6-mavzu. Yalpi ichki mahsulot statistikasi


Download 65.93 Kb.
bet1/8
Sana23.06.2023
Hajmi65.93 Kb.
#1651185
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
16 мавзу.Ялпи ички маҳсулот статистикаси


16-MAVZU. YALPI ICHKI MAHSULOT STATISTIKASI
REJA:
16.1.YAlpi ichki mahsulot tushinchasi va asosiy xususiyatlari
16.2 YAlpi ichki mahsulotni hisoblash usullari
16.3 YAlpi ichki maxsulot xajmini o’zgarmas baxolarda xisoblash usullari


Tayanch so`zlar: Makroiqtisodiyot, xalq xo’jaligi ,yalpi ichki maxsulot, iqtisodiy faoliyat, tovarlar va xizmatlar, iqtisodiy sektorlar, ishlab chiqarish, taqsimlash, foydalanish,qo`shilgan qiymat, zaruriy maxsulot, iqtisodiy xudud,milli hisoblar, iste’mol.
16.1.YAlpi ichki mahsulot tushinchasi va asosiy xususiyatlari
Makroiqtisodiyotda turli maksadlarga yo’naltirilgap ko’plab kursatkichlardan farqlaniladi. (YAlpi milliy maxsulot, yalpi ichki maxsulot, milliy daromad va boshqalar). Ular orasida eng asosiysi bo’lib, yalpi ichki maxsulot (YAIM) ko’rsatkichi xisoblanadi.
YAIM - bu xalq xo’jaligi bo’yicha iqtisodiy faoliyatni yakuniy ko’rsatkichlarini ifodalovchi umumiy ko’rsatkichdir. U asosan bir-biri bilan mustaxkam bog’langan iqtisodiy jarayon oqimlarini: moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish, daromadlarni taqsimlash, moddiy ne’mat va xizmatlardan pirovard foydalanishni o’rganishda keng qo’llaniladi.
YAIM - bu barcha xo’jalik birliklari bo’yicha: moddiy ishlab chiqarish soxasidan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni, xizmat ko’rsatish soxasini, shuningdek axolini shaxsiy yordamchi xo’jaliklarini, yakka tartibdagi mexnat faoliyatini iqtisodiy natijalarini o’z ichiga oladi. Iqtisodiy faoliyat natijalarida yaratilgan moddiy ne’matlar va krsatilgan xizmatlar kiradi.
YAIMni xisoblashda 3 xil usuldan foydalanamiz (ishlab chiqarish, taksimot va yakuniy iste’mol). (Bular to’g’risida 2-ma’ruzada batafsil to’xtalib o’tamiz).
YAIM - YAMMning bir qismi bo’lib xisoblanadi va ularning (farqi shundan iboratki, YAMM shu mamlakat korxonalarining qaysi davlat xududida joylashganligiga qaramasdan iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalaydi.
YAIM esa ushbu mamlakat xududidagi xo’jalik birliklari tomonidan moddiy birliklar ishlab chiqarish va xizmatlarni ko’ratishni aks ettiradi.
YAIM - bu yil davomida mamlakatda yaratilgan pirovard maxsulotlarning qiymatini ifodalaydi. (5-jadvalga qarang) MXT ning umumpy xisoblarida YAIMni takror ishlab chiqarishni xar xil aspektlari: uni ishlab chiqarish, tashkil topishi, taqsimlash va jamg’arish xamda boshqa qator maqsadlari aks ettiriladi.
YAIMda o’zaro bog’langan va bir-birini taqazo etadigan tovarlar va xizmatlar, daromadlar oqimi takror ishlab chiqarish jarayonida bosqichma - bosqichi fodalab boriladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarini sanoat asosida tashkil etish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha 2000 – 2010 yillarda qabul qilingan chora-tadbirlar mamla-katimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft va gaz-kimyo, temir yo’l mashinasozligi kabi yangi tarmoqlarining yaratili-shi 2010 yilga kelib sanoat mahsulotlari umumiy hajmining o’sishi hamda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 24 foizga yeti-shini ta’minladi.
Ishlab chiqarish hajmining 2000 – 2010 yillardagi bar-qaror o’sishi tufayli qishloq xo’jaligining mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 30,1 foizdan 17,5 foizga tush-di. Ushbu ko’rsatkich bo’yicha milliy iqtisodiyotimiz qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi YAIM tarkibida 10 foizdan osh-maydigan, dunyoning jadal rivojlanayotgan davlatlariga yaqin-lashib bormoqda.
Iqtisodiyotimizda yuz berayotgan sifat o’zgarishlarining yana bir muhim jihati – xizmat ko’rsatish sohasining jadal rivojlanishidir.
Mustaqillik yillarida xizmatlar tarkibida bizning iqtisodiyotimiz uchun deyarli yangi bo’lgan zamonaviy bank tizi-mi, audit, sug’urta, lizing, konsalting, mobil va videotelefon xizmatlari, internet kabi xizmat ko’rsatish sohalari paydo bo’ldi. Agar xizmatlar ulushi 1990 yili yalpi ichki mahsulotda 33,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2000 yilda 37 foiz, 2010 yilga kelib esa 49 foizga yetdi.

Download 65.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling