6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simsiz texnologiyalar


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana07.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1081218
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari

1.2. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simsiz texnologiyalar
va protokollar. 


99 
Simsiz tarmoqlarning asosiy vazifasi kompyuter qurilmalari orasida 
bog’lanishni amalga oshirishdan iborat. Kompyuter qurilmalariga noutbuklar, shaxsiy 
kompyuterlar, serverlar va printerlar kiradi.
Simsiz tarmoqlarning quyidagi turlari mavjud: 
- simsiz shaxsiy tarmoq; 
- simsiz lokal tarmoq
- simsiz regional tarmoq; 
- simsiz global tarmoq. 
Simsiz shaxsiy tarmoqlari uzatishning katta bo’lmagan masofasi bilan ajralib 
turadi va katta bo’lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning uzatish tezligi 
odatda 1,5-2 Mb/s oshmaydi.
Simsiz shaxsiy tarmoqlarning imkoniyatlari uzatuvchi-qabul qiluvchilarning 
(transceiver) kam quvvat is’temol qilishi va ixchamligi maxsus prosessorlar bilan 
belgilanadi. Kam quvvat iste’mol qilinish simsiz shaxsiy tarmoqlarda ishlovchi mobil 
telefonlar, PDA lar va naushniklar uchun muhim ko’rsatgich hisoblanadi.
Simsiz shaxsiy tarmoqlar foydalanuvchiga yaqin masofada ishlaydi. Shunga 
qaramay, simsiz shaxsiy tarmoqlar Internetdan birgalikda foydalanish maqsadida 
noutbuklar va shaxsiy kompyuterlarning o’zaro aloqasini ta’minlashi mumkin. 
Simsiz shaxsiy tarmoq misoli keyingi sahifalarda keltirilgan.
Simsiz lokal tarmoqlar ofislarning ichida, ishlab chiqarish va ma’muriy 
binolarida uzatishlarning yuqori xarakteristikalarini ta’minlaydi. Bunday 
tarmoqlardan foydalanuvchilar, odatda, noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar va katta 
resurslarni talab etuvchi ilovalarni bajarishga qodir prosessorli va katta ekranli
qurilmalarni ishlatishadi. Xizmatchi tarmoq xizmatlaridan majlislar zalida yoki 
binoning boshqa xonalarida bo’la turib foydalanishi mumkin. Bu xizmatchiga o’z 
vazifalarini samarali bajarish imkonini beradi. Simsiz lokal tarmoqlar uzatishning 
54Mbit/s gacha tezlikda barcha ofis yoki maishiy ilovalar talablarini qondirish 
imkoniga ega. Bajaradigan amallari bo’yicha bunday tarmoqlar Ethernet kabi 
an’anaviy simli lokal tarmoqlariga o’xshash.
Lokal simsiz tarmoqlar binolar doirasida yuqori ko’rsatkichlarga ega va IEEE 
802.15 Wi-Fi texnologiyasida ishlaydi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling