6-Mavzu: Sotsial institutlar Sotsial institut tushunchasi va uning xususiyatlari


Download 29.27 Kb.
Sana25.02.2023
Hajmi29.27 Kb.
#1229328
Bog'liq
Sotsial institutlar


6-Mavzu: Sotsial institutlar



  1. Sotsial institut tushunchasi va uning xususiyatlari

  2. Sotsial institut asosiy belgilari

  3. Sotsial institut turlari

Tayanch so‘z va iboralar:institut, Relyatsion institutlar, Regulyativ sotsial institutlar, Integrativ sotsial institutlar, An'anaviy sotsial institutlar


1.Sotsial institut tushunchasi va uning xususiyatlari. Sotsial institutlar, tashkilotlar, tizimlarni o‘rganish sotsiologiyaning maxsus yo‘nalishlari hisoblanadi.Sotsial institut (lotincha-institutum, ruscha lug‘aviy ma'nosi-ustanovleniya, o‘zbekcha ma'nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to‘plamini, ikkinchidan, mahkama, muassasalarni bildiradi. Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya maxsus nazariy yo‘nalishdir. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunos fanlaridan kirib kelgan. Yurisprudensiyada sotsial institutlar deyilganda, ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar (merosxo‘rlik, mulkka egalik, oila va nikoh institutlari) tushuniladi.


Institutsional sotsiologiya-ijtimoiy hayotni tashkil etishning va idora etishning (boshqarishning regulyatsiya qilishning) barqaror shakllarini o‘rgatuvchi sohadir.
Sotsial institutlarni konkret tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko‘rinishda, sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar muassasalar, idoralar majmui sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko‘ra esa, sotsial institut va shaxslarning konkret vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror, standartlashgan tamoyil normalar, o‘rnashmalarini bildiradi.
Spenser XIX asr sotsiologlarining ichida birinchi bo‘lib, ijtimoiy tizim, ijtimoiy institut, ijtimoiy nazorat terminlarini kiritdi. Ijtimoiy institutlar insonni jamoaviy harakatga kirisha oladigan ijtimoiy mavjudotga aylanishini ta’minlaydi.
Spenser ijtimoiy taraqqiyot ta’siri ostida ijtimoiy institutlarni bir necha turga bo‘ldi.
- oila evolyusiyasi bosqichlarini ishlab chiquvchi, oilaviy munosabatlar o‘zgarishini tadqiq etuvchi institutlar;
- urf-odat, an’ana, ahloq orqali insonlarning kundalik harakatini boshqarishga yo‘naltirilgan institutlar;
- jamiyat hamjihatligi va e’tiqodiy birligiga ta’sir etuvchi diniy institutlar;
- mehnat taqsimlanishi asosida kelib chiquvchi kasb-hunar institutlari.
Sotsial institut, qisqacha ta'rifda, odamlar sotsial tashkillashgan va regulyatsiya qilinadigan faoliyatlarni anglatadi. Sotsial institutlar xatti-harakatining nisbatan barqaror shakllar namunalarini, avloddan-avlodga o‘tuvchi an'analar, odatlarni qayta takror hosil qilinishini ham ta'minlaydi. Sotsial strukturaga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyat vazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maqsadi, unga erishishni ta'minlovchi konkret funksiyalar, ushbu institutga xos bo‘lgan sotsial pozitsiya va rollar shuningdek, maqsadga muvofiq, kerakli xatti-harakatni rag‘batlantiruvchi va deviant (og‘ma) xatti-harakatlarga qarshi qaratilgan tazyiqlar (sanksiyalar) tizimi bilan tavsiflanadi.
Jamiyatniig iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, huquqiy va xalqaro sohalariga xos bo‘lgan sotsial institutlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat mavjudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy ne'matlarning ishlab chiqarilishining taqsimlanishini ta'minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila hisoblanadi. Uning faoliyati (ota-onalar, ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va ijtimoiy normalar bilan belgilanadn. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-madaniy institutlar (maorif, sog‘liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar, fan din institutlari) amal qilinadi.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o‘zaro ta'sirda bo‘ladi. Bu o‘zaro ta'sir normal tarzda, shuningdek normaning buzilishi sharoitida ham bo‘lishi mumkin. Har qanday real jamiyatda normativ tartibotga bo’ysunmaydigan anomik hodisalar bo‘lishi tabiydir.
4.Sotsial institut turlari. Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko‘rinishlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)Relyatsion institutlar. Bu institutlar jins va yoshdan tortib to kasb-mashg‘ulot turi va qobiliyati mezonlariga asosan jamiyatning rolga oid tarkibini aniqlab beradi;
2)Regulyativ (idora etish) sotsial institutlari. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning jamiyatda amal qilib turgan normalariga dahlsiz holda amalga oshish chegaralarini va bu chegaradan chiqib ketilganda qo‘llaniladigan sanksiyalarni (bunda sotsial nazoratning hamma mexanizmlari ham kirib ketadi) belgilab beradi;
3)Integrativ (uyg‘unlashtiruvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga jamiyat manfaatlarini qondirishga ma'sul bo‘lgan sotsial rollarni ifodalaydi;
4)An'anaviy sotsial institutlar. Bu sotsial institutlar odat, marosimlar qarindosh-urug‘chilik tomonidan qat'iy belgilangan normalar bilan bog‘liqdir.
5)Madaniy sotsial institutlar. Din, san'at, adabiyot bilan bog‘liq;
Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
a)jamiyat a'zolarini takror ishlab chiqarish qaytadan tiklash;
b)sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo‘lgan qadriyat va normalarni etkazishning turli xil shakllar);
v)ishlab chiqarish va taqsimot;
g)tartibga rioya qilish va axloqni saqlab turish. Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi unga mos bo‘lgan muayyan sotsial institutlar amal qilinishi taqozo etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo‘lgan sotsial institutlar shakllaniishi jarayoni ro‘y bermoqda.Bular iqtisodiy sohada-bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar siyosiy sohada demokratik hokimiyat turli bo‘g‘inlari faoliyatini ta'minlovchi sotsial institutlar, jamiyat barcha javhalariga yangi jamiyat tarziga hozirlovchi turli xil sotsial institutlardir.
Sotsial institutlari singari sotsial tizim amal qilishi ta'minlaydigan ijtimoiy strukturaning asosiy «hujayra»laridan biri sotsial tashkilotlardir.. Sotsial institutlardan farqli ravishda, sotsial tashkilotlar odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushuniladi. Tashkilot a'zosi bo‘lgan odamlarning manfaatlari umumiyligi tashkilotning ideal holiga ega, tashkilotning maqsadi uning barcha a'zolari maqsadi bilan muvofiq, kelishi ko‘zda tutiladi. Sotsial tashkilotni boshqa sotsial guruhlashuvlardan farqi - uni tashkil etuvchi individ qat'iy ravishda muayyan sotsial rol va pozitsiyalarni ijro etishlaridadir. Jamiyat sotsial tashkilotlari turli xildagi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy maqsadlarga erishish vositasi deb qaraydi. Sotsial tashkilotlar individlarning ehtiyoj va manfaatlarini ma'lum bir qat’iy me'yorda qondirilishiga xizmat qiladi. Bu me'yor odamning mazkur sotsial tashkilotda qabul qilingan sotsial norma va qadriyatlardan kelib chiqadigan ijtimoiy maqomi bilan belgilangan bo‘ladi.
Sotsiologiyadagi maxsus yo‘nalish sotsial tashkilotlar nazariyasiga ko‘ra ikki xil rasmiy va norasmiy tashkilotlar ajratiladi, har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma'muriy apparatga ega bo‘ladi. Bu ma'muriy apparatning asosiy vazifasi-tashkilot mavjudligini ta'minlash uchun uning a'zolari faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Bunday tashkilot a'zolari vazifa (funksiya)ni bajarish nuqtai nazaridan qaraladi. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki maxsus sotsial rolni ijro etuvchi tashkilotning bo‘lagidir. Tashkilot nechog‘lik murakkab va katta bo‘lsa ma'muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo‘ladi. Tashkilotning byurokratlashuv darajasi ma'muriy muammolarni hal qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot maqsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar miqdorlarining nisbatiga bog‘liqdir. Ayrim hollarda ma'muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlarini mutlaqo chetlashtirishlari ham mumkin. Bunday holni tashkilotn jamiyatga emas, balki, o‘z-o‘ziga xizmat qilishga «beparvolikka» olib keladi.
Sotsial tashkilotlarda qat'iy byurokratik tamoyillarga asoslangan tashkiliy ierarxiya (tashkilot a'zolarining bir-birlariga nisbatan bosqichma-bosqich rasman tobelikda bo‘lishlari) munosabatlardan tashqari norasmiy munosabatlar ham mavjuddir. Bu munosabatlar qat’iy ma'muriy qoidalar tizimi sharoitida tashkilot samaradorligini oshiradi va quyidagi ijobiy vazifalarni bajaradi: ish vazifasiga ko‘ra bo‘ysunuvchi individlar va mansabdor shaxslar o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan ziddiyatlarni yumshatadi, tashkilot a'zolarini birdamligini mustahkamlaydi, shaxsiy qadr-qimmat hissini saqlab qoladi.
Sotsiologiyada tashkilotni tahlil etishda uch asosiy yondashuvni ajratib ko‘rsatish mumkin: ratsional, tabiiy va neoratsional yondashuvlar. Ratsional yondashuv nuqtai nazaridan tashkilot «asbob» aniq qo‘yilgan maqsadlarga erishish vositasi deb qaraladi. Tashkilot bu holda bir-birlarini almashtirishlari mumkin bo‘lgan, lekin bu bilan tashkilotning butunligini, yaxlitligini dahl etmaydigan alohida mustaqil bo‘laklar yig‘indisi, majmui deb qaraladi. Ratsional yondashuv ko‘p hollarda tashkilotda mavjud bo‘lgan norasmiy munosabatlarni inobatga olmaydi.
Ratsional yondashuvdan farqli o‘laroq, tabiiy yondashuv tarafdorlari tashkilotni «tabiiy butunlik», o‘ziga xos organizm sifatida o‘rganadilar. Bu organizm uchun tabiiy o‘sish, o‘z mavjudligini davom ettirish va tizim muvozanatini saqlab qolishga intilishga xosdir. Bu nuqtai nazarga ko‘ra tashkilot qo‘yilgan maqsadlariga erishgandan keyin ham o‘z mavjudligini davom ettirishi mumkin. Asosiy vazifa tashkilotdagi muvozanatni ta'minlashdir. Tashkilotga tabiiy yondashuvda norasmiy munosabatlarga ko‘proq e'tibor beriladi.
Har ikki yondashuvning ijobiy tomonlarni qo‘shishga intilish natijasida yangi yondashuv-tashkilotning neoratsional modeli vujudga keladi. G’arb sotsiologiyasida Blau, Gouldner va boshqalar ratsional va tabiiy yondashuvni qo‘shishni, tashkilotdagi ratsionallik va norasmiy munosabatlarni uyg‘unlashtirishni yoqlab chiqishdi.
Sotsial institutlar, tashkilotlar va ijtimoiy hodisalar turli xil o‘ziga hos kesishmalarda sotsial tizimni tashkil etadi. Odatda tizim deyilganda bir-birlari bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan va muayyan butunlikni tashkil etuvchi, alohida tarzda tartiblashgan elementlar majmui tushuniladi. Sistemali yondashuvning asosiy vazifalaridan biri ob'ekt to‘g‘risidagi barcha bilimlarni bir butun sistemaga keltirishdir.
Sotsial tizimlar formatsion, madaniy, individual-shaxsiy sifat va darajalarida ko‘rilishi mumkin.
Formatsion yondashuvda jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlardan iborat tabiiy-tarixiy bir butun sistemadir.
Sotsial institutlar, tashkilotlar va ijtimoiy hodisalar turli xil o`ziga xos kesishmalarda sotsial tizimni tashkil etadi. Odatda tizim deyilganda bir-birlari bilan o`zaro aloqada bo`lgan va muayyan butunlikni tashkil etuvchi, alohida tarzda tartiblashgan elementlar majmui tushuniladi. Tabiatdagi narsalar, jamiyatdagi hodisa va jarayonlar bir butun tizimni tashkil etadi. Tizimli yondashuvning asosiy vazifalaridan biri ob'ekt to`g`risidagi barcha bilimlarni bir butun sistemaga keltirishdir.
Sotsial tizimlar formatsion, madaniy, individual-shaxsiy sifat va darajalarida ko`rilishi mumkin.
Formatsion yondashuvda jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlar sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlardan iborat tabiiy-tarixiy bir butun sistemadir.
Sotsial tizimlarning murakkab ierarxiyasi mavjud. Jamiyatning o`z butunligi eng katta tizim hisoblanadi. Uning iqtisodiy, sotsial, siyosiy va mafkuraviy kabi muhim ost tizimlari mavjud. Boshqa ost tizimlar - sinflar, etnik tuzilma va hokazolardir. Sanab o`tilgan ost tizmilar o`z navbatida bir qancha boshqa tizimlardan iboratdir. Sotsial tizimlar ko`p hollarda bir-biri bilan “kesishgan” bo`ladi, aynan bir individlarda turli xil tizimlar elementi bo`lishi mumkin. Ularning har bir bosqichlari bilan aloqada yoki ulardan mustasno ravishda nisbiy mustaqildir.
Sotsial tizim qonuniyatlari uning ichki atributidir. Bu qonuniyatlarni tizimga ta'sir ko`rsatuvchi qandaydir asosiy omil deb qarash mumkin emas. Sotsial aloqadorlik qonuniyati - bu mazkur sotsial tizim va uning tuzilish qonuniyatidir. Muayyan sotsial tizim almashuvi bir vaqtning o`zida tegishli sotsial aloqadorliklarning almashishi hamdir, chunki ular sotsial tizim vujudga kelishi bilan paydo bo`ladi va sotsial tizim tarqalishi yoki o`zgarishi bilan to`xtab qoladi (Individning o`zi yashab turgan sotsial tizim qonunlariga bo`ysunmasdan iloji yo`qdir).
Sotsial tizim qonuniyatlari individ hayot faoliyatini belgilab beradi. Individ u yoki bu tarzda sotsial sistema norma va qadriyatlarni qabul qiladi, ijtimoiylashadi. Uning faoliyati ijtimoiy belgilangandir. Shu bilan birga faoliyat ko`rsata olishlikning bir qancha variantlari ham mavjud bo`lib, ular orasidagi o`ziga ma'qulini tanlab olish mumkin.
Sotsial tizim xillarini ko`rsatish birmuncha shartlidir. Sotsial tizimni u yoki bu mezon asosida ajratish sotsiologik tadqiqot vazifasi bilan belgilanadi.
Aynan bir xil sotsial tizim (masalan, oila) teng ravishda ham sotsial nazorat tizimi, ham sotsial institut, ham sotsial tashkilot sifatida qaralishi mumkin.
Bizning hozirdagi mavjud jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan kokret shakli sifatida uning funktsianal va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo`lakchalarining o`ziga xos tamoillarini, o`zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o`rganib, to`g`ri boshqarish muhim ahamiyatga egadir. Chunki o`z vaqtida keyingi oqibati oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Sotsiologiya tarixida jamiyat o`z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushuniladi. Shu bilan birga jamiyat ayrim kishilarning birligigagina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi va funktsional qonuniyatlari, harkatlantiruvchi kuchlarini o`rganuvchi fandir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o`rtasidagi aloqalarni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning jamiyatlari va rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi.
hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo`nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo`nalish: O.Kontdan frantsuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan elemenlar amerikalik olim T.Parsonlarning psixologik ta'limotidir. Bu yo`nalishda ijtimoiy tizim o`zgarishi tashqi kuchlar ta'siri orqali tushuntirilib, ko`proq psixologik kishilarga e'tbor berilgan.
Ikkinchi yo`nalish: marksistik sotsiologik ta'limot bo`lib, unda ijtimoiy tizim ichki ziddyatlar asosida, ichki kuch ta'siri orqali tushuntirilib materialistik mohiyatga ega bo`lgan moddiy munosabatldarning belgilovchi roliga asosiy e'tibor qaratilgan.
g`arb va amerika sotsiologiyasida ijtimoiy tizimning muhitidagi “muvozanatini” saqlashga asosiy e'tibor beriladi.
O.Kont va E.Dyurkgeym sotsiologik qarashlarga asoslanib, jamiyatning bir butunligi uning “ijtimoiy muhitidagi doimiy muvozanati” ichki va tashqi ta'sirini muvofiqlashtirish sotsiologiyaning asosiy vazifasi qilib belgilaganlar. Umuman, ijtimoiy tizim tarkibidagi o`zgarish va integratsiya sifatidagi Parsonsning funktsional sotsiologik ta'limoti muvozanat to`g`risidagi nazariyasidir.
Marks sotsiologiyasida esa ijtimoiy tizimlarning o`zaro ziddiyatlilik xarakteri “muayyan muvozanatdan og`ish” emas, balki ularning (ijtimoiy tizimlarning) tarkibiy tuzilish mohiyati qonuniyatli ikki rivojlanishning zaruriy natijasidir.
Ijtimoiy tizimlar mohiyatini bunday tushunish jamiyatda ichki ijtimoiy ziddiyatlar (konfliktlar) sinfiy kurashlar ro`y berilishi va ular jamiyat rivojining asosini, mohiyatini belgilashni anglatadi. Marks va Engelsning “hozirgacha o`tgan jamiyat tarixi – sinflar kurashi tarixidan iboratdir” - degan qarashi fikrimizning dalilidir.
Har ikki ta'limot ham jamiyat hayotidagi muhim belgilarni o`zida mujassamlashtirgan.
Sotsiologik amaliyot funktsional o`zgarishlarsiz, evomotsiyasiz, revomotsiya tushunchasi bilan, funktsional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga o`runuvchi ta'limot jamiyat hayotini bir tomonlama o`rganishga olib kelishini ko`rsatmoqda.
Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan g`arb sotsiologik ta'limotida ham o`ziga xos ijobiy jihatlar bilan bir qatorda ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki ziddiyatli xususiyatlarini hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirshga olib keladi.
“Jamiyat hayotining industrlashuvi ob'ektiv ravishda, qaysi ijtimoiy tizim”lar bo`lishidan qat’iy nazar, ijtimoiy anarxiyaning bir xil (yagona)tipiga olib boradi degan amerika sotsiologlarining fikri hozirgi tarixiy rivojlanish amaliyotida ta'kidlanmoqda.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy - tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy tizim boshqasining, yuqori darajadagi tizimining tarkibiga kiradi. O`zi esa quyi, kichik tartibdagi tizimlarni o`z tarkibiga oladi. Jamiyat hayotida biron-bir ijtimoiy tizim alohida ravishda, boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajragani holda yashay olmaydi. har bir ijtimoiy tizim o`zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo o`zgarib, rivojlanib boradi. Ichki, tashqi funktsional va ziddiyatli munosabatda bo`ladi. Har qanday ijtimoiy tizim o`zining tarkib topish, rivojlanish, gullab yashash va tanazzuliga ega bo`ladi.
Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo`lib, tarkibidagi element va mayda tizimlarning o`zaro aloqadorligi - ularning rivojlanish mohiyatini belgilaydi. Tashqi o`zaro aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlararo munosabatlar asosini tashkil qiladi.
Alohida olingan inson va jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o`rtasidagi munosabatlar o`zaro iorarxik tuzilishga egadir. O`zaro iorarxik tuzilish ularni boshqarish imkonini beradi.
Ijtimoiy tizimlarni maqsadga yo`nalganligi, moslashuvi, o`zini qayta tiklash, funktsional va rivojlanish kabi o`ziga xos xususiyatlarga ega.
Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo`ladi. Kishilar, ijtimoiy voqelik, jarayonlar va g`oyalar ijtimoiy muhit elemenlari sifatida nomoyon bo`ladi.
hozirgi ijtimoiy yangi munosabatlarning tarkib topishi jarayonida ijtimoiy muhitni sotsiologik jihatdan tahlil qilish ilmiy-nazariy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy tizim o`zgarishining ijtimoiy vazifalari, funktsiyalari bilan o`zaro farq qiladi. Ular muayyan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat ko`rsatadilar.
Parsons fikriga ko`ra, ijtimoiy tizim, eng avvalo faoliyatli tizimdir. Masalan, iqtisod, siyosat, huquq kabi o`zaro ta'sirda bo`luvchi ijtimoiy tizimlar axloqqa, ma'naviyatga faol ta'sir ko`rsatadilar.
Har qanday ijtiomiy tizimlar ikki tipdagi: funktsional va rivojlanish qonuniyatlariga amal qiladi. Ularning funktsional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil - ichki va tashqi omillar bilan belgilanadi. Ichki omillarga: tizim va uning komponentlari, komponentlarining o`zaro munosabatlari kiradi. Tashqi omillarga: ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan aloqadorligi kiradi.
Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o`zaro aloqadorligi ularning asosiy mavjudlik va yashash sharti bilan belgilanadi. Tashqi ijtimoiy muhit muvozanatini saqlash va o`zgarishini hisobga olish - ijtimoiy tizimning funktsional o`zgarishi va rivojlanishini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish birinchi darajali ahamiyatga ega.
Demak, sotsiologiyada ijtimoiy tizimlarni ichki va tashqi jihatdan tashkil qilish maqsadga muvofiqdir.
Jamiyatning moddiy ishlab chiqarish jarayoni sotsiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib qaraladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi - ijtimoiy hayot sotsial bo`lib, kishilarning moddiy ne'matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liqdir. Moddiy ishlab chiqarish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridan tashkil topadi. Moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning iqtisodiy asosi bo`lib, iqtisodiyot bilan bog`liq bo`lgan barcha tizimlar va ular o`rtasidagi munosabatlarni o`z ichiga oladi.
“Siyosiy tizim” - jamiyatni boshqarish bilan bog`liq bo`lgan tizim hisoblanadi. Bu tizim tarkibiga barcha siyosiy tashkilotlar, davlat, huquqiy organlar (sud, prokuratura, militsiya, qamoqxona va boshqalar), siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ular bilan bog`liq bo`lgan siyosiy munosabatlar kiradi.
An’anaviy jamiyatlarda insonlarning butun hayoti kichik guruh ichida o‘tar edi. Masalan: an’anaviy Xitoy jamiyatida qishloq aholisi davlat amaldorini kamdan-kam ko‘rishi mumkin edi. Davlat farmonlari ular hayotiga deyarli ta’sir qilmas edi. Buni bugungi holat bilan taqqoslab ko‘ring. Qilayotgan barcha ishlarimiz amaldorlar qaroriga bog‘liq: biz, hatto, bu amaldorlarni hukumat deb ham ataymiz. Har qanday muhim hodisa-tug‘ilish, nikoh yoki o‘lim-qayd qilinishi kerak. Davlat tashkilotlari ta’lim, sanitariya, yo‘llar tizimi, kommunal xyzmatlar, atrof-muhitni nazorat qilish, milliy pul tizimi va hokazo turdagi faoliyatimiz uchun zarur bo‘lgan resurslar bilan, qisman bo‘lsa-da, ta’minlaydi. Ko‘pchiligimiz katga tug‘ruqxonalarda tug‘ilganmiz va bir necha o‘nlab boshqa, yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan ajratish uchun bizga belgi qo‘yishgan. Barchamiz maktabga, kollejga borganmiz. Mehnat faoliyatimiz mobaynida biz firmalarda, moliyaviy kompaniyalarda, bankda yoki davlat tashkilotlarida ishlashimiz mumkin. Agar hayotimiz davomida telefon yoki xat orqali boshqalar bilan aloqa qilishni xohlasak, uyimiz yorug‘ va issiq bo‘lishini istasak, gazeta va jurnallar o‘qib, televizor
ko‘rib, radio eshitib ma’lumot olishni va hordiq chiqarishni xohlasak, biz doimo tashkilotlarga bog‘liq bo‘lib qolaveramiz.
Tashkilot-bu maxsus maqsadlar uchun ajratilgan noshaxsiy aloqalar asosida faoliyat olib boruvchi insonlardan tashkiltopgan yirik birikmadir. An’anaviy dunyoda ko‘pchilik ijtimoiy tizimlar uzoq vaqg odatlar va an’analar ta’sirida rivojlanib kelgan. Boshqa tomondan, tashkilotlarning ko‘pchiligi loyihalashgan, ya’ni ma’lum maqsadlarda ta’sis etilgan
va shu maqsadlarga erishishga yordam beradigan maxsus binolarda joylashgan. Kasalxonalar, kollej yoki firmalar joylashganbinolar, odatda aynan o‘sha tashkilotlar uchun moslashtirilgan.
Bugun biz uchun tashkilotlar nega bunchalik muhimligini tushunish qiyin emas. Dunyoda sanoatlashish sodir bo‘lgunicha insonning ovqat topish, bola tarbiyalash, ish va dam olish kabi asosiy ehgiyojlari yaqin qarindoshlar va qo‘shnilar doirasida qondirilar edi. Zamonaviy jamiyatlarda insonlar har qachon bo‘lganidan ko‘proq bir-birlariga bog‘liqdirlar. Ko‘plab ehtiyojlarimiz biz hayotda hech qachon uchratmaydigan va ehgimol bizdan minglab mil uzoqda yashaydigan kimsalar tomonidan qondiriladi. Bunday sharoitda tashkilotlar faoliyatini va resurslarnikoordinatsiya qilish bo‘yicha katta ishlar bajarilishi kerak.
Byurokratiya barcha zamonaviy tashkilotlar byurokratik xususiyatga ega. Byurokratiya so‘zi 1745 yilda de Gurne tomonidan iste’molga kiritilgan. U “idora” va “yozuv stoli” ma’nolarini anglatadigan “byuro” so‘ziga yunoncha “boshqarmoq” fe’lini qo‘shgan. SHunday qilib “byurokratiya” so‘zi amaldorlar hokimiyati degan ma’noni anglatadi. Avvaliga bu so‘z faqat davlat idoralariga nisbatan qo‘llanilgan, lekin uning ma’nosi asta-sekin kengayib, hozirda har qanday katta tashkilotga nisbatan qo‘llaniladi. Boshida bu so‘z kamsitish ma’nosida qo‘llanilgan. De Gurne amaldorlarning ortib borayotgan kuchini “byuromaniya kasalligi” deb atagan1. Fransuz yozuvchisi Balzak byurokratiyani “olchoqlar tomonidan boshqariladigan ulkan hukumat” deb ataydi. Bunday qarash hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Byurokratiya deganda, odatda, ortiqcha ovoragarchilik, samarasizlik va isrofgarchilik yodga keladi.
Satirik Siril Nortkot Parkinson “amaldorlar bo‘sh vaqglarini to‘ldirish uchun o‘z faoliyati doirasini cheksiz kengaytirib oladilar” deya byurokratiyaning aniq ta’rifini bergan. “Parkinson konuniga” ko‘ra, vazifa unga ajratilgan vaqgni to‘ldirish uchun sun’iy ravishda kengaytiriladi. Byurokratiyaning kengayishiga sabab uning a’zolari zimmasiga qo‘shimcha vazifalar olishlari emas, balki ular doimo band bo‘lib ko‘rinishi kerakligidir. Ular aslida mavjud bo‘lmagan muammolarni yaratadilar va so‘ngra ko‘l ostidagi xodimlarini bir talay vaqt sarflab hisobot yozishlarini nazorat qiladilar. Bu jarayon uzluksiz davom etadi, lekin byurokratiyaning asl vazifalarini bajarish uchun varaqalar to‘ldirish, hisobotlar yozish va ish hujjatlarini yuritish aslo zarur emas.
Biroq ko‘plab odamlar byurokratiyami bir oz boshqacharoq, ya’ni bopo`aruvning puxta, aniq va samarador modeli deb baholaydilar. Byurokratiya, deydi ular, aslida insoniyat o‘ylab chiqqan eng samarali tashkilot turidir, chunki barcha vazifalar qatiy qoidalar bilan belgilanadi, Maks Veber tomonidan byurokratiyaga berilgan aniq ta’rif bu ikki qarama-qarshi fikrning kelishtirilgan holatidir. Veber fikriga ko‘ra, zamonaviy jamiyatda byurokratiyaning tarqalishi qochib qutulib bo‘lmaydigan jarayondir. Byurokratik hukumatning rivojlanishi yirik ijtimoiy tizimlarning administrativ talablarini bajarishning yagona yo‘lidir. Biroq Veber byurokratiyaga jamiyat hayotiga kuchli ta’sir o‘tkazuvchi yirik kamchiliklar
xos deb hisoblaydi.
Veberning byurokratiyaga munosabati Veberning ta’kidlashicha, byurokratik tashkilotlarning ma’lum soni yirik an’anaviy jamiyatlarda ham bo‘lgan. Masalan, Xitoy imperiyasida hukumatning barcha harakatlariga javob beradigan byurokratik ma’muriyat mavjud edi. An’anaviy jamiyatlardagi byurokratiyaning asosiy turlaridan biri armiya edi. Faqatgina hozirgi davrga kelib byurokratiya to‘la rivojlanib, jamiyat hayotining barcha sohalariga tarqaldi. Byurokratik tashkilotlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tabiatini anikdash uchun Veber byurokratiyaning ideal turini yaratadi. (Bu erda “ideal” atamasi byurokratik tashkil otni eng ko‘p orzu qilish emas, “sof shakli” ma’nosini ifodalaydi. Ideal tur bu abstrakt tushunchadir, unda haqikatda mavjud bo‘lgan xususiyat uning tavsiflarini ajratib ko‘rsatish maqsadida biroz bo‘rttiriladi.) Veber ideal turdagi byurokratiyaning ba’zi
xarakterli xususiyatlarini keltiradi:3
1. Aniq bog‘langanlik mavjud bo‘lib, unda tashkilotdagi vazifalar «xizmat majburiyatlari» ko‘rinishida taqsimlanadi. Byurokratiya piramida shaklda bulib, unda yuqori hukumat cho‘qqiga teng bo‘ladi. Piramida cho‘qqisidan quyigacha «boshqaruv zanjiri» mavjud bo‘lib, u muvofiq qarorlarni qabul qilishga imkon yaratadi. Ierarxiyadagi har bir tabaha o‘zidan bir pog‘ona pastdagi tabaqani boshqaradi va nazorat kdladi.
2. Belgilangan qoidalar tashkilotning barcha pog‘onalaridagi mansabdor shaxslarning xulq-atvorini belgilab beradi, lekin bu byurokratik majburiyatlar sodda va oson vazifa, degani emas. Mansab yuqori bo‘lgani sari, unga tegishli qoidalar ko‘proq xislatlarni qamrab olishi kerak, va ular shunchalik murakkablashadi.
3. Mansabdor shaxslar to‘la ish kuni mobaynida bandlar va o‘z mansablariga ko‘ra maosh oladi. Ierarxiyadagi har bir lavozim egasi aniq belgilangan. Tashkilot har bir shaxsdan yuqoriroq mansabni egallashga intilishni kutadi, o‘sish qobiliyati egallab turilgan lavozimga yoki har ikkalasiga asoslanib amalga oshadi.
4. Mansabdor shaxening tashkilot ichidagi majburiyatlari va uning boshqarishdagi hayoti o‘rtasida aniq chegara mavjud. Uning shaxsiy hayoti ish joyidagi faoliyatidan aniq farq qiladi.
5. Tashkilot a’zolarining hech biri o‘zi boshqaradigon moddiy resurslarga egalik kdla olmaydi. Veber fikricha, byurokratiya rivojlangani sari xodimlarning ishlab chiqarish vositalarini nazorat qilishlari kamayadi. An’anaviy jamiyatlarda fermer va hunarmandlar, odatda, ishlab chiqarish jarayonlarini o‘zlari boshqarar, qo‘llaniladigan asbob-uskunalarga
o‘zlari egalik qilar edilar. Byurokratiyada mansabdor shaxslar o‘zlari ishlaydigan xonalarga, o‘tiradigan stollarga va foydalanadigan anjomlariga egalik qilmaydi.
Byurokratiya samaradorligi Veber fikricha, zamonaviy byurokratiya ko‘p sonli insonlar faoliyatini tashkil etishning yuqori samarali usulidir. Buning bir necha sababi bor:
1. Byurokratik qonun-qoidalar tashabbuskorlikni ma’lum darajada cheklashi mumkin. Lekin ular umumiy — barchaga ma’kul mezonlar asosida qaror qabul qilinishini ta’minlaydi
va shaxening qaysarlishga yo‘l qo‘ymaydi.
2. Mansabdor shaxslarni o‘z vazifalarini bajara oladigan mutaxassis qilib etishtirish jarayoni «iste’dodli havaskor»larni chetlashtirib yuboradi va xodimlarning layoqatliligini
ta’minlaydi.
3. Rasmiy mansablarda to‘la bandlik va mansabga yarasha maosh olinishi korrupsiyani bartaraf etmasa-da, ancha cheklaydi. An’anaviy hukumat tizimlari biz bugun «korrupsiya amaliyoti» deb yuritadigan usulga asoslangan edi. Masalan, amaldorlar o‘z boshqaruvidagi aholiga ko‘proq soliq solish va mablag‘ning katta qismini o‘zlashtirib olshp uchun o‘z mansabidan
foydalanar edilar.
4. Tekshiruvlar va boshqa ochiq usullar bilan faoliyatni baholash qarindosh-urug‘chilik, oshna-og‘aynichshxik va boshqa shaxsiy aloqalar yordamida mansab egallanishini to‘la bartaraf
etmasa-da, ancha cheklaydi. Veber, tashkilot ideal turdagi byurokratiyaga qanchalik yaqin bo‘lsa, u o‘z vazifalarini shunchalik yaxshiroq bajaradi, deb hisoblaydi. U byurokratiyani murakkab mexanizm bilan taqqoslar edi. SHunga qaramay, u byurokratiya ortiqcha qog‘ozbozlik keltirib chiqarishini va ijodiy qobiliyatni qo‘llashga kam imkon berishini tan olar edi. Hayotimizdagi byurokratiya injiqliklari va amaldorlar hukmronligi biz byurokratik tashkilotlarning texnik samaradorligi uchun to‘layotgan badal bo‘lib qolmoqda.
Byurokratiyalar ichidagi rasmiy va norasmiy munosabatlar Byurokratiyani tahlil qilishda Veber asosiy e’tiborni tashkilot ichidagi rasmiy munosabatlarga qaratgan. Tashkilot qanchalik byurokratlashgan bo‘lsa, uning vazifalari shunchalik aniq va mufassal bo‘ladi. U barcha tashkilotlar tarkibida mavjud bo‘lgan kichik guruhlar ichidagi norasmiy munosabatlar haqida hech narsa demagan. Byurokratiyalarda faoliyatning norasmiy ko‘rinishlari, ko‘p holda ma’lum moslashuvlikka erishish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Blau o‘zining klassik asarida davlat tashkilotidagi norasmiy munosabatlarni o‘rganib chiqqan4. Bu tashkilot xodimlarining vazifasi soliq to‘lashdagi turli qonunbuzarlik usullarini aniqlashdan iborat edi. Xodimlar qiyinchilik tug‘dirgan muammolarni echishda o‘zlarining bevosita rahbarlari bilan maslahatlashishlari kerak edi. Qoidaga ko‘ra, ular o‘zlari bilan bir pog‘onada turgan hamkasblari bilan maslahatlashishlari mumkin emas edi. Lekin ularning ko‘pchiligi layoqatsiz ko‘rinib qolishdan va natijada, o‘sish imkoniyatlari kamayib ketishidan qo‘rqib, boshliqlarga murojaat etishni xohlamas edi. SHuning uchun, odatda, ular rasmiy qoidani buzib bir-birlari bilan maslahatlashar edilar. Bu nafaqat aniq maslahat olishga yordam berar, balki yakka ishlash bilan bog‘liq xavotirni ham kamaytirar edi. Bir tabaqada ishlovchilar orasida bir-biriga sodiq inoq xodimlar guruhi, boshqacha so‘z bilan aytganda, birlamchi guruh shakllandi. Blau shunday xulosaga keldiki, buning natijasida xodimlar duch kelgan muammolar ancha samarali hal qilinar edi. Guruh ichida rasmiy qoidalarda belgilanganidan ancha ko‘proq tashabbusga va javobgarlikka imkon beradigan norasmiy harakatlar paydo bo‘ldi.
Norasmiy tarmoklar tashkilotning barcha tabaqalarida shakllanishi mumkin. Uning eng yuqori cho‘qqisida qaror qabul qilinishida shaxsiy munosabatlar rasmiy aloqalardan ko‘ra muhimroq rol o‘ynashi mumkin. Masalan, korporatsiyalar siyosatini direktorlar va hissadorlar kengashi belgilaydi, deb hisoblanadi. Aslida esa, qarorlarni kengashning bir necha a’zosi norasmiy ravishda qabul qiladi, kengash esa ularni faqatgina tasdiqlaydi. Bunday norasmiy aloqalar turi korporatsiyalar o‘rtasida ham mavjud. Firmalar rahbarlari, odatda, bir biri bilan ko‘rishib turadilar, bir klubga a’zo bo‘ladilar, bo‘sh vaqglarini birga o‘kazadilar.
Norasmiy aloqalar tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishiga qanchalik yo‘l beradi yoki to‘sqinlik qiladi, degan savolga javob berish oson emas. Veber ta’riflagan ideal turga yaqin tizimlarda norasmiy harakatlarning juda kup usullari yaratilmoqsa. Buning sababi qisman shundaki, qayishqoqlik etishmasligi rasmiy qoidalarni norasmiy talqin qilish orqali bartaraf etilishi mumkin. Zerikarli ish bilan mashg‘ul bo‘lganlarga norasmiy munosabatlar qiziqarliroq ish sharoiti yaratishga yordam beradi. YUqori mansabdor shaxslar o‘rtasidagi norasmiy munosabatlar samarali bo‘lib, tashkilot faoliyatida birdamlikka imkon yaratiladi.

Takrorlash uchun savollar:


Sotsial institut tushunchasi haqida nimalarni bilasiz?


Sotsial institut turlari.
Oila sotsial institut sifatida.
Ta’lim sotsiologiyasi haqida nimalarni bilasiz?



1 A ld row М. Bureuacracy. London, 1970.

Download 29.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling