6 tarix 1-5 mavzular
Download 41 Kb.
|
6 tarix 1 bob yangi darlik asosida
6 tarix 1-5 mavzular 1. Quyidagilardan Teshiktosh (Surxon vohasi) g`ori bilan bog`liq to`g`ri ma`lumotlarni aniqlang. 1) So`nggi paleolit davriga oid hisoblanib, eng qadimgi rasmlar topilgan; 2) O`rta paleolit davriga oid hisoblanadi; 3) Ushbu qadimiy g`or Toshkent hududidan topib o`rganilgan; 4) Ushbu g`or Bo`ysun tog`larida joylashgan bo`lib, qoplon va kiyik suyak qoldiqlari topilgan; 5) 8-9-yashar kromonyon bola suyak qoldiqlari o`rganilgan; 6) Ushbu g`ordan topib tekshirilgan neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir A) 1,3,4,6 B) 2,4,6 C) 1,3,5 D) 2,3,4 2. Quyidagilarni tahlil qilib, nuqtalar o`rniga mos mantiqan keluvchi javobni toping. 1) Altamir – Ispaniya 2) Obishir – Farg`ona 3) Boshqirdiston - . . . ; 4) Qo`shilish - . . . ; A)Rossiya, Surxondaryo B) Ispaniya, Toshkent C) Germaniya, Xorazm D) Rossiya, Toshkent 3. Berilgan voqealardan qaysi biri boshqalariga nisbatan oldinroq yuz bergan? A) Buyuk Muzlik davri boshlandi B) Odamlar ishlab chiqaruvchi xo`jalikka o`ta boshlashdi C) Insoniyat o`z rivojida yana bir pog`onaga yuksaldi D) O`rta Osiyoning janubida sun`iy sug`orishga asoslangan dehqonchilik vujudga keldi 4. Quyidagilardan qaysi biri Bronza davri manzilgohi hisoblanmaydi? A) Zamonbobo B) Zarautsoy C) Sopollitepa D) Jarqo`ton 5. Quyidagi keltirilgan ma`lumotlar (voqealar)……ga aloqador? - Sun`iy sug`orish tizimiga o`tilishi, - Misdan ishlangan mehnat qurollarining kashf etilishi, - Ko`p xonali uylar qurila boshlanishi. - Ilk shahar va davlatlarning vujudga kelishi A) Bronza davri B) Neolit davri C) Eneolit davri D) Mezolit davri 6. Quyidagilardan Bronza davriga oid Jarqo`ton manzilgohi haqida keltirilgan ma`lumotlardan nomuvofiqini belgilang. 1) Surxondaryo vohasining Muzrabot tumanidan topilgan bo`lib, mil.avv. 3-ming yillik oxirlari – 2-ming yillikka oid; 2) Bronza davriga oid shahar ko`rishiga ega qal`a bo`lib, uning ichi va atrofida jamoa a`zolari bo`lmish hunarmand va dehqonlarning uylari joylashgan; 3) Olov va suvga sig`inish e`tiqodi bilan bog`liq ibodatxona qoldiqlari topilgan; 4) Zarafshon daryosi havzasidan topib, o`rganilgan; 5) Ushbu manzilgohda dastlabki odamlar uzuklar yasay boshlagan; 6) Taxminan 4 ming yil oldin odamlar u yerda manzilgohlar qurishgan. A) 1,4,5 B) 2,3,6 C) 1,3,5 D) 2,4,6 7. Temir asrida O`rta Osiyo jamiyatining asosini qaysi ijtimoiy tuzum tashkil qilgan? A) Qabila B) Ibtidoiy to`da C) Katta patriarxal oila D) Qabila ittifoqi 8. Odamlar qaysi davrda g`ildirakni kashf etadilar? A) Bronza B) Neolit C) Mezolit D) Eneolit 9. Quyidagi keltirilganlardan qaysilarda davr – voqea - asri mos ravishda berilgan? 1) Eneolit – sun`iy sug`orish tizimi – mil.avv 4-3-ming yillik boshlari 2) Mezolit – Ibtidoiy ziroatchilik va chorvachilik bilan shug`ullana boshlandi – mil.avv. 12-7-ming yillik 3) Neolit – tolalardan toqima tayyorlana boshlandi – mi.avv. 6-4-ming yillik 4) So`ggi paleolit – boshpana qurish – mil.avv. 100-40-ming yillik 5) Eneolit – xom g`ishtdan ko`p xonali uylar – mi.avv. 4-3-ming yillik o`rtalari A) 1,2,3,5 B) 2,3,4 C) 2,3,5 D) 1,3,4 10. Sanab o`tilgan ixtirolar(tarixiy obida, voqea)ni kashf etilish davriga ko`ra, to`g`ri xronologik ketma- ketlikda ko`rsatilgan javobni toping. 1) Uzuklar; 2)Ilon tasviri tushirilgan tosh tumor; 3) Tosh gurzi; 4)Qo`shilish; 5)Teshiktosh; 6) Doimiy turar joylar qurilishi A) 5,1,4,6,2,3 B) 5,1,4,2,6,3 C) 4,5,1,6,2,3 C) 1,2,3,4,5,6 11. «Animizm» atamasining izohi qaysi javobda to`g`ri berilgan? A) Odamlar guruhi jamoasining biror hayvon yoki o`simlik turi bilan qarindoshlik aloqasiga ishonish B) Odamni o`rab turgan muhitdagi har bir narsaning joni va ruhi borligiga ishonish C) Qadimgi odamlarning u yoki bu buyumlar omad keltirishiga yoxud balo-qazoni daf qilishiga ishonish D) Sehrgarlik, jodu yo`li bilan atorf-muhitga ta`sir o`tkazish 12. Quyidagi ma`lumotlar qaysi tosh davri haqida ekanligini aniqlang. “Ushbu davrda ko`plab voqealar ro`y berdi. Bu davrda toshga ishlov berish texnikasi va mehnat qurollari yasash usullari o`zgardi. Odamning aqliy qobiliyati va tashqi qiyofasi ham o`zgarib bordi. Insoniyat o`z rivojida yana bir pog`onaga yuksaldi. Odamlar qarindoshlardan tarkib topgan ixcham guruhlar – urug` jamoalariga birlashdi.” A) O`rta tosh davri B) Yangi tosh davri C) So`nggi qadimgi tosh davri D) Ilk qadimgi tosh davri 13. O`zlashtiruvchi xo`jalikka kiruvchi sohalar berilgan javobni aniqlang. A) Dehqonchilik B) Baliqchilik C) Hunarmandchilik D) Chorvachilik 14. Odamlar toshga ishlov berishni oldin ma`lum bo`lmagan usullari – silliqlash va parmalashni amalda qo`llay boshlagan davr ixtirolari to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang. A) Uzuklar B) Hayvon terisidan kiyim-kechak tayyorlash C) Ilk naqshlar – yaproq va gullar bilan sopollarni bezash D) tolalar va jundan kiyim-kechak tayyorlash 15. Quyidagi bandlar mazmuniga oid yakuniy hukmni aniqlang. I. Odamlar misdan foydalanishni o`rganib olishlari bilan neolit davri oxiriga yetdi. II. Mezolit davri boshlarida odamlar hayvonlarni qo`lga o`rgata boshladilar . III. Dastlabki qoya tasvirlarini arxeologning qizalog`i kashf qilgan. A) I – to`gri, II – to`g`ri, III – noto`g`ri B) I – to`gri, II – noto`g`ri, III – noto`g`ri C) I – to`gri, II – noto`g`ri, III – to`g`ri D) I – noto`gri, II – to`g`ri, III – noto`g`ri 16. Butun Jahon bo`yicha qoyatosh rasmlari (a), yurtimizdan qoyatosh rasmlari (b) topilgan g`orlarga oid davrlarni to`g`ri moslashtiring? A) Mezolit-a, So`nggi paleolit-b B)So`nggi paleolit-a, Mezolit-b. C)Neolit-a, Bronza-b D)Bronza-a, Neolit-b. 17. Quyidagi tarixiy jarayonlarning qaysilari davrlarga bo'lganda ma’lum bir davrning so'nggi bosqichlarida yuz bergan? 1) o'q yoyning kashf etilishi; 2) turar joylar qurishning boshlanishi; 3) hayvonlarni qo'lga o'rgatishning boshlanishi; 4) misdan foydalanishning boshlanishi; 5) ancha takomillashgan mehnat qurollarining vujudga kelishi; 6) xom g'ishtdan ko'p xonali uylarning qurilishi; 7) kulolchilik va to'quvchilikning kashf etilishi. A) 2, 3, 6 B) 1, 5, 7 C) 3, 4 D) faqat 4 18. O`rta tosh davri qaysi yillarni o`z ichiga oladi? A)100-40 ming yillik B)1 mln-100 ming yillik C)12-7 ming yillik D)40-12 ming yillik 19. “Qadimgi odamlarning suyak qoldiqlarini tekshirib, ularning tashqi qiyofasini tiklaydilar va rivojlanishini o`rganadilar......” ushbu ta`rifga mos keladigan atamani aniqlang? A)Arxeologlar B)Lingvistlar C)Etnograflar D)Antropologlar 20. Surxon vohasida o`rta paleolit, bronza davrining madaniy yodgorliklari mavjud. A) To`g`ri B) Noto`g`ri Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling