6 sinf ona tili III chorak test I variant Qo’shma otlar qatorini aniqlang


Download 16.81 Kb.
Sana09.01.2022
Hajmi16.81 Kb.
#258754
Bog'liq
6 sinf ona tili III chorak test I variant


6 sinf ona tili III chorak test I variant
1. Qo’shma otlar qatorini aniqlang.
A) qo’ziqorin, achchiqtosh, uchburchak B) tustovuq, ishyoqmas, qo’lqop C) beshiktervatar, dori-darmon, belbog’ D) o’g’il-qiz, non-pon, aka-uka
2. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) Uchqo’rg’on, qo’larra, Qorqiz B) Kaspiy bo’yi, qor bo’ron, Besh ariq C) Oqqo’rg’on, Zirabuloq, beshiktebratar D) Cho’lponota, Qo’rg’ontepa, Ellikqal’a 3. Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin-joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar... A) shaxs otlari B) faoliyat-jarayon otlari C) turdosh otlar D) atoqli otlar 4. Mavhum otlar berilgan qatorni aniqlang. A) baxt, pari, yalqovlik, bino B) farishta, hayo, orzu, hasad C) dev, xayol, aql, qalam D) o’rik, o’t, o’y, go’zallik 5. Shaxslarni mansab-unvoniga ko’ra nomlab kelgan ot qaysi gapda mavjud?
A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek! B) Dehqonchilik sirini professorlar o’rgatgan emas bizga. C) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. D) Shavkat eng oldin enasi bilan quchoqlashib, xayr-xo’shlashdi.
6. Shaxsni nasl-nasabiga ko’ra nomlab kelgan ot qatnashgan gapni ko’rsating.
A) Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o’g’li Otabek! B) Dehqonchilik sirini professorlar o’rgatgan emas bizga. C) Bahor oxirlab qolayotgan kunlarda shahzoda Abusaid qirq yigiti bilan ovga chiqdi. D) A va C 7. Shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni belgilang.
A) -chi, -soz, -kor, -xon B) boz, -vchi, -gi, -k C) -lik, -chilik, -gich, -q D) -zor, -soz, -chi, -goh
8. O’rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo’shilib, shaxsning shu hududga mansubligini bildiruvchi shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni aniqlang. A) -chilik, -lik B) -lik C) -vchi, -chi D) -iston, -goh
9. O’zakka qo’shilganda tovush o’zgarishi yuz beradigan shaxs oti yasovchi qo’shimchalarni aniqlang. A) -kor, -soz B) -vchi, -q C) -chi, -soz D) -dosh, -boz
10. Shaxs otlari ishtirok etgan gapni aniqlang. A) Mashinada kichkina sovutgich ham bor edi B) Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi. C) Aravakash mo’mingina, muloyim, kamgap kishi. D) B, C
11. Egalik, kelishik, va ko`plik qo`shimchalarni olib, gapda ular bajaradigan gap bo`laklari vazifasida keluvchi fe`l shaklini aniqlang. A. Sifatdosh B. harakat nomi C. Ravishdosh D. Sof fe’l 12.Nisbiy sifatlar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A. Aqlli, qishki, go‘zal B. Beor, ton gi, yuzaki C. Qora, devsifat, shirin D. Derazali, devoriy, ko‘chma
13. Ozaytirma darajadagi sifat nimani ifodalaydi? A. Belgining me'yorda ekanligini ifodalaydi B. Belgining me'yordan ortiq ekanligini ifodalayd C. Belgining me'yordan biroz kam ekanligini qiyosan ifodalaydi D. Belgining me'yordan kam ekanligini ifodalaydi 14. Xususiyat bildirurchi sifatlar berilgan qatorni aniqlang. A. Shirin, qizil, katta B. Odobli, uzim, xursand C. Quvnoq, kamtar, notanish D. Kechki, keng, qadimgi
15. Qo‘shma sifatlar qatorini aniqlang. A. Oppoq, kulrang, yengil-yelpi B. Yum-yumaloq, ko‘zoynak, erksevar C. Sheryurak, umumbashariy, hayotbaxsh D. Mehmondo‘st, turli-tuman, Mehnatsevar 16. Qaysi qatordagi juft sifatlar noto‘g‘ri yozilgan? A- Katta-kichik, qing‘ir-qiyshiq B. G‘ir-g‘ir, mayda-chuyda C. Qora-qura, baland- upast D. Yoshu-qari, yaxshi-yu yomon 17. Nutqiy faoliyat fe’llari qaysi qatordagi gapda qo`llangan? A. Bola qiyqirib kular edi B. men ular bilan to`rt marta gaplashdim C. Onaning ko`zlari ohista yumildi D. Chegarachilar doimo sergak bo`lmog`i zarur 18. Narsa oti yasovchi qo’shimchalarni aniqlang. A) -chi, -soz, -kor, -xon B) -zor, -loq, -iston, -goh C) -gich, -gi, -k, -q D) -(i)ndi, -ma, -don, -shunos
19. Samig’ aka elliklardan oshgan, tarvuzdek yum-yumaloq, hazilkash, shirinso’z odam. Mazkur gapda nechta qo’shma sifat mavjud? A) 3 ta B) 1 ta C) 2 ta D) 4 ta
20.Otlarning erkalash shakllari berilgan qatorni toping. A) -gina, -xon, -oy B) -cha, -choq, -chak C) -jon, -xon, -oy D) A va C

Download 16.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling