6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
6-ma’ruza Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari
mahalliy tarmoqlar deyiladi. Kommutasiyalanadigan mahalliy tarmoqlarning
imkoniyatlarini to’g’ri tushunish va baholash uchun ajratiladigan ruxsat etish muhiti asosidagi tarmoqlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib chiqamiz. Uncha katta bo’lmagan tarmoqlarni qurishda (ikkita-uchta o’nlab bog’lamalar) ajratilgan muhitdagi standart texnologiyalardan foydalanish tejamkor va samarador yechimlarga olib keladi, bu birinchi navbatda quyidagi xususiyatlarda namoyon bo’ladi: - tarmoqning oddiy topologiyasi bog’lamalar sonini nisbatan oddiy oshirishga imkoniyat beradi; - kommunikasion qurilmalar buferlarining to’lishi tufayli kadrlarning yo’qotilishi bo’lmaydi, chunki ajratilgan muhitga ruxsat etish uslubining o’zi kadrlar oqimini rostlaydi va kadrlarni o’ta tez hosil qiladigan stansiyalarini to’xtatib turadi; - protokollarning oddiyligi tarmoqdagi kommunikasion bog’lamalarning (tarmoq adapterlari, takrorlagichlar, konsentratorlar va boshqalar) va umuman tarmoqning past tannarxini ta’minlaydi. 103 Biroq, yuzlab va minglab bog’lamalardan tashkil topgan yirik tarmoqlarni bitta ajratiladigan muhit asosida, hatto Gigabit Ehernet kabi tezkor texnologiyada qurib bo’lmaydi. Birinchidan, Ehernet ga ruxsat etish uslubida o’ziga xos xususiyatlari bilan shartlanadigan tarmoqning maksimal uzunligiga cheklashlar mavjud. Ikkinchidan, ajratiladigan muhitdagi bog’lamalar soniga cheklashlar mavjud, ya’ni Ehernet oilasidagi barcha texnologiyalarda 1024 ta, Token Ringda 260 ta, FDDI da esa 500 ta bog’lama bo’lishi mumkin. Ajratiladigan muhitli mahalliy tarmoqlarning asosiy muammosi o’tkazish xususiyati bo’yicha cheklashdir. Ajratiladigan muhitli barcha mahalliy tarmoqlar texnologiyalariga (Ehernet, Token Ring va FDDI) tarmoqdan foydalanish koeffisiyenti ortganida ruxsat etishning ushlab turilishi (kechiktirilishi) qiymatining sifat jihatidan bir xil keskin ortish sur’ati xususiyatlidir. Tarmoqdan foydalanish koeffisiyenti keskin ortadigan bog’lamalar soni ularda ishlaydigan amaliy dasturlar turlariga bog’liq. Agar avval Ehernet tarmoqlar uchun 30 ta bog’lama bitta ajratiladigan segment uchun yetarlicha qabul qilinadigan son bo’lsa, unda bugun multimediali dasturlar katta ma’lumotlar fayllarini uzatayotgan vaqtda bog’lamalarning chegaraviy soni 5-10 tani tashkil etishi mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling