6-Ma’ruza. Matlab dasturi haqida umumiy tushuncha reja: Matlab dasturi haqida asosiy tushuncha


Download 33.89 Kb.
bet1/5
Sana14.08.2023
Hajmi33.89 Kb.
#1666848
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Matlab dasturi haqida asosiy tushuncha; matlab dasturining asosi


Matlab dasturi haqida asosiy tushuncha; matlab dasturining asosiy xususiyatlari; matlabda elementar algebraik funksiyalar

6-Ma’ruza.
MATLAB dasturi haqida umumiy tushuncha
REJA:


  1. MATLAB dasturi haqida asosiy tushuncha;


  2. MATLAB dasturining asosiy xususiyatlari;


  3. MATLABda elementar algebraik funksiyalar;


  4. MATLAB da matеmatik ifodalar ustida shakl almashtirishlar;


  5. MATLAB tizimida massiv, matritsalar bilan ishlash


MATLAB dasturi haqida asosiy tushuncha.
MATLAB tizimi – kompyutеrda turli yo‘nalishdagi: matematika, fizika, mexanika, texnologik jarayonlar boshqaruvi va muhandislik masalalarini yechish, turli xil energetik, mexanik va dinamik tizimlarni modellashtirish, loyihalash, tavsiflash va tahlil qilish masalalarining aniq, tеz va samarali hal etish uchun mo‘ljallangan tizim va turli xil soha foydalanuvchilarga mo‘ljallangan dasturlash tilidir.
MATLAB tizimi dasturlash tili sifatida 1970-yillarning oxirida professor Kliv Mouler (Clive Mouler) tomonidan yaratilgan. Tez orada bu til amaliy matematika sohasidagi olimlar tomonidan iliq kutib olinib, ommalashib ketdi. Internet yaratilguncha, MATLAB dasturining versiyalari Fortranda yozilgan bo‘lib, ochiq kodga ega edi. The MathWorks firmasi tashkil etilganidan C dasturlash tilida kutubxonalari rivojlantirildi. MATLAB atamasi inglizcha Matrix Laboratory so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, matritsa laboratoriyasi degan ma’noni anglatadi. MATLABda matematik hisoblashlar va modellash algoritmlarini yaratish, ma’lumotlarni tahlil, tadqiq qilish hamda vizuallashtirish, ilmiy va muhandislik grafikasi va ilovalarni loyihalash va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
MATLAB yordamida aniq masalalarni yechish boshqa skalyar dasturlash tillaridagiga (masalan, C++) nisbatan bir necha marta tez bajariladi. MATLABning boshqa dasturlash tillaridan farq qiluvchi xususiyati shuki, u o‘z ishida ma’lumotlarni matritsalar shaklida tashkil etish usulidan foydalaniladi.
MATLAB tizimi ikkita katta qismlardan tashkil topgan: MATLAB yadrosi va qo‘shimcha kutubxonalar (yoki “TOOLBOXES” – “asboblar majmualari”).

Download 33.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling