6-mavzu. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarish harajatlari, mahsulot tannarxi va narxi


Download 28.21 Kb.
bet1/6
Sana16.03.2022
Hajmi28.21 Kb.
#607824
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-mavzu
fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, fizika 1ci ON, TTAT mustaqil ish, TTAT mustaqil ish, TTAT mustaqil ish, TTAT mustaqil ish, hisob grafik iw, 1ci tajriba, 1ci tajriba, Muhit va ekologik omillar laboratoriya, May (1)

6-MAVZU. SANOAT KORXONALARIDA ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI, MAHSULOT TANNARXI VA NARXI




REJA
6.1. Mahsulot turlari va nomenklaturasi.
6.2. Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini tashkil qiluvchi unsurlar.
6.3. Tannarx strukturasi, unga ta’sir etuvchi omillar.
6.4. Harajatlar va ularning tasnifi, tannarx xarajatlarini kamaytirish yo’llari.
6.5. Mahsulot bahosi to’g’risida tushuncha. Mahsulotga narx qo’yish usullari. Baho (narx)lar turlari.


6.1. MAHSULOT TURLARI VA NOMENKLATURASI.
Sanoat korxonalarida mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari, umumlashtirilgan holda, mehnat xarajatlari deb yuritiladi.
Mehnat xarajatlari ikki xil bo‘ladi:
1. Jonli mehnat xarajatlari: ayni vaqtda bajarilayotgan mehnat xarajatlari, bu xarajatlar ish haqi va ish haqi ajratmalarida aks ettirilgan bo‘ladi.
2. Buyumlashtirilgan (ilgari sarflangan) mehnat xarajatlari, bu xarajatlar: xomashyo, materiallar, xarid qilingan mahsulotlar, energiya, amortizatsiya ajratmalarida aks ettirilgan.
Bu xarajatlarning pul ko‘rinishidagi yig‘indisi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini tashkil etadi, ya’ni mahsulotni tayyorlash uchun sarflangan ishlab chiqarish vositalari, ishchi-xizmatchilarining ish haqi, boshqa korxonalar ko‘rsatgan xizmati, ishlab chiqarishni boshqarish, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarning pul birligidagi yig‘indisi mahsulot tannarxini tashkil etadi.
Mahsulot tannarxining strukturasi (tizimi) o‘zgarmas ko‘rsatkich emas, unga quyidagi faktorlar ta’sir etadi:
- ishlab chiqarishning iqtisodiy – texnikaviy xususiyatlari;
- mehnat sarf qiladigan ishlab chiqarish (mahsulot tannarxining asosiy qismini ish haqi tashkil etadi);
- material sarf qiladigan ishlab chiqarish (mahsulot tannarxida material sarfi ko‘p);
- fond sarf qiladigan ishlab chiqarish (energiya va yoqilg‘i xarajatlari sarfi).
Sanoat korxonalari mahsulotini tayyorlash texnologik jihatdan murakkab bo‘lganligi uchun, bunday mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida ish haqi fondining salmog‘i ko‘p, shuning uchun ular ko‘p mehnat sarf qiladigan mahsulot deb hisoblanadi.
- fan va texnika yutuqlarining ta’siri. Bunda mahsulot tannarxida jonli mehnat hajmi kamayib boradi, buyumlashtirilgan mehnat hajmi (amortizatsiya ajratmalari va moddiy xarajatlar) ko‘payib boradi. Bundan tashqari hozirgi vaqtda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish darajasi oshib borishi va mahsulot tayyorlashda intellektual mulk salohiyati ortib borishi natijasida Sanoat sanoati mahsulotlarining tannarxi sezilarli darajada oshib bormoqda.
- markazlashtirish, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash, kombinatsiyalash va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash;
- korxonaning geografik joylashishi;
- manbalar narxining darajasi, inflyatsiya tempi va bank kreditlariga qo‘yilgan prosent stavkasi.
Sanoat korxonalarining xarajatlar tuzilishining tahlili xarajatlarni kamaytirish rezervlari va samarali boshqarish uchun ahamiyatga ega.



Download 28.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling