6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana07.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1081218
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari

Kadrlarni transportlash jarayonini ko’rib chiqamiz. 
Transportlash foydalana olish usuliga bog’liq holda bir necha bosqichda MAS 
pog’onada bajariladi.
Kadrlarni shakllantirish. Bu bosqichda yuqori pog’onadan olingan axborot 
asosida kadr maydonlarini (manba va qabul qiluvchi manzili, ma’lumotlar, yuqori 
pog’onadagi ma’lumotlarni uzatuvchi protokol xususiyati) to’ldirish amalga 
oshiriladi. Kadr shakllantirilib bo’linganidan so’ng MAC pog’onasi kadrlar 
yig’indisini hisoblaydi va ularni mos maydonlarga joylashtiradi. 
Muhit orqali kadrlarni uzatish. Qachonki kadr shakllantirilgan va ajratilgan 
muhitga kirishga ruxsat olingan bo’lsa, MAC pog’ona kadrlarni barcha kadr 
maydonlarini bitlab muhitga uzatuvchi fizik pog’onaga o’tkazadi. Fizik pog’onasi 
vazifasini kadr baytlarini kema-ket bitlarga o’zgartiruvchi va ularni mos ravishda 
elektr yoki yorug’lik signallariga kodlovchi tarmoq adapterining uzatuvchisi bajaradi. 
Signallar muhit orqali o’tganidan so’ng ajratiladigan muhitga ulangan, signallarni 
qayta baytlarga aylantirib beruvchi tarmoq adapterlariga kelib tushadi. 


113 
Kadrni qabul qilish. Ajratilgan muhitga ulangan har bir tarmoq 
bog’lamasining MAS pog’onasiga kelib tushgan kadrning belgilangan manzilini 
tekshiradi va agarda u o’zining manzili bilan mos kelsa, unga ishlov berishni davom 
ettiradi, aks holda esa kadr tashlab yuboriladi. Ishlov berish jarayonining davomida 
kadrlarning nazorat yig’indisi tekshiriladi. MAC pog’onasi aniq nazorat yig’indisiga 
ega bo’lgan kadrni yuqori pog’onaga uzatadi, shu bilan MAC pog’onaning vazifasi 
nihoyasiga yetadi. Agarda kadrlarning nazorat yig’indisi axborotni uzatish vaqtida 
buzilganligini bildirsa kadr tashlab yuboriladi. 
Keltirilgan paketlarni jo’natish ketma-ketligi deytagrammali yarim dupleksli 
ma’lumotlarni uzatish holatiga mos keladi.
LLC pog’onani bajaradigan vazifalarini ko’rib chiqamiz: 
- tarmoqda birga turuvchi pog’ona bilan interfeysni tashkil qilish; 
- berilgan darajadagi ishonchlilikda kadrlarni yetkazishni ta’minlash. 
LLC pog’onaning interfeysli funksiyalari - foydalanuvchi va xizmatchi 
ma’lumotlarni MAC pog’onasi va tarmoq pog’onasi o’rtasida uzatish. Ma’lumotlarni 
pog’ona bo’yicha yuqoridan pastga uzatganda LLC pog’ona foydalanuvchi 
ma’lumotlari joylashgan paketni (misol uchun IP- yoki IPX-paket) tarmoq 
pog’onasidagi protokoldan qabul qiladi. Paketdan tashqari yuqoridan LAN 
texnologiyasidagi formatda belgilangan bog’lama manzili ham uzatiladi. Bu 
manzildan kadrlarni ushbu lokal tarmoq bo’ylab uzatishda foydalaniladi (TCP/IP 
steki atamalarida bunday manzil apparatga tegishli deb ataladi). Tarmoq 
pog’onasidan olingan paket va apparat manzilni LLC pog’ona keyingi pastki MAS 
pog’onaga uzatadi. 
Zarur hollarda LLC pog’ona ma’lumotlarni tarmoq pog’onasining bir nechta 
protokollaridan MAC pog’onadagi yagona protokolga uzatish orqali multiplekslash 
masalasini ham yechadi. Ma’lumotlarni pog’ona bo’yicha pastdan yuqoriga 
uzatilganda MAC pog’onadan tarmoqdan kelgan tarmoq pog’onasidagi paketni LLC 
qabul qiladi. Endi unga yana bir interfeys funksiyasini bajarish qoladi, ya’ni bu 
demultiplekslash bo’lib, MAC orqali olingan ma’lumotlarni qaysi tarmoq 
protokolidan jo’natish masalasini yechish qoladi (6.11-rasm). 


114 
LLC pog’onaning ikkinchi asosiy vazifasi – bu belgilangan darajadagi 
ishonchlilikda kadrlarni yetkazish. LLC protokol buzilgan yoki yo’qolgan kadrni 
tiklash amali bor yoki yo’qligi, ya’ni ishonchli yetkazish bo’yicha farqlanuvchi bir 
nechta ishchi holatni qo’llaydi. Tarmoq pog’ona bilan birga turuvchi LLC pog’ona 
undan u yoki bu sifat bilan kanal pog’onasidagi transport amalini bajarishga so’rov 
qabul qiladi. LLC pog’ona yuqoridagi pog’onaga uch turdagi transport xizmatini 
taqdim qiladi. 
LLC1 xizmati – o’rnatilmasdan bog’lanish va qabul qilingan ma’lumotlarni 
tasdiqlamaydigan xizmat. LLC1 foydalanuvchiga ma’lumotlarni uzatish uchun kam 
sarfli vositani beradi. Bunday holda LLC deytagramma ish holatini qo’llaydi, shuning 
uchun ham LHT MAC pog’onasida umuman deytagramma holatida ishlaydi. Odatda 
bu amal xatolikdan so’ng ma’lumotlarni tiklash va ma’lumotlarni tartiblash kabi 
vazifalar yuqori pog’onalarda turuvchi protokollar bajarilganda ishlatiladi va shuning 
uchun LLC pog’onada ularni takrorlashga hojat yo’q. 
LLC2 xizmati – foydalanuvchiga ixtiyoriy ma’lumotlar blokini uzatishdan 
oldin mantiqiy bog’lanishni o’rnatish imkonini beradi va kerak bo’lsa ushbu 
o’rnatilgan bog’lanish doirasida bloklar oqimini tartiblash va xatolikdan so’ng 
ma’lumotlarni tiklash amali bajariladi. Ma’lumotlarni ishonchli yetkazish uchun 
LLC2 protokol sirpanuvchi oyna algoritmidan foydalanadi.
LLC3 xizmati – bog’lanish o’rnatilmasdan xizmat, faqat bunda qabul qilingan 
ma’lumotlar tasdiqlanadi. Bir necha hollarda (misol uchun real vaqt tizimlari, ishlab 
chiqarish tarmoqlarini boshqarish) bir tomondan ma’lumotlarni jo’natishdan oldin 
mantiqiy bog’lanishdagi vaqt sarfi to’g’ri kelmaydi, boshqa tomondan esa jo’natilgan 
ma’lumotlarni qabul qilinganligini tasdiqlash zarur hisoblanadi. Bu turdagi holatlar 
uchun LLC3 xizmatining LLC1 va LLC2 o’rtasida o’zaro kelishuv bo’lgan 




1, 2 
IPX 
IP 
NetBIOS 
LLС поғона 
МАС поғона 
Физик поғона 
6.11-расм. LLС протоколи билан кадрларни 
демультиплеклаш 


115 
qo’shimcha xizmat nazarda tutilgan, u mantiqiy bog’lanishni o’rnatishni nazarda 
tutmaydi, lekin qabul qilingan ma’lumotlarni tasdiqlashni ta’minlaydi. Yuqorida 
keltirilgan LLC pog’onalarning qaysi biridan foydalanish yuqori pog’ona talabidan 
aniqlanadi. 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling