13-§. Qarluqlar, O‘G‘uzlar, tohiriylar tayanch tushunchalar: qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar, davlat boshqaruvi
Download 42.53 Kb.
|
13-§. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, TOHIRIYLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarluqlar davlati
- Suyob
- IX asr oxiri va X asr boshi da O‘g‘uzlar davlati
13-§. QARLUQLAR, O‘G‘UZLAR, TOHIRIYLAR Tayanch tushunchalar: qarluqlar, o‘g‘uzlar, tohiriylar, davlat boshqaruvi. Xalifalikning zaiflashuvi. VIII asr oxiri – IX asr boshla rida Arab xalifaligi og‘ir siyosiy tanglikka uchradi. Bo‘ysun dirilgan xalqlarni itoatda tutib turish arablar uchun tobora qiyin bo‘lib qoldi. Movarounnahr va Xuroson aholisining tez-tez qo‘zg‘olon ko‘tarib turishi, uzluksiz davom etgan o‘zaro urush va ichki ziddiyatlar Arab xalifaligi hokimiyatini zaiflashtirdi. Bu esa mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Movarounnahrning shimoliy va shimoli sharqiy hududlaridagi hali xalifalikka bo‘ysundirilmagan chegaradosh yerlarda bir nechta davlatlar tashkil topdi. Ulardan biri Qarluqlar davlatidir. Qarluqlar davlati. Qadimda Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan qarluqlar qadimiy turkiy qabilalardan hisoblangan. VI–VII asrlarda ular Turk xo qon ligi tarkibiga kirgan. VIII asr o‘rtalarida Yettisuv o‘lkasida Qar luqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlar davlati hukmdori “yabg‘u” yoki “jabg‘u” deb yuritilgan. X asr o‘rtalariga borganda qarluqlarning kattagina qismi musul mon bo‘lgan. Bu davrda bir nechta shaharlarda jome masjidlar bino qilingan. Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha, chigil qabilasi yaylovlarigacha; g‘arbdan o‘g‘uz yurti va Farg‘ona vodiysi; janubda esa yag‘molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. Bu diyorda poytaxtdan tashqari Jo‘l, Navkat, Karmankat, yor kabi shaharlar va qator qishloqlar qad ko‘targan. Aholi qo‘ychilik, tog‘ jilg‘alari bo‘ylarida esa dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Sharqiy Turkiston va Movarounnahr bilan savdo-sotiq olib borilgan. Chetga asosan jun va junli mahsulotlar: gilam, sholcha, namat kabilar olib chiqilgan. X asrda qarluqlar Movarounnahrning shimoliy hududlarini egallagach, Shosh atrofi va Farg‘ona hamda Zarafshon vo diylariga kelib o‘rnashganlar. Keyinchalik o‘troq tarzda yashaydigan mahalliy aholiga singib ketganlar. Qarluqlar – turkiy qabilalardan biri. Dastlab Oltoyning g‘arbida, so‘ngra Irtish daryosining o‘rta oqimida yashagan VIII asr o‘rtalarida Qarluqlar davlati yettisuv o‘lka sida tashkil topdi. Poytaxti Suyob shahri bo‘lgan O‘g‘uzlar. Turk xoqonligi hukmronligi davrida o‘g‘uzlar uning tarkibida bo‘lgan. Turk xoqonligi yemirilgach, o‘g‘uzlarning kat tagina qismi Sirdaryo havzasi hamda Orol dengizi bo‘yida muqim o‘rnashib olganlar. Ular IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlatiga asos soladilar. Sirdaryo quyi oqimi bo‘yidagi yangikent shahri O‘g‘uzlar davlatining poytaxti bo‘lgan. X asrdan boshlab o‘g‘uzlar Islom dinini qabul qiladilar. O‘g‘uzlar – O‘rta Osiyoda yashagan turkiy qabila. IX asr oxiri va X asr boshida O‘g‘uzlar davlati Sirdaryo hav zasi hamda Orol dengizi bo‘yida tashkil topdi. Poytaxti yangikent shahri bo‘lgan Download 42.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling