan eritma deb, hajmiy tahlilda titrlash uchun qo’llaniladigan, aniq konsentratsiyaga ega bo’lgan eritmalarga aytiladi. Titrlangan eritmalarning (titrantni) konsentratsiyasi mol/l da ifodalanib, aniq moddalarga nisbatan titr bilan belgilanadi. Molyarli eritma konsentratsiyasi bir litr eritmadagi erigan moddaning mol miqdori bilan ifodalanadi (mol/l). 1 ml eritmada erigan moddaning grammlardagi massasi g/ml bilan ifodalanib, eritmaning titri deyiladi. 1 ml titrantga ekvivalent bo’lgan aniqlanuvchi moddaning grammlar bilan ifodalangan massasi aniqlanuvchi moddaning titrant bo’yicha titri deyiladi. Aniqlanuvchi moddaning titri, titrantning molyarligi, titrlash jarayonida boradigan kimyoviy jarayonning stexiometrik koeffitsiyentlari va aniqlanayotgan modda asosida hisoblanadi. Davlat Farmakopeyasining XI nashri talabiga ko’ra, titrlovchi eritmalar shartli ravishda molyar eritmalar deb atalgani uchun yuqoridagi formulani quyidagi ko’rinishda yozish mumkin: Titrlangan eritmani tayyorlash usullari Dvlat Farmakopeyasida keltirilgan bo’lib, ularning titrini aniqlashning 2 xil usuli mavjud. 1. Bu usulda titrlangan eritmaning molyarligi, titrni aniqlovchi moddaning aniq miqdori bo’yicha aniqlanadi: a — eritmaning titrini aniqlash uchun olingan moddaning gramm miqdori; E — modda ekvivalent massasining g/mol miqdori; V — moddani titrlash uchun sarf bo’lgan titrant hajmi, ml. 2. Titri aniqlanayotgan titrant bilan titri aniq bo’lgan eritmani titrlash orqali aniqlanadi: M — titri aniq bo’lgan eritmaning molyarligi; V — titri noma’lum bo’lgan eritmaning hajmi; V0 — titri aniq bo’lgan eritmaning hajmi. Titrlangan eritmalar uchun ularni shartli molyarligiga bo’lgan tuzatish koeffitsienti — К hisoblanadi. formulada M0 — titrlangan eritmaning talab etilgan shartli molyarligi; M — titrlangan eritmaning shartli molyarligi. Aytaylik, M0= 0,l mol/l, M=0,102 mol/l bo’lsin. U holda K=0,102/0,1 = 1,02 bo’ladi. Davlat Farmakopeyasi talabiga ko’ra, titrlangan eritmalarning tuzatish koeffitsienti 0,98—1,02 oralig’ida bo’lishi lozim. Agar К talab etilgan qiymatdan farq qilsa, titrlangan eritma quyultiriladi yoki suyultiriladi. Titrlangan eritmani suyultirish lozim bo’lsa, u holda uning 1 litriga qo’shiladigan suvning hajmi auvidagi formula bilan hisoblanadi: formulada K — titrlangan eritmaning aniqlangan tuzatish koeffltsiyenti. Titrlangan eritmaning 1 litrini quyultirish uchun kerak bo’lgan moddaning gramm miqdori quyidagicha hisoblanadi: a — 1 litr titrlangan eritmani tayyorlash uchun tortib olingan moddaning grammlardagi miqdori; v—1 litr eritmani quyultirib, tuzatish koeffitsiyentini 1 ga yetkazish uchun qo’shilishi lozim bo’lgan moddaning miqdori. Titrimetrik usulda aniqlanuvchi moddaning foiz yoki gramm miqdori quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi: a) to’g’ridan to’g’ri titrlanganda yoki
b) qayta titrlanganda yoki d) nazorat tajribasi o’tkazilganda yoki Bunda: V — titrlash uchun sarf bo’lgan titrant hajmi; K — titrantning tuzatish koeffitsienti; T — aniqlanuvchi moddaning g/ml lardagi titri; V1 — birinchi titrant hajmi; V2 — ikkinchi titrant hajmi; K1,K2 — tuzatish koeffitsientlari; Vn — nazorat tajribasi uchun sarf bo’lgan titrant hajmi; P — dori turining massasi. Download 217.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling