6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana07.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1081218
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari



86 
6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. 
Reja: 
1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va 
protokollar. 
1.1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli texnologiyalar. 
1.2. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simsiz texnologiyalar va protokollar. 
2. Tarmoq qurilmalari. 
3. Tarmoq topologiyalari. 
4. Mantiqiy adreslash (LLC) va fizik adreslash (MAC). 
Kalit so’zlar: tarmoq (network), LAN, mahalliy (local), simsiz tarmoq (wireless 
network), axborot tizimi (information system), optic tolali kabel (fiber), koaksial 
kabel (coaxial cable), o’rama juft (twisted pair), fizik pog’ona (physical layer), 
ArcNet, Token Ring, FDDI, Ethernet, texnologiya (technology), CSMA/CD, UTP, 
STP, base, MAC, LLC, konsentrator (hub), kommutator (switch), ko’prik (bridge), 
xabar (message), port, manzil (address), FOIRL, FastEthernet, GigabitEthernet, kadr 
(frame), PAN, WLAN, WPAN, PDA, Wi-Fi, IEEE 802.11, tarmoq adapteri (network 
interface card), Windows, server, tarmoq topologiyasi (network topology), shina 
(bus), yulduz (star).
1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va 
protokollar. 
Lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish – bu texnologiyalarni tanlash, ishchi 
stansiyalar sonini, ularning o’zaro joylashuvini aniqlash bo’lib, faoliyat turiga qarab 
foydalanuvchilarning ishchi guruhlari aniqlanadi. Lokal hisoblash tarmog’i (LHT) 
cheklangan hududda ishlaydi, uni yaratishda odatda maxsus o’rama juft yoki koaksial 
kabellardan foydalaniladi. Ayrim hollarda uzoq masofalarda aloqani ta’minlashda 
yoki himoya bo’yicha yuqori talab qo’yilganda optik tolali kabellar ko’llaniladi. 
Lokal tarmoqlar uchun kabel bir vaqtda ko’plab abonentlar foydalanuvchi monokanal 
rolini bajaradi.
Belgilangan maqsadi, atxitekturasi, ma’lumot almashinuvini tashkil qilish va 
abonentlarni o’zaro aloqa qilish qoidasi bo’yicha lokal tarmoqlarning har xil turlarini 
belgilash mumkin. LHT barcha turlari axborot tizimlari hisoblanib, axborot resurslari 
bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ko’p hollarda LHT katta tarmoqning bir qismi 
bo’lib, bo’lim, departament, laboratoriya, markaz, ofis yoki ishlab chiqarish 
sohalariga bog’liq bo’lgan hududiy harakterdagi ma’lumotlarga ishlov berish 
vazifasini bajaradi. Bo’limlarning faoliyat turi servislar va xizmat sifatini o’z ichiga 
oluvchi lokal tarmoqlarning arxitekturasiga ta’sir ko’rsatadi.
Funksional vazifasiga ko’ra lokal tarmoqlar quyidagi turlarga bo’linadi: 


87 
- ish hujjat almashinuvi, normativ-ma’lumotnoma, kutubxona va axborot arxivi 
bo’yicha foydalanuvchilarning axborot xizmatini bajaruvchi tarmoq; 
- asosiy vazifasi ilmiy-texnik hisoblashlarni bajaruvchi va tadqiqot loyihalarini 
avtomatlashtirish bo’lgan lokal tarmoq; 
- qaror qabul qilish tizimlari, ekspert tizimlari, masofaviy o’qitish, dizayn va 
loyihalash tarmoqlari; 
- mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va marketing bo’yicha 
korxona faoliyatini boshqaruvchi lokal tarmoq. 
O’tkazuvchanlik xususiyati bo’yicha LHT quyidagi darajalarga bo’linadi: 
- ingichka koaksial kabel yoki o’rama juft kabellaridan foydalanuvchi
o’tkazuvchanlik xususiyati past (ma’lumot uzatish tezligi 10 Mbit/s atrofida) bo’lgan 
LHT; 
- yo’g’on koaksial kabel yoki ekranlangan o’rama juft kabellaridan 
foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati o’rtacha (ma’lumot uzatish tezligi 100 
Mbit/s gacha) bo’lgan LHT; 
- optik tolali aloqa kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati 
yuqori (ma’lumot uzatish tezligi 1000 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT. 
Lokal tarmoqning dastlabki texnologiyalarida fizik pog’onada kompyuterlarni 
birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. Amalda 
barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring, FDDI, Ethernet) boshlang’ich 
bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning o’rtalariga kelib 
unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori ko’rsatkich evaziga 
kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini paketlar kommutasiya 
texnologiyasi egallay boshladi.
Zamonaviy lokal tarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi, faqat Ethernet 
texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan algoritmi 
sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda aynan ushbu 
klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet texnologiyasi Token 
Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling