6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja
Tarmoqni mantiqiy strukturalash
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Unumdorlikni oshirish
Tarmoqni mantiqiy strukturalash. Mahalliy tarmoqlarni mantiqiy
strukturalash yagona ajratiladigan muhitni bir necha avtonom ajratiladigan muhitlarga segmentlashtirish va olingan segmentlarni ko’priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar yordamida ulashdan iborat (6.5-rasm). Sanab o’tilgan qurilmalar o’zining bir portidan ikkinchi portiga kadrlarni, mana shu kadrlarga joylashtirilgan va jo’natiladigan manzillarni tahlil etish bilan uzatadi. Ko’priklar va kommutatorlar kanal pog’onasining tekis manzillari, ya’ni MAS- 1 ажратила- диган муҳит 2 ажратила- диган муҳит 3 ажратила- диган муҳит 6.5-расм. Тармоқни мантиқий структуралаш 104 manzillar asosida kadrlarni uzatish operasiyasini bajaradi, marshuritizatorlar esa bu maqsad uchun tarmoq pog’onasining iyerarxik manzillaridan foydalanadi. Mantiqiy strukturalash bir necha masalalarni, ulardan asosiylari samaradorlikni, ixchamlilikni, xavfsizlikni va boshqariluvchanlikni yechish imkonini beradi. Unumdorlikni oshirish. Mantiqiy strukturalashning bosh maqsadi bo’lgan unumdorlikni oshirishning samarasini ko’rsatish uchun yuklamalarni segmentlarga bo’lishda yuklamaning o’zgarishini ko’rib chiqamiz (6.6-rasm). Rasmda ko’prikli ulangan ikkita Ethernet segmenti tasvirlangan bo’lib, segmentlar ichida takrorlagichlar ishlaydi. Tarmoqni segmentlarga bo’linishgacha bog’lamalar hosil qilmaydigan trafik umumiy bo’lib, faqat takrorlagichlar orqali o’tadi va tarmoqdan foydalanish koeffisiyentini aniqlashda hisobga olinadi. Agar i bog’lamadan j bog’lamaga boradigan trafikning o’rtacha jadalligi (intensivligi) C ij orqali belgilansa, u holda segmentlarga bo’linishgacha tarmoq uzatishi kerak bo’lgan yig’indi trafik barcha bog’lamalarning ij C yig’indi trafigiga teng bo’ladi. Tarmoqni segmentga bo’linmaganligini hisobga olib bu yig’indini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin: ij C =S1+S1/S2+S2, bu yerda S1-birinchi segmentning ichki trafigi; S2-ikkinchi segmentning ichki trafigi; S1/S2-segmentlararo trafik. Har bir ajratilgan segmentlar uchun alohida yuklamani hisoblaymiz. Masalan, 1 segment uchun yuklama S1+S1/S2 bo’ldi. Demak, 1 segmentga yuklama bo’linishdan keyin ikkinchi segmentning ichki trafigi qiymatigacha kamaydi. Bu hisoblarni ikkinchi segment uchun takrorlash mumkin. Natijada segmentlardagi kechiktirish kamayadi, bitta bog’lamaga to’g’ri keladigan foydali o’tkazish xususiyati ortdi. Tarmoqni segmentlarga bo’lish doimo yangi segmentlarda yuklamani kamaytiradi (butun trafik segmentlararo bo’lmagan hollarda). Amalda tarmoqda doimo umumiy masalani yechadigan idora xodimlariga tegishli kompyuterlar guruhini ajratish mumkin. Bu bitta ishchi guruh, bo’lim, korxonaning boshqa tashkiliy qismining xodimlari bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda ularga o’zlarining bo’limlari bo’yicha resurslari, faqat kam hollarda masofaviy resurslarga ulanish zarur bo’ladi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling