6-mavzu: ilmiy uslub. Sohaviy terminlarning leksik xususiyatlari reja: Sohaga oid terminlarning turlari
Download 51.93 Kb.
|
6-amaliy mavzu
6-MAVZU: ILMIY USLUB. SOHAVIY TERMINLARNING LEKSIK XUSUSIYATLARI Reja: Sohaga oid terminlarning turlari. Sohaviy leksikada shakldoshlik, ma’nodoshlik, koʻpma’nolilik munosabatlarning namoyon bo’lishi. Ilmiy-ommabop matnlar. Tayanch tushunchalar:atama (termin), terminologik leksika, ilmiy atama, terminologik tizim, kasb-hunar atamalari Ma’lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus – “chegara”, logos - “fan” degani)1 leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning birligi termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin ma’lum bir terminlar tizimidagina termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan so`zdan farq qiladi. Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega: 1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim tushunchasini ifodalaydi. 2) bitta terminologik tizimda har doim bir ma’noli bo`ladi. Masalan, ot so`zi atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”, “otmoq”, “ichmoq” ma’nolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi). 3) ko`pincha tillararo xususiatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi. 4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi. 5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan). Atamalarni quyidagi mezonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin: 1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra: a) kasb-hunar atamalari ma’lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar: - o`qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik va h. - duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h. b) ilmiy atamalar ma’lum fan-texnika sohasiga mansub tushunchalarni ifodalaydigan atamalardir. Bunday atamalar tabiiy fanlar, texnika fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, matematik fanlarning barchasida mavjuddir. Masalan: - kimyo: oksid, sulfat, reaksiya, valentlik, kislorod, vodorod va h. - matematika: sinus, kosinus, ayniyat, romb, parallelogram, teorema, aksioma va h. - mantiq: predikat, subyekt, obyekt, hukm, tushuncha va h. - kibernetika (yoki komputer texnologiyasi): EHM, axborot, fayl,disk, internet va h. 2) kelib chiqishiga ko`ra: a) umumxalq leksikasidan olingan terminlar. Bundatilning o`zida mavjud bo`lgan so`zlar termin sifatida maydonga chiqadi. Masalan, tilshunoslikka oid ot, sifat, son, fe’l, ravish, ko`makchi, bog`lovchi, yuklama, gap, so`z kabi, me’morchilikka oid pardoz, davra, namoyon, o`ymakor, taqsim kabi2, temirchilikka oid pesh, tana, yelka, charxdor, dam kabi3 atamalar bunga misol bo`la oladi. b) chet tillardan olingan terminlar. Bundatilimizga hozirgi paytda aloqa vositasi hisoblangan chet tillardan olingan atamalar nazarda tutiladi. Masalan, yadro fizikasiga oid activator, barion, diproton, kvant;4botanikaga oidazaliya, valeriana, gortenziya, magnoliya;5 logopediya faniga oid anamnez, giperkinez, distoniya, patogenez kabi6, zargarlik kasbiga oid parma, bargak, peshxalta, dahanda kabi7 atamalar shunga misol bo`la oladi. Download 51.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling