60. Konvergent tarmoqlari. Konvergent tarmoqqa ta’rif berishdan oldin «konvergentsiya»


Download 71.08 Kb.
bet1/8
Sana04.02.2023
Hajmi71.08 Kb.
#1162631
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KT yakuniy 60-70 gacha


60. KONVERGENT TARMOQLARI.
Konvergent tarmoqqa ta’rif berishdan oldin «konvergentsiya» atamasiga izoh berish lozim. Konvergentsiya — atamasi ingliz tilidagi «convergence» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, «bir nuqtada birlashish» degan ma’noni bildiradi.
Demak, konvergentsiya — turli texnologiya, mahsulot va xizmatlarning birlashish jarayonidir. Bundan kelib chiqqan holda, aytish mumkinki, konvergent tarmoq bu shunday tarmoqki, u umumiy kanal orqali real vaqt davomidagi nutqiy hamda videoaxborotlarni va boshqa turdagi ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi.
Konvergent tarmoq oldiga qo’yilgan asosiy talab bu, tarmoq ichidagi xizmatlarni tezkorlik bilan o’zgartirish yoki to’ldirish, shuningdek, foydalanuvchining geografik joylashuvi, ishlatayotgan qurilmasi va tarmoqqa ulanish usulidan qat’iy nazar, ularning xizmatlardan bir xil foydalanishini ta’minlashdir. Shu sababli konvergentlik tushunchasini turli ilovalar va xizmatlardan bir xilda foydalanish imkonini beruvchi apparat — dasturiy platformalarga nisbatan ishlatish mumkin.
Multiservis va konvergent tarmoqlar o’rtasida qanday farq bor degan savol tug’ilishi tabiiy. Multiservis tarmoqlar turli xil ma’lumotlarni talab qilingan sifatda uzatishni ta’minlaydigan tarmoq hisoblanadi. Multiservis tarmog’ining klassik vakillari sifatida ATM (Asynchronous transfer mode) yoki Frame Relay texnologiyalari asosida qurilgan tarmoqlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Multiservis tarmog’ining asosiy afzalligi kanal o’tkazish polosasining tejamli ishlatishidir. Lekin, multiservis tarmoqlardan farqli ravishda, konvergent tarmoqlar, ya’ni konvergent xizmat turlarini ko’rsatadigan tarmoqlarda o’tkazish polosasini tejashga e’tibor berilmaydi. Aksincha, bunday tarmoqlarning rivoji foydalanuvchi ilovasiga beriladigan kanalning mumkin bo’lgan maksimal kengligiga bog’liq bo’ladi.
61. TARMOQLARDA AXBOROTLARNI HIMOYALASH USULLARI.
Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalash deb foydalanuvchilarni ruxsatsiz tarmoq elementlari va zaxiralariga egalik qilishni man etishdagi texnik, dasturiy va kriptografik usul va vositalar, hamda tashkiliy tadbirlarga aytiladi.
Axborotni ximoyalashning maqsadlari kuyidagilardan iborat:
- axborotning kelishuvsiz chikib ketishi, ugirlanishi, yo’qotilishi, o’zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish;
- shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bulgan xavf – xatarning oldini olish;

- axborotni yo’q qilish, o’zgartirish, soxtalashtirish, nusxa kuchirish, tusiklash buyicha ruxsat etilmagan xarakatlarning oldini olish;


- xujjatlashtirilgan axborotning mikdori sifatida xukukiy tartibini ta’minlovchi, axborot zaxirasi va axborot tizimiga xar kanday nokonuniy aralashuvlarning kurinishlarining oldini olish;
- axborot tizimida mavjud bulgan shaxsiy ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidentsialligini saklovchi fukarolarning konstitutsion xukuklarini ximoyalash;
- davlat sirini, konunchilikka mos xujjatlashtirilgan axborotning konfidentsialligini saklash;
- axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chikish va kullashda sub’ektlarning xukuklarini ta’minlash.
Bugungi kunga qadar ma'lumotlarni himoya qilishning turli usullari ishlab chiqilgan va muvaffaqiyatli qo'llanilgan. Ulardan eng dolzarb va qulaylari:


  1. Download 71.08 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling