6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari
3. Tarmoq topologiyalari.
Birinchi lokal tarmoqni qurishda bir binoda joylashgan o’nlab kompyuterlarni hisoblash tarmog’iga birlashtirish uchun oddiy va arzon yechim qidirilgan. Bitta tashkilotda ularning soni katta bo’lmaganligi tufayli, o’nlab kompyuterlar amalda ixtiyoriy lokal tarmoqni qurish uchun yetarli hisoblanadi. Lokal tarmoqlarning global tarmoqlarga birlashtirish masalasi muhim bo’lmagan, shu tufayli lokal tarmoq texnologiyalarda bu hisobga olinmagan. Asosan umumiy ma’lumot uzatish muhiti tarmog’ida barcha kompyuterlardan birgalikda foydalanish qoidasi o’rnatilgan apparat va dasturiy yechimlardan foydalanilgan. Birinchi yaratilgan loyihada ajratilgan muhit koaksial kabelda qurilgan (6.8- rasm), bu holda ma’lumotlarni uzatganda tarmoqning barcha kompyuterlari ushbu xabarni olgan. Fizik aloqaning oddiy topologiyalari kabelli muhitni ajratishning soddaligini ta’minlaydi. Ethernet texnologiyasida bu topologiyalar yulduz va shina, Token Ring va FDDI texnologiyalarida esa halqa topologiyasidir. Bunday tarmoqlarning fizik topologiyasi – bu halqa bo’lib, bunda har bir bog’lama qo’shni ikkita bog’lamalar bilan kabel orqali bog’lanadi (6.9-rasm). Birgina Ажратиладиган муҳит 6.8-расм. Шина топологиясида ажратиладиган муҳитларга мисол 109 kabelning ushbu qirqimi ham ajraluvchi hisoblanadi, bunday holda har bir vaqt momentida faqat bitta kompyuter o’zining paketlarini uzatish uchun halqadan foydalanishi mumkin. Ajratiladigan muhitlardan foydalanish tarmoq bog’lamalar ishining mantiqini soddalashtirish imkonini beradi. Haqiqatdan har bir vaqt momentida faqat bitta uzatish amalga oshiriladi, bu esa tranzit bog’lamalarda kadrlarni buferga olish zaruriyatini chetda qoldiradi. Yana mos ravishda tranzit bog’lamalarda murakkab jarayonda oqimni boshqarish va ortiqcha yuklashni ham tushirib qoldiradi. Ajratiladigan muhitlarning asosiy kamchiligi – bu yomon masshtablanuvchanligidadir. Bu kamchilik prinsipial bo’lib, muhitga kirish usulidan mustaqil tarzda uning o’tkazuvchanlik xususiyati tarmoqning barcha elementlari o’rtasida bo’linadi. Umumiy muhitdan foydalanish koeffisiyenti belgilangan chegaradan oshishi bilan muhitga navbat chiziqli ravishda ortadi va tarmoq amalda ishlay olmaydigan holatga kelib qoladi. Lokal tarmoq texnologiyalari qoidaga asosan OSI modelining pastki ikkita - fizik va kanal pog’onalarning ishini amalga oshiradi (6.10-rasm). Funksional jihatdan bu pog’onalar lokal hisoblash tarmoqlarining standart topologiyalar, ya’ni yulduz, umumiy shina, halqa va daraxtsimon topologiyalar imkoniyati doirasida kadrlarni yetkazish uchun yetarli hisoblanadi. Ажратиладиган муҳит 6.9-расм. Ҳалқа топологиясида ажратиладиган муҳитларга мисол 110 Lokal tarmoqqa bog’langan kompyuterlar kanal pog’onasidan yuqorida joylashgan protokol pog’onalarini qo’llamaydi deb bo’lmaydi. Bu protokollar lokal tarmoq bog’lamalarida o’rnatiladi va ishlaydi, faqat ular bajarayotgan vazifalar LHT texnologiyalariga kirmaydi. Tarmoq va transport protokollari lokal tarmoq bog’lamalariga boshqa lokal tarmoqlarda ulangan kompyuterlar bilan o’zaro aloqa qilish uchun kerak bo’lib, aloqa yo’li sifatida global tarmoqdan foydalanish mumkin. Agarda yagona lokal tarmoq doirasida kompyuterlarning o’zaro aloqasini ta’minlash kerak bo’lsa, u holda amaliy protokollar kanal pog’ona ustida ishlashi mumkin. Bunday cheklangan o’zaro aloqa foydalanuvchilarni qanoatlantirmaydi, shuning uchun ham lokal tarmoqning har bir kompyuteri to’liq protokollar stekini qo’llaydi. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling