6-mavzu. VII-XIII asrlarda markaziy osiyodagi etnik jarayonlar: qarluqlar, qipchoqlar va o‘G‘uzlar tarkibidan yangi etnik birliklarning ajralib chiqish jarayonlari reja


Download 24.96 Kb.
Sana26.05.2020
Hajmi24.96 Kb.
#110202
Bog'liq
6-мавзу


6-mavzu. VII-XIII ASRLARDA MARKAZIY OSIYODAGI ETNIK JARAYONLAR: QARLUQLAR, QIPCHOQLAR VA O‘G‘UZLAR TARKIBIDAN YANGI ETNIK BIRLIKLARNING AJRALIB CHIQISH JARAYONLARI
REJA:

  1. VII-XIII asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar.

  2. VII-XIII asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar masalalari manbashunosligi.

  3. Manbalarda qarluqlarning etnik uyushuvi va davlatchiligi masalalarining yoritilishi.

  4. Manbalarda qipchoqlarning etnik uyushuvi va davlatchiligi masalalarining yoritilishi.

  5. Manbalarda o‘g‘uzlarning etnik uyushuvi va davlatchiligi masalalarining yoritilishi.

  6. Umumiy xulosa.

VII-XIII asrlarda Markaziy Osiyodagi etnik jarayonlar masalalari manbashunosligi. Abu Muxammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning “Buxoro tarixi”, At-Tabariyning “Ta'rix ar-rasul va-l-muluk” (“Payg‘ambarlar va podsholar tarixi”), Bal'amiy Abulfazlning “Ta'rixi Tabariy”, Ibn al-Asirning “Al-Kamil fi-t-ta’rix”, Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul-boqiya” (“Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”), “Hindiston”, Ibn al-Faqihning “Kitob axbor ul-buldon” (“Mamlakatlar haqida xabarlar”), Ibn Xurdadbehning “Kitob masolik ul-mamolik” (“Yo‘llar va mamlakatlar haqida kitob”) hamda boshqa manbalarda etnik masalalarning yoritilishi.



Elat, Etnos, etnik birlik tushunchalari. VII-XIII asrlarda Markaziy Osiyo aholisining etnik tarkibi: qarluqlar, o‘g‘uzlar, qipchoqlar, turgashlar, uyg‘urlar, kimaklar, pecheneglar, uzlar, xazarlar. Markaziy Osiyoda etnik va siyosiy vaziyat. Qarluqlar, qipchoqlar va o‘g‘uzlar tarkibidan yangi etnik birliklarning ajralib chiqish jarayonlari. Markaziy Osiyoda etnik, iqtisodiy va madaniy aloqalar. Movarounnahr va Yettisuv aholisi. So‘g‘diylar, xorazmliklar, yag‘molar, chigillar. Yettisuv, Sirdaryo bo‘ylaridan va Sharqiy Turkistonning g‘arbiy viloyatlaridan qabila urug‘larning Movarounnahrga ko‘chishi va bu yerdagi etnik jarayonlarga ta’siri. O‘zbek va tojik xalqlarining shakllanishi.

Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganar ekanmiz, hududdagi aholining etnik tarkibini tashkil qilgan urug‘ va qabilalarning, qabila ittifoqlarining joylashgan o‘rni, ko‘chish jarayonlarini bilish, etno-madaniy jarayonlami e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Ma’lumki, VII - IX asrlarda Markaziy Osiyodagi aholining asosiy ko‘pchiligi turkiy tilli bo‘lgan. Ularning bir qismi o‘troq, qolgan qismi ko‘chmanchilik turmush tarziga ega bo‘lgan. Turkiy etnik toifalar turgashlar, qarluqlar, kimaklar, chigillar, yag‘molar, uyg‘urlar, qipchoqlar, o‘g‘uzlar va boshqalar edi.

VIII - XI asrlar orasida Markaziy Osiyoda sug‘d etnosi turkiylar orasida assimilyatsiyalashdi. Ularning tojik etnosi shakllanishidagi o‘rni ham alohida. Movarounnahrda turg‘un yashovchi aholining katta qismi Turkiston hududida ham yashagan.

Toxariston janubda Afg‘oniston, Hindiston, sharqda Tibet va Sharqiy Turkiston, shimolda Farg‘ona vodiysi, g‘arbda Qashqadaryo vohasi va So‘g‘diyona bilan bevosita etnik, iqtisodiy va madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Shimoliy Toxaristonda IX-X asrlarda Chag‘oniyon, Xuttalon, Axarun, Qobadiyon, Badaxshon, Vaxan, Shikinan, Keren viloyatlari joylashgan. Janubiy Toxaristonda Afg‘onistonning shimoli-sharqiy viloyatlarida, Hindistonning shimoliy hududlarida o‘rta asrlarda turkiy etnoslar yashagan va ular Movarounnahr, Sharqiy Turkiston va Yettisuv aholisi bilan etnik va madaniy aloqada bo‘lib kelgan. Turkiy aholi bilan eroniyzabon aholi asrlar osha birga baqamti yashab kelgan.

IX-X asr oxirlarida Movarounnahrda Somoniylar davlati, Xurosonda Tohiriylar davlati (IX asr), Sharqiy Turkiston va Movarounnahrda Qoraxoniylar davlati (X - XIII asr boshlarida), IX-X asr boshlarida Afg‘oniston va Xurosonda G‘aznaviylar davlati, so‘ng Saljuqiylar davlati hukmronlik qilgan. Bu davlatlaming siyosiy hukmronligi turkiy davlatchilik atrofida turkiy va eroniy tilli etnoslarning erkin munosabatlarini ta’minlashga xizmat qilgan.

Turk hoqonligi yemirilgandan keyingi etnik va siyosiy vaziyat e’tiborga molikdir. G‘arbiy Turk hoqonligi yemirilgach, uning o‘miga Turgash hoqonligi (699-y.) vujudga keladi. 766-yili qarluqlarning zarbasi bilan Turgash hoqonligi tugatiladi. Sharqiy hoqonlik uyg‘urlar tomonidan tor-mor qilinadi. 744-yilda Uyg‘ur hoqonligi vujudga keladi. Bu davlat 840-yillargacha hukm surgan.

Turk hoqonliklari davrida Yevroosiyo kengligida yashovchi bir necha turkiy qabilalar birlashib, yirik qabila ittifoqlari tashkil topadi. Hoqonlik davrida tashkil topgan ayrim etnik uyushmalar (qarluq, o‘g‘uz, uyg‘ur, qipchoq, qirg‘iz va boshqalar) o‘rta asrlar davomida vujudga kelgan bir qancha elatlarning va xalqlarning shakllanishiga asos soladilar.

Turgashlarning asosiy qismi VII asrning ikkinchi yarmilarida Ila daryosi vodiysida, Tangri- tog‘ning shimoliy yon bag‘irlarida joylashgan bo‘lib, dulu qabila ittifoqining tarkibida bo‘lgan.

Turgashlar “qora” va “sariq” turgashlar guruhlariga bo‘lingan. L.N.Gumilyovning fikricha, “sariq” turgashlar Tarbag‘atoyda va Ila vodiysida qadimdan yashab kelgan mukri qabiladan tashkil topgan. “Qora” turgashlar esa - bu yerga kelib o‘mashib qolgan abar etnosidan tashkil topgan.

  1. asr boshida nushibi va dulu qabila ittifoqlari yangi tashkil topgan turgash qabila ittifoqiga tobe bo‘lib, ularning tarkibiga kiradi. Turgashlarga tobe bo‘lishni xohlamagan guruhlar esa Sirdaryoning o‘rta va quyi qismlaridagi cho‘llarga va Movarounnahr hududiga ko‘chib o‘mashadilar. Dulu tarkibidagi ba’zi qabilalar qisman turgash qabilalariga kiradilar, ayrim guruhlar esa g‘arbga ko‘chib, Volga bo‘ylariga borib o‘mashadilar va keyinchalik shu yerda yashovchi bulg‘orlarga qo‘shilishadilar.

Turgashlarga qarshi kurashib kelganlar qarluqlar edi. Qarluqlar uzoq o‘tmishda Oltoyning g‘arbiy mintaqalarida yashaganlar. Turk hoqonligi tashkil topishi bilan (milodiy 552-yil) qarluqlar G‘arbiy Oltoydan chiqib, Irtish daryosi sohillarini, Jung‘oriyani, mo‘g‘ul Oltoyining yon bag‘irlari- dan to Da daryosining shimoligacha bo‘lgan hududni egallaydilar. Ularning katta qismi VI-VII asr­larda Sharqiy Turkistonni, Farg‘onani, Toxaristonning ayrim hududlarini egallaydilar. Qarluqlar­ning ba’zi guruhlari Kashmirga borib o‘mashgan edilar. Qarluqlarning Ila daryosining shimolida qolgan qismi uchta katta qabilaga bo‘linib, bular Xitoy yilnomalarida meulo, chjisi va tashili deb atalgan. Bu qabilalar G‘arbiy va Sharqiy Turk hoqonligining shimoliy chegaralariga tutash hudud- larida joylashgan edilar. 646 yilda Sharqiy Turk hoqoni Oltoy dagi qarluqlar ustidan g‘alaba qozonadi.

G‘arbiy va Sharqiy hoqonliklar bilan kurashlar natijasida qarluqlar ittifoqi bo‘linib, qarluq nomi bilan bir necha etno-hududiy birlashmalar vujudga keladi:

  1. Irtish daryosining quyi oqimlarida, janubiy Oltoyda yashovchi qarluqlar;

  2. Xangay tog‘i etaklarida, Tannu, Oloda hududida yashovchi qarluqlar;

  3. Turfan vohasida, Qoshg‘ar, Xo‘tan, Yorkent shaharlari va atrof tumanlarida yashovchi qarluqlar;

  4. Toxaristonda yashovchi qarluqlar;

  5. Hindistonning shimoliy-g‘arbida va Kashmirda yashovchi qarluqlar;

Bu etno-hududiy qarluq guruhlarining ko‘pchiligi (VI - VIII asrlarda) G‘arbiy va Sharqiy hoqonliklarga qaram bo‘lib kelgan.

Qarluqlar tarkibidagi yirik qabilalardan biri chigil qabilasi bo‘lgan. Ular Yettisuvga kelishdan oldin Irtish bo‘ylarida, Jung‘oriyada yashagan. Chigil qabilasi xitoy manbalarida “chjesi” deb atalgan.

Qarluqlar qabilalaridan yana biri xalach edi. Ularning katta qismi VI - VIII asrlar davomida ko‘chib, Afg‘oniston, Hindistonning shimoliy-g‘arbiy mintaqalariga, Eron hududiga borib o‘rnashgan. Ularning qolgan qismi qarluqlar tarkibida bo‘lib, Ila daryosining shimoliy qismida yashagan. 766-yilda qarluqlar turgashlar ustidan g‘alaba qozonib, Yettisuvni batamom egallagach, ular Chu daryosi vohasidagi Suyob shahrini qarorgoh qilib olishgan. Shu davrdan boshlab qarluqlar Jung‘oriya tog‘laridan Sirdaryogacha bo‘lgan hududga egalik qilgan. Qarluqlarning ayrim guruhlari Sirdaryodan o‘tib, Zarafshon vodiysiga o‘rnashgan.

740-yil uyg‘urlar xoni Moyunchur (Chin manbalarida Peylo) qarluq va basmil qabilalarini birlashtirib, Sharqiy Turk hoqonligiga qattiq zarba berib, bu hududni egallagan edilar. Shu tarzda Uyg‘ur hoqonligi tashkil topgan. Uning sharqiy chegarasi Manchjuriyagacha, g‘arbiy chegarasi esa Jung‘oriyagacha yetgan edi. Kimaklar VIII asr o‘rtalarida Oltoyning g‘arbiy hududlarida, Irtishning o‘rta oqimlarida joylashgan. VIII asrning ikkinchi yarmi IX asrning boshlarida kimaklaming bir qismi shimoliy- g‘arbga, Ural tog‘ oldi hududlariga, ularning ikkinchi yarmi esa janubiy-g‘arbga, Yettisuvning shimoliy-g‘arbiga kelib joylashganlar. Kimaklaming asosiy qismi Irtish daryosining o‘rta oqimlarida yashagan. 840-yil Uyg‘ur hoqonligi yemirilgach, uning ayrim qabilalari (eymur, bayandur, totor) kimaklarga kelib qo‘shiladilar. Shu tariqa Kimak qabila ittifoqi vujudga keladi.

  1. asrning ikkinchi yarmida Kimak hoqonligi tashkil topadi.

Yarim mustaqil qabilalardan biri qipchoqlar bo‘lgan. Ular VIII - IX asrlarda kimaklarga tobe bo‘lgan. X asr o‘rtalarida qipchoqlar mustaqil bo‘lib, X asr oxiri XI asr boshlarida kuchayib, kimaklarni o‘zlariga bo‘ysundiradilar.

Qipchoqlar qadimgi turkiyzabon xalqlardan biri bo‘lib, ular haqidagi dastlabki ma’lumotlar Xitoy yilnomalarida kyushe nomi bilan miloddan avvalgi III - I asrlarda tilga olingan edi. O’sha davrlarda qipchoqlar Oltoy tog‘larining g‘arbiy qismida, Aley (Ob daryosining o‘zanlaridan biri) va Uba (Irtish daryosining o‘ng o‘zani) daryo vodiylarida yashagan. VI - VII asrlarda qipchoqlar Turk hoqonligi tarkibida bo‘lgan. Oltoyda yashagan qipchoqlar VII asr oxiri VIII asrning boshlarida Turk hoqonlariga qaram bo‘lishni xohlamasdan, Irtish daryosining chap sohillariga ko‘chib o‘tadilar.

VI asr oxiri VII asrlarda g‘arbga ko‘chgan qipchoqlar Irtish daryosining so‘l tomonlarida kimaklar bilan qo‘shni bo‘lib, Ishmil va Tobel daryo vodiylarini egallaydilar. Shu davrdan boshlab qipchoq qabila birlashmalari kuchayib, xazarlar bilan ittifoq bo‘lib, Kavkaz hududlariga yurish qiladilar. 722-728-yillarda ular Arran (Ozarbayjon) va Armanistonga, 765-yili esa Gruziya hudud­lariga bostirib borganlar. IX asrda qipchoqlar g‘arbga siljib, Ural daryosining yuqori oqimlarini, Or va II ek (Yoyiqning chap o‘zani) daryo yaqinidagi cho‘llarni egallaydilar. IX-X asrlarda ular Emba va Volga bo‘yidagi hududlami qo‘llariga kiritadilar va bu yerlarda yashovchi pecheneg (bijanak), qang‘li, yuz va boshqa turkiyzabon qabilalar bilan qo‘shni bo‘lib qolgan edilar. Bu qabilalar qipchoqlarga qaram bo‘lib qoladilar. X asr oxiri XI asr boshlarida g‘arbga siljib borayotgan qipchoq guruhi kimaklarga qaramlikdan batamom ozod bo‘ladilar va o‘zlarining yirik qabila ittifoqini tuzadilar.

Orol dengizining shimoli-g‘arbidagi hududlarda, Volga daryosigacha bo‘lgan yerlarda, qipchoqlar kelmasdan oldin bir qancha turkiyzabon qabilalarning eng yiriklari pecheneg, qang‘li va o‘z etnik guruhlari bo‘lib, bular bu yerlarga VIII - IX asrlarda kelib qolganlar.

Pecheneglar VIII - IX asrlarda Yoyiq (Ural) daryosi bilan Volga daryosi oralig‘idagi yerlarda yashaganlar. Ularning ayrimlari Ural daryosidan sharqda to Uil daryosi sohillarigacha, shimolda Ural tog‘i etaklarigacha borgan. Pecheneglaming yaylovlari Volganing yuqori oqimlarida, hozirgi Jiguli tog‘ida ham bo‘lgan. Idrisiy bu tog‘ni pecheneglar tog‘i deb atagan.

Pecheneglardan sharqda o‘zlar yashagan. Ularning asosiy qismi Emba, Uil va Ural daryolarining o‘rta va quyi oqimlarida yashaganlar. O’zlar VI - VIII asrlarda G‘arbiy Turk hoqonligi, VIII asrning birinchi yarmida esa turgashlar tarkibida bo‘lgan. Qarluqlar Yettisuvni bosib olgach, o‘zlarning bir guruhi Orol dengizining shimoli-g‘arbiy mintaqalarida joylashgan. Ularning ikkinchi qismi esa Sirdaryoning o‘rta oqimlarida qolib, o‘g‘uzlar tarkibiga kirgan.

G‘arbiy Turk hoqonligining tanazzulidan keyin tashkil topgan yirik uyushmalaming yana biri O’g‘uz etnosi bo‘lgan. Ular haqidagi dastlabki ma’lumotlar IX-X asrlarga oid arab-fors manbalarida tilga olingan. Shu asrlarda o‘g‘uzlar Sirdaryoning quyi va o‘rta oqimlarida, Orol dengiziga yaqin cho‘llarda, hozirgi Turkmanistonning g‘arbiy mintaqalarida yashaganlar. Istaxriyning ma’lumotlariga ko‘ra, uning davrida (X asr) o‘g‘uzlar Kaspiy dengizining shimoli- sharqidagi cho‘llarda ham yashaganlar. O’g‘uzlar g‘arbda xazarlar, sharqda Volga bo‘yi bulg‘orlari, shimoli-sharqda kimaklar, sharqda qarluqlar bilan qo‘shni bo‘lganlar. Ammo bu ma’lumotlar haqiqatdan ancha yiroq bo‘lsa kerak.

Keyingi tadqiqotlar o‘g‘uzlaming katta qismi IX-X asrlarda Sirdaryoning o‘rta va quyi oqim­larida, Orol dengizining janubiy-sharqiy va shimoli-sharqidagi cho‘llarda joylashganligini isbotlaydi.

O’g‘uzlaming ayrim guruhlari Shosh vohasida (Keles cho‘lida, Ugam va Chotqol tog‘ etak- larida) qarluqlar bilan yonma-yon yashab kelganlar. Musulmon dinini qabul qilgan o‘g‘uzlar o‘troqlashib, vohadagi shahar va qishloqlarda o‘mashib qolganlar.

  1. - IX asrlar davomida Jung‘oriya, Sharqiy Turkiston va Yettisuvda yashovchi qabilalar (qay, sariq, bayot, mukri va boshqalar) Sirdaryo sohillariga ko‘chib kelib o‘g‘uzlarga qo‘shilgan. Shunday qilib, o‘g‘uzlar VIII - IX asrlarda Sirdaryo va Orol dengizi yaqinidagi hududlarda yirik qabila ittifoqini tashkil etadilar. IX asr oxirida bu qabila ittifoqi asosida O’g‘uz davlati vujudga keladi. O’g‘uz yabg‘ularining qarorgohi Yangikent shahri bo‘lgan.

674-yildan boshlab arab qo‘shinlari Movarounnahrga talonchilik yurishini boshlaydilar. Qutayba boshliq arab qo‘shinlari 709-715-yillarda Movarounnahr va unga tutash mintaqalarni, jumladan, Buxoro, Nasaf, Kesh, Samarqand, Shosh, Farg‘ona, Qoshg‘ar va boshqa viloyatlami egallab, Arab xalifaligi hukmronligini o‘rnatadilar.

Turkiyzabon xalqlar qadimdan so‘g‘diylar bilan qo‘shni yashab kelganlar. So‘g‘diylar, asosan Movarounnahrda IX-X asrlarda oz bo‘lsada Sharqiy Turkiston va Xitoy devorigacha bo‘lgan yerlarda, hatto Janubiy Sibirda ham yashashgan. So‘g‘diylaming ayrimlari turkiy xalqlar bilan ko‘p yillar yonma-yon yashab, ular bilan aralashib, o‘z tillarini unutib, turkiy tilda so‘zlashganlar.

Ma’lumki, VIII-IX asrlarda Movarounnahr va Xurosonda islom dini qaror topgan. IX-X asrlarda islom dini Yettisuv, Sharqiy Turkiston, Sirdaryo sohillari, Isfijob viloyati, Talas daryo- sining shimoliy havzasi, Chu vodiysiga ham kirib borgan. Bu hududda yashovchi qarluq, xalach, chigil, arg‘u va boshqa qabilalar islom diniga o‘ta boshladilar. Chu vodiysida qarluq shaharlari - Marki va Qulonda X asrda masjid ham bo‘lgan. Shu bilan birga qarluq davlati tarkibida yashovchi aholi orasida moniy, budda, nasroniylik diniga e’tiqod qiluvchilar ham bo‘lgan.

  1. asr boshlarida Movarounnahr Qoraxoniylar tomonidan bosib olingan. Yettisuv, Isfijob, Qoshg‘ar va Movarounnahr Qoraxoniylar hududlari bo‘lib qoldi. Shundan so‘ng etnik iqtisodiy va madaniy jarayon rivojlana boshladi. XI asrning birinchi choragidan Movarounnahrning etnik va madaniy hayotida o‘zgarishlar yuz beradi.

Yettisuv, Sirdaryo bo‘ylaridan va Sharqiy Turkistonning g‘arbiy viloyatlaridan qabila urug‘lar- ning Movarounnahrga ko‘chishi kuzatiladi. Bular qarluq, chigil, xalach, qisman arg‘u, tuxsi, qang‘li va boshqalar edi. Shunday qilib, XI asrning birinchi yarimlarida bu o‘lkalaming etnik tarkibi bir muncha o‘zgaradi; mahalliy tub turkiy aholi tarkibiga yangi turkiy etnik guruhlar kelib qo‘shiladi. O’z yurtlarida qolib ketgan qabilalar esa o‘sha yurtlardagi siyosiy va etnik uyushmalar tarkibiga kirib qoladi.

Movarounnahr hududida kirib kelgan turkiy qabilalarda XI asrda etnik jarayonlar bir necha yo‘nalishlarda yuz beradi:

  1. XI asrning birinchi yarmida va undan keyin Movarounnahrga kelib qolgan, hali o‘troqlashib ulgurmagan etnik guruhlar bir-birlari bilan yaqinlashib borganlar. Natijada ayrim etnik guruhlar o‘z qabilasidan chiqib, boshqa qabilalarga qo‘shiladilar.

  2. Chorvador qabilalar turkiyzabon aholi bilan yaqinlasha boshlaydi. O’troq aholi bilan aralashib qolgan etnik guruhlar, uzoq vaqtlargacha ularning tarkibida o‘z etnik nomlarini saqlab qolganlar. Ba’zilari esa o‘z etnik nomlarini unutib, o‘sha yerdagi aholi bilan qorishib, o‘zlarini shu mintaqadagi xalq deb hisoblaganlar.

  3. Turkiy tilli aholi Movarounnahrda yashovchi tojik va arab tilli xalqlar bilan yaqinlashib, aralashib ketadi. Qaysi xalq ko‘p bo‘lsa, ularning etnik ta’siri shuncha sezila boshlaydi.

Masalan: arablaming XI - XII asrlarda an’anaviy tartiblaii buzilib, o‘zbeklar va tojiklar bilan aralashib ketadilar.

Endi bevosita e’tiborimizni Markaziy Osiyoda yashagan turkiyzabon xalqlarning etnik shakllanishiga qaratsak.

O’zbek elatining alohida etnik birlik bo‘lib shakllanish jarayoni Markaziy Osiyodagi boshqa turkiyzabon xalqlardan farq qiladi.

Xakaslarning an’anaviy xo‘jalik faoliyati yarim ko‘chmanchi chorvachilikdir. Otlar, yirik shoxli hayvonlar va qo‘ylar xakaslar chorvalarining asosiy qismini tashkil qilgan. Xakaslar xo‘jalik faoliyatlarida ov alohida o‘rin egallagan. XIX asrning so‘ngiga kelib, dehqonchilik xo‘jalikning asosiy sohasiga aylandi.

Xakaslar jamoaviy diniy marosimlarga katta ahamiyat berishgan. Ular osmonga, tog‘larga, suvga va muqaddas daraxt - qayinga sig‘inishgan. Diniy marosimlarni o‘tkazish paytida qora boshli oq qo‘ylarni qurbonlikka keltirishgan. Ayollar, shamanlar va bolalar bu marosimga qo‘shilishmagan.

Ma’lumki, o‘zbek elatining shakllanish jarayoni uch davrdan iborat. Biz ko‘rib o‘tayotgan davrda, ya’ni IX - XII asrlarda o‘zbek elatining tarkibiga yarim ko‘chmanchi va yarim o‘troq etnik komponentlar ko‘proq kirib kela boshlaydi. Bu davrda elat bo‘lib shakllangan o‘zbek ajdodlarining umumiy nomi (etnonimi) turk bo‘lib, ularda o‘zligini anglash hissiyoti kuchli bo‘lgan. O’zbek elati qo‘shni elat va qabilalar bilan yaqin bo‘lgan tilda so‘zlashgan bo‘lsa ham, madaniyati, til lahjasi, urf-odatlari, doimiy e’tiqodlari va boshqa xususiyatlari bilan ulardan farq qilgan.

  1. - X asrlarda o‘zbek ajdodlari elat bo‘lib shakllanayotgan davrlarda unda ishtirok etgan etnoslaming aksariyati Talas va Chu daryosi havzasida, Sirdaryo sohillarida, Toshkent vohasida, Sharqiy Turkistonning g‘arbiy qismida, Farg‘onaning shimoliy hududida, Movarounnahrda yashaganlar. O’zbek elatining asosiy o‘zagi ana shu hududda shakllangan. Bular qarluq davlati hududida yashagan arg‘u, tuxsi, bijanak, qipchoq, turgash qabilalarining bir qismi o‘zbek elatining shakllanishi da qatnashgan.

Markaziy Osiyoda ikki til vakillari - turk va fors-tojik xalqlari yashab kelgan. IX - X asrlarda tashkil topgan Qarluqlar va Somoniylar davlati tarkibida ham shu xalqlar yashagan. O’zbek va tojik ajdodlari Somoniylar va Qarluqlar davlati hududida elat bo‘lib shakllangan.

Shuning uchun o‘zbek va tojik xalqlarining madaniyati, turmush tarzi, urf-odatlari umumiy bo‘lgan.

IX-X asrlarda Markaziy Osiyo hududlarining etnik tarkibi bir tekisda bo‘lmagan. Markaziy Osiyodagi Farg‘ona, Ustrushona, Shosh, So‘g‘d, Toxariston, Xorazm viloyatlari aholisi qadimdan turg‘un yashab, dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelgan. Ular toxarik, xvarazmik, chochinak, sg‘udik kabi nomlar bilan atalgan. Mo‘g‘uliston, Oltoy, Dashti Qipchoq, Sharqiy Turkiston, Yettisuv, Sirdaryo o‘rta va quyi oqimlarida, Turkmaniston cho‘llarida yashagan etnoslar asosan chorvador xalq bo‘lib, ko‘chmanchilik turmush tarziga ega bo‘lgan. Bular hammasi turkiyzabon xalqlar bo‘lishgan.

Shimoli-g‘arbiy Mo‘g‘ulistonda naymanlar, kereitlar va boshqa qabilalar yashagan. Naymanlarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi taxminlarga ko‘ra, ular Yuqori Irtish va Orxon daryolari oralig‘ida yashagan “segiz-o‘g‘uz”laming o‘zidir. XII asrda kereitlar shimolda Selengining yuqori oqimidan janubda Xuanxegacha, g‘arbda Xangay tog‘laridan sharqda Buin- Nor va Xalxin-Golgacha bo‘lgan hududlarda chorvachilik bilan shug‘ullangan. XIII asr boshlarida Mo‘g‘ullar ta’qibi ostida naymanlar va kereitlar sharqiy va janubi-sharqiy Qozog‘iston hududlariga kirib keladilar va bu yerda uzoq vaqtlargacha siyosiy gegemonlikni qo‘llarida saqlab turadilar.
Download 24.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling