6. mashg‘ulot. Selektsiyalangan sharob achitqilari va so


Download 19.33 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi19.33 Kb.
#1521341
  1   2   3   4
Bog'liq
6 amaliy SELEKTSIYALANGAN SHAROB ACHITQILARI VA SO2 SULFIT ANGIDRIDI (3)


6.mashg‘ulot. SELEKTSIYALANGAN SHAROB ACHITQILARI VA SO2 (SULFIT ANGIDRIDI) ISHCHI ERITMASI VA ULARNI TAYYORLASH TARTIBI BILAN TANISHISH


1. Drojja aralashmasini tayyorlash.
MAShG’ULOT MAQSADI. Talabalarni ishlab chiqarishda sof drojjalar aralashmasini tayyorlash tartibi bilan tanishtirish.


UMUMIY MA’LUMOT. Sharob sifati bijg‘itishda ishtirok etuvchi drojjalarga bog‘liqdir. Drojjalarning har bir turi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bijg‘itish natijalarini belgilab beradi. Bir xil uzum sharbatini turli drojjalarda bijg‘itilsa har xil xususiyatga ega bo‘lgan sharob hosil bo‘ladi.
Yaxshi faol drojjalar bijg‘itish jarayonini tezlatadi, sog‘lom sharob etilganda, tiniqlashda asosiy omilga aylanadi.
Yaxshi sharob olish maqsadida sharbatni o‘z-o‘zidan bijg‘ishiga yo‘l qo‘ymasdan, unga oldindan tayyorlangan sof drojjalar aralashmasi quyiladi natijada bu drojjalar sharbatda yaxshi rivojlanib, barcha shakar moddani bijg‘itadi.
Bijg‘itib sharob olishda drojjalar turlari va ularning nasllarini tanlab ishlatish muhim ahamiyatga ega. Sharob zavodlarida sharbatni bijg‘itish uchun tavsiya etilgan sof drojjalar turlari va nasllari 17 jadval.
Drojja aralashmasi quyidagicha tayyorlanadi.
Sharob tayyorlash mavsumi boshlanishda sharobzavodiga zich probirkalarda yoki suyuq oziqa muhitida keltirilgan sof madaniy drojjalar qo‘paytiriladi. Buning uchun sharob tayyorlashdan 4-5 kun oldin sog‘lom pishgan uzumlar yig‘ishtirilib uning suvi siqib olinadi va bug‘ bilan ishlov berilgan kichik bochkaga quyiladi, sharbatni bug‘ yordamida qaynash holatiga (90-100°) olib keladi va 20-30 minut davomida qaynatadi, 30°S gacha sovutilgandan so‘ng bochkaga, probirkadagi sof madaniy drojjalar solinadi. Bir yoki ikki kundan so‘ng sharbat kuchli bijg‘igandan drojja aralashmasi sifatida ishlatiladi. Olingan sof drojja aralashmasining 2 dkl 100 dkl sharbatga quyilib ishlatiladi (17-jadval).

17-jadval



Download 19.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling