6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja
kirish. Detirminallashgan kirish algoritmlari ikkita mexanizmdan foydalanadi, bular – tokenni uzatish va so’rov. Tokenni uzatish usuli
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- markazlashgan so’rov usuli
kirish. Detirminallashgan kirish algoritmlari ikkita mexanizmdan foydalanadi, bular
– tokenni uzatish va so’rov. Tokenni uzatish usuli odatda tizim orqali amalga oshiriladi. Tokenni qabul qilgan har bir kompyuter belgilangan vaqt oralig’i – tokenni ushlab turish vaqti davomida ajratilgan muhitdan foydalanish huquqiga ega bo’ladi. Bu vaqt oralig’ida kompyuter o’zining kadrlarini jo’natadi. Belgilangan vaqt tugaganidan so’ng kompyuter tokenni boshqa kompyuterga uzatib berishga majbur. Shunday qilib, agarda kompyuterlar soni aniq bo’lsa, u holda foydalanishni kutish vaqti tokenni ushlab turish vaqtiga teng bo’ladi. Agarda tokenni qabul qilgan kompyuterning jo’natadigan paketlari yo’q bo’lsa, belgilangan vaqtning o’tishini kutmasdan tokenni keyingi kompyuterga beradi, bunday holat esa kutish vaqtini qiskarishiga olib keladi. Tokenni kompyuterdan kompyuterga uzatish ketma-ketligi turli xil usul bilan aniqlanishi mumkin. Token Ring va FDDI tarmoqlarida topologiya tuzilishidan aniqlanadi. Halqa topologiyasida kompyuter tokenni o’zidan bitta oldingi qo’shnisidan oladi, jo’natishda esa keyingisiga uzatadi. Tokenni uzatish aloritmini faqat halqada emas, balki boshqa topologiyalarda ham amalga oshirish mumkin. Kompyuterlarni fizik ulash uchun umumiy koaksial kabeldan foydalanganda token 112 kompyuter kabelga qayerdan ulanganganligiga bog’liq bo’lmagan holda oldindan belgilangan ketma-ketlikda kompyuterga uzatiladi. Ajratilgan muhitga kirishning boshqa usuli bu markazlashgan so’rov usuli. Tarmoqda ajratilgan bog’lama mavjud bo’lib, u bog’lamalar o’rtasida taqsimlangan muhit uchun harakatida hakam vazifasini bajaradi. Hakam tarmoqdagi bog’lamalardan uzluksiz ravishda uzatishga kadrlar bor yoki yo’qligi haqida so’rab turadi. Ma’lumotlarni uzatish bo’yicha xabarlar yig’ib olinganidan so’ng hakam kadrlarni uzatuvchi bog’lamaga ajratilgan muhitni egallab, kadrlarni uzatish huquqini beradi. Kadrlar uzatish jarayoni tugaganidan so’ng so’rov jarayoni takrorlanadi. So’rov algoritmi ham markazlashmagan ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bunday hollarda barcha bog’lamalar bir-birlariga ajratilgan muhit yordamida kadrlarni jo’natish bo’yicha extiyojlari haqida xabar beradi. Bundan so’ng ushbu axborot asosida va har bir bog’lama ma’lum bir shartlariga mos holda paketlarni uzatish bo’yicha boshqa bog’lamalarga bog’liq bo’lmagan holda o’zining navbatini aniqlaydi. Determinallashgan ruxsat algoritmlari tasodifiy ruxsat algoritmlaridan farq qiladi. Determinallashgan ruxsat algoritmlari ko’p yuklamali ya’ni foydalanish koeffisiyenti birga yaqinlashgan tarmoqlarda unumli ishlaydi. Yuklamasi ko’p bo’lmagan tarmoqlarda tasodifiy ruxsat algoritmi bir muncha unumli hisoblanadi, bunday holda muhitdan foydalanish huquqini aniqlash jarayoniga vaqt ketkazmasdan kadrlarni darhol uzatish imkonini beradi. Determinallashgan kirish usulining avfzalligi yana shundaki ular trafikni boshqarishi mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling