6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana07.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1081218
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari

mahalliy tarmoqlar deyiladi. Kommutasiyalanadigan mahalliy tarmoqlarning 
imkoniyatlarini to’g’ri tushunish va baholash uchun ajratiladigan ruxsat etish muhiti 
asosidagi tarmoqlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz. 
Uncha katta bo’lmagan tarmoqlarni qurishda (ikkita-uchta o’nlab bog’lamalar) 
ajratilgan muhitdagi standart texnologiyalardan foydalanish tejamkor va samarador 
yechimlarga olib keladi, bu birinchi navbatda quyidagi xususiyatlarda namoyon 
bo’ladi: 
- tarmoqning oddiy topologiyasi bog’lamalar sonini nisbatan oddiy 
oshirishga imkoniyat beradi; 
- kommunikasion qurilmalar buferlarining to’lishi tufayli kadrlarning 
yo’qotilishi bo’lmaydi, chunki ajratilgan muhitga ruxsat etish uslubining 
o’zi kadrlar oqimini rostlaydi va kadrlarni o’ta tez hosil qiladigan 
stansiyalarini to’xtatib turadi; 
- protokollarning oddiyligi tarmoqdagi kommunikasion bog’lamalarning 
(tarmoq adapterlari, takrorlagichlar, konsentratorlar va boshqalar) va 
umuman tarmoqning past tannarxini ta’minlaydi. 


103 
Biroq, yuzlab va minglab bog’lamalardan tashkil topgan yirik tarmoqlarni
bitta ajratiladigan muhit asosida, hatto Gigabit Ehernet kabi tezkor texnologiyada 
qurib bo’lmaydi. Birinchidan, Ehernet ga ruxsat etish uslubida o’ziga xos 
xususiyatlari bilan shartlanadigan tarmoqning maksimal uzunligiga cheklashlar 
mavjud. Ikkinchidan, ajratiladigan muhitdagi bog’lamalar soniga cheklashlar mavjud, 
ya’ni Ehernet oilasidagi barcha texnologiyalarda 1024 ta, Token Ringda 260 
ta, FDDI da esa 500 ta bog’lama bo’lishi mumkin. Ajratiladigan muhitli mahalliy 
tarmoqlarning asosiy muammosi o’tkazish xususiyati bo’yicha cheklashdir. 
Ajratiladigan muhitli barcha mahalliy tarmoqlar texnologiyalariga (Ehernet, 
Token Ring va FDDI) tarmoqdan foydalanish koeffisiyenti ortganida ruxsat 
etishning ushlab turilishi (kechiktirilishi) qiymatining sifat jihatidan bir xil keskin 
ortish sur’ati xususiyatlidir. Tarmoqdan foydalanish koeffisiyenti keskin ortadigan 
bog’lamalar soni ularda ishlaydigan amaliy dasturlar turlariga bog’liq. Agar avval 
Ehernet tarmoqlar uchun 30 ta bog’lama bitta ajratiladigan segment uchun yetarlicha 
qabul qilinadigan son bo’lsa, unda bugun multimediali dasturlar katta ma’lumotlar 
fayllarini uzatayotgan vaqtda bog’lamalarning chegaraviy soni 5-10 tani tashkil etishi 
mumkin. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling