6-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu: Tekis va notekis harakat haqida tushuncha. Tezlik va uning birliklari


Download 0.63 Mb.
Sana28.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1730933
Bog'liq
6-sinf Fizika fanidan Tekis va notekis harakat haqida tushuncha dars taqdimoti


6-sinf fizika darsligi asosida 20-mavzu:
Tekis va notekis harakat haqida tushuncha. Tezlik va uning birliklari
Qadimda ota-bobolarimiz bir mamlakatdan ikkinchisiga yoki bir shahardan ikkinchisiga ot yoki tuyalarda qatnaganlar.
Bunda manzilga yetish uchun haftalab, hatto oylab yo‘l yurganlar.
Hozirgi kunda esa dunyoning istalgan burchagiga bir kunda yetib borish mumkin.
Negaki insonni bir manzildan ikkinchi manzilga eltuvchi vositalar tezroq harakatlanadigan bo‘lgan.
Demak, jismlar bir-biriga nisbatan ayrimlari tezroq, ayrimlari sekinroq harakatlanar ekan.
Uni ifodalash uchun tezlik deb ataluvchi fizik kattalik kiritiladi.
Tezlik deb vaqt birligi ichida bosib o‘tilgan yo‘lga aytiladi.
Tezlikning inglizcha nomi velocite ning bosh harfi v bilan belgilanadi.
v – tezlik, s – bosib o‘tilgan yo‘l, t – yo‘lni o‘tish uchun ketgan vaqt.
Agar biror jism harakati davomida bir xil tezlik bilan harakatlansa yoki istalgan teng vaqtlar ichida teng masofalarni bosib o‘tsa, bunday harakatga tekis harakat deyiladi.
Bunga misol sifatida havoda tarqalayotgan tovushni, radioto‘lqinlarni olish mumkin.
Soat strelkalarining uchi tekis harakat qiladi.
Avtomobillar qisqa vaqt davomida tekis harakat qilishi mumkin.
Kundalik turmushda harakatlanayotgan jismlarni kuzatsak, ularning notekis harakat qilishlarini ko‘ramiz.
Masalan, bekatdan chiqib harakatlanayotgan avtobus o‘z tezligini oshirib boradi.
Bekatga yaqinlashayotganda esa tezligini kamaytirib to‘xtaydi.
Tezligi harakat trayektoriyasining turli qismida turlicha bo‘lgan harakat notekis harakat deyiladi.
Bunday hollarda o‘rtacha tezlik tushunchasidan foydalaniladi.
O‘rtacha tezlik deb, jism bosib o‘tgan butun yo‘lni shu yo‘lni bosib o‘tish uchun sarflangan butun vaqtga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka aytiladi.
Amaliy topshiriq
Uyingizdan maktabgacha bo‘lgan masofani o‘lchashda, soatga qarab qancha vaqt ketganligiga e’tibor bering.
Masofa va uni bosib o‘tish uchun ketgan vaqtdan foydalanib, o‘rtacha tezligingizni toping.
Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling