6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- kadrlarni uzatish
- Kadrni qabul qilish.
Kadrlarni transportlash jarayonini ko’rib chiqamiz.
Transportlash foydalana olish usuliga bog’liq holda bir necha bosqichda MAS pog’onada bajariladi. Kadrlarni shakllantirish. Bu bosqichda yuqori pog’onadan olingan axborot asosida kadr maydonlarini (manba va qabul qiluvchi manzili, ma’lumotlar, yuqori pog’onadagi ma’lumotlarni uzatuvchi protokol xususiyati) to’ldirish amalga oshiriladi. Kadr shakllantirilib bo’linganidan so’ng MAC pog’onasi kadrlar yig’indisini hisoblaydi va ularni mos maydonlarga joylashtiradi. Muhit orqali kadrlarni uzatish. Qachonki kadr shakllantirilgan va ajratilgan muhitga kirishga ruxsat olingan bo’lsa, MAC pog’ona kadrlarni barcha kadr maydonlarini bitlab muhitga uzatuvchi fizik pog’onaga o’tkazadi. Fizik pog’onasi vazifasini kadr baytlarini kema-ket bitlarga o’zgartiruvchi va ularni mos ravishda elektr yoki yorug’lik signallariga kodlovchi tarmoq adapterining uzatuvchisi bajaradi. Signallar muhit orqali o’tganidan so’ng ajratiladigan muhitga ulangan, signallarni qayta baytlarga aylantirib beruvchi tarmoq adapterlariga kelib tushadi. 113 Kadrni qabul qilish. Ajratilgan muhitga ulangan har bir tarmoq bog’lamasining MAS pog’onasiga kelib tushgan kadrning belgilangan manzilini tekshiradi va agarda u o’zining manzili bilan mos kelsa, unga ishlov berishni davom ettiradi, aks holda esa kadr tashlab yuboriladi. Ishlov berish jarayonining davomida kadrlarning nazorat yig’indisi tekshiriladi. MAC pog’onasi aniq nazorat yig’indisiga ega bo’lgan kadrni yuqori pog’onaga uzatadi, shu bilan MAC pog’onaning vazifasi nihoyasiga yetadi. Agarda kadrlarning nazorat yig’indisi axborotni uzatish vaqtida buzilganligini bildirsa kadr tashlab yuboriladi. Keltirilgan paketlarni jo’natish ketma-ketligi deytagrammali yarim dupleksli ma’lumotlarni uzatish holatiga mos keladi. LLC pog’onani bajaradigan vazifalarini ko’rib chiqamiz: - tarmoqda birga turuvchi pog’ona bilan interfeysni tashkil qilish; - berilgan darajadagi ishonchlilikda kadrlarni yetkazishni ta’minlash. LLC pog’onaning interfeysli funksiyalari - foydalanuvchi va xizmatchi ma’lumotlarni MAC pog’onasi va tarmoq pog’onasi o’rtasida uzatish. Ma’lumotlarni pog’ona bo’yicha yuqoridan pastga uzatganda LLC pog’ona foydalanuvchi ma’lumotlari joylashgan paketni (misol uchun IP- yoki IPX-paket) tarmoq pog’onasidagi protokoldan qabul qiladi. Paketdan tashqari yuqoridan LAN texnologiyasidagi formatda belgilangan bog’lama manzili ham uzatiladi. Bu manzildan kadrlarni ushbu lokal tarmoq bo’ylab uzatishda foydalaniladi (TCP/IP steki atamalarida bunday manzil apparatga tegishli deb ataladi). Tarmoq pog’onasidan olingan paket va apparat manzilni LLC pog’ona keyingi pastki MAS pog’onaga uzatadi. Zarur hollarda LLC pog’ona ma’lumotlarni tarmoq pog’onasining bir nechta protokollaridan MAC pog’onadagi yagona protokolga uzatish orqali multiplekslash masalasini ham yechadi. Ma’lumotlarni pog’ona bo’yicha pastdan yuqoriga uzatilganda MAC pog’onadan tarmoqdan kelgan tarmoq pog’onasidagi paketni LLC qabul qiladi. Endi unga yana bir interfeys funksiyasini bajarish qoladi, ya’ni bu demultiplekslash bo’lib, MAC orqali olingan ma’lumotlarni qaysi tarmoq protokolidan jo’natish masalasini yechish qoladi (6.11-rasm). 114 LLC pog’onaning ikkinchi asosiy vazifasi – bu belgilangan darajadagi ishonchlilikda kadrlarni yetkazish. LLC protokol buzilgan yoki yo’qolgan kadrni tiklash amali bor yoki yo’qligi, ya’ni ishonchli yetkazish bo’yicha farqlanuvchi bir nechta ishchi holatni qo’llaydi. Tarmoq pog’ona bilan birga turuvchi LLC pog’ona undan u yoki bu sifat bilan kanal pog’onasidagi transport amalini bajarishga so’rov qabul qiladi. LLC pog’ona yuqoridagi pog’onaga uch turdagi transport xizmatini taqdim qiladi. LLC1 xizmati – o’rnatilmasdan bog’lanish va qabul qilingan ma’lumotlarni tasdiqlamaydigan xizmat. LLC1 foydalanuvchiga ma’lumotlarni uzatish uchun kam sarfli vositani beradi. Bunday holda LLC deytagramma ish holatini qo’llaydi, shuning uchun ham LHT MAC pog’onasida umuman deytagramma holatida ishlaydi. Odatda bu amal xatolikdan so’ng ma’lumotlarni tiklash va ma’lumotlarni tartiblash kabi vazifalar yuqori pog’onalarda turuvchi protokollar bajarilganda ishlatiladi va shuning uchun LLC pog’onada ularni takrorlashga hojat yo’q. LLC2 xizmati – foydalanuvchiga ixtiyoriy ma’lumotlar blokini uzatishdan oldin mantiqiy bog’lanishni o’rnatish imkonini beradi va kerak bo’lsa ushbu o’rnatilgan bog’lanish doirasida bloklar oqimini tartiblash va xatolikdan so’ng ma’lumotlarni tiklash amali bajariladi. Ma’lumotlarni ishonchli yetkazish uchun LLC2 protokol sirpanuvchi oyna algoritmidan foydalanadi. LLC3 xizmati – bog’lanish o’rnatilmasdan xizmat, faqat bunda qabul qilingan ma’lumotlar tasdiqlanadi. Bir necha hollarda (misol uchun real vaqt tizimlari, ishlab chiqarish tarmoqlarini boshqarish) bir tomondan ma’lumotlarni jo’natishdan oldin mantiqiy bog’lanishdagi vaqt sarfi to’g’ri kelmaydi, boshqa tomondan esa jo’natilgan ma’lumotlarni qabul qilinganligini tasdiqlash zarur hisoblanadi. Bu turdagi holatlar uchun LLC3 xizmatining LLC1 va LLC2 o’rtasida o’zaro kelishuv bo’lgan 3 1 2 3 1, 2 IPX IP NetBIOS LLС поғона МАС поғона Физик поғона 6.11-расм. LLС протоколи билан кадрларни демультиплеклаш 115 qo’shimcha xizmat nazarda tutilgan, u mantiqiy bog’lanishni o’rnatishni nazarda tutmaydi, lekin qabul qilingan ma’lumotlarni tasdiqlashni ta’minlaydi. Yuqorida keltirilgan LLC pog’onalarning qaysi biridan foydalanish yuqori pog’ona talabidan aniqlanadi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling