667 mustaqillik davrida qatag`on qurbonlari merosini
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Tafakkur manzili-2022 -MAY-OYI-667-670
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi . 08.10.2020-yildagi F- 55 98 –son 2. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”
667 MUSTAQILLIK DAVRIDA QATAG`ON QURBONLARI MEROSINI O`RGANISHNING AHAMIYATI Raxmatova Muhayyo Elboboyevna Qarshi Davlat Universitetining Pedagogika Instituti I- kurs magestranti. Annotatsiya Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini ta’minlash yo‘lida mardona kurash olib borib aziz jonlarini fido qilgan, mustabid tuzum davrida qatag‘on qilingan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Kalit so`zlar: istiqlol, qatag`on, inson, tarbiya, ma`naviyat, komillik, yodgorlik. Annotation To perpetuate the memory of our ancestors, who sacrificed their lives for the independence of our country, freedom and liberty of our people, to fight for the peace and prosperity of future generations, to study and promote their activities and heritage. A number of works are being carried out on ib. Keywords: independence, repression, man, education, spirituality, perfection, monument. Аннотация Увековечивать память о наших предках, отдавших свою жизнь за независимость нашей страны, свободу и свободу нашего народа, бороться за мир и процветание будущих поколений, изучать и пропагандировать их деятельность и наследие Ряд работ были сделаны. Ключевые слова: независимость, репрессии, человек, воспитание, духовность, совершенство, памятник. 668 1938 yilning 4 oktabridan 15 oktabriga qadar Toshkent shahrining hozirgi «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi atrofida mingdan ortiq o‘zbeklar NKVD xodimlari tomonidan otilgan. Keyinchalik inshootlar qurilishi munosabati bilan shahidlarning suyak va xoklari majmua yaqinidagi Oqilota qabristoniga dafn etilgan. 1990-yillar boshida qabristonda shahidlar xotirasi uchun kichik yodgorlik-lavha o‘rnatilgan. Qabristonga dafn etilganlarning shaxsi noma'lum. «Shu kunlarda o‘zbek millati yetakchilari sovet diktaturasi tomonidan qatag‘on etilganiga 80 yil bo‘ldi. Ammo bu dahshatli sana haqida jamotchiligimiz hali ham to‘liq ma'lumotga ega emas. Masalan, 80 yil oldin nafaqat eng ilg‘or o‘zbek ziyolilari qatag‘on etildi, qolaversa, o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan yetakchi harbiylar, ilk yetakchi o‘zbek ayollari, yetakchi o‘zbek ulamolari ham jismonan yo‘q qilingandi. Sovetlarning asosiy maqsadi bitta edi: o‘zbek millati yetakchilarini, boshqaruvchilarini qirg‘in qilib, millatni sovet mustamlakasi tizimiga to‘liq bo‘ysundirish. Bu kunlarda biz nafaqat 80 yil oldin bo‘lgan milliy falokatni esga olamiz. 100 yil oldin Turkiston muxtoriyati qulatilgan, sovetlar tomonidan uyushtirilgan terroristik harakatlar, Markaziy Osiyoda katta, qizil, sovet terrorini boshlab bergandi. 100 yil oldin o‘zbeklar terrorni bilishdi, aynan 1918- yilda sovetlar dohiysi Lenin qo‘l qo‘ygan qaror terrorga amal qilish maqsadida qabul qilingan edi. 1933-yili, shu kunlardan 85 yil muqaddam esa o‘zbek dehqonlarini qatag‘on etish jarayoni yakunlandi, 1935 yilga kelib minglab dehqonlar quloq bo‘lib, Sibirga surgun qilindi. Qishloq aholisi pasportdan mahrum etildi. O‘zbekiston aholisining 90 foizi qishloqlarda yashaganini inobatga olsak, o‘tgan asrning 70- yillarigacha o‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi o‘z yurtida pasportsiz yashab kelgan, fuqarolikdan mahrum qilingan edi. Sovet davrida o‘sha kunlari qatl etilganlarning xoklari Toshkentdagi qabristonlardan biriga yashirincha, nomsiz dafn qilindi. Sovet mustamlakasi qulashi bilan bu qabriston nomi oydin bo‘ldi, Toshkent shahridagi Yunusobod tumanida joylashgan Oqilota qabristoni, qadimgi qabriston. Mustaqillik yillarida bu qabristonda yodgorlik o‘rnatildi. Ammo oxirgi yillarda bu qabristonga jamoatchilik, davlat tomonidan tashkillashtirilgan ziyoratlar amalga oshirilmadi. Bu yil esa, birinchi bor tarixda katta 669 guruh Oqilotaga ziyorat qildi. Ziyoratni mahalliy faollar va xorijda istiqomat qilib kelayotgan o‘zbeklar uyushtirishdi. Umid qilamizki, bu ziyorat endi odatga aylanadi va jamoatchilik bu tadbirni keng qo‘llab-quvvatlaydi»,- deydi tarixchi Anvar Nazir. Jumladan, o‘tgan davrda ushbu yo‘nalishda muhim farmon va qarorlar qabul qilindi. Yurtimizda 2001-yildan buyon har yili 31-avgust — “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni” sifatida keng nishonlab kelinmoqda. “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi barpo etildi. “Shahidlar xotirasi” jamoat fondi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi hamda hududlardagi oliy ta’lim muassasalari qoshida uning bo‘limlari tashkil etildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Is’hoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy kabi ulug‘ ma’rifatparvar ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan muhtasham haykallar, muzeylar bunyod etildi, ijod maktablari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Siyosiy qatag‘on yillarida nohaq qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimizning nomlarini aniqlash, ularning qoldirgan merosini o‘rganish va keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari, badiiy va hujjatli asarlar yaratilmoqda. Dunyoda global xavf-xatarlar kuchayib borayotgan hamda milliy o‘zlikni anglash va haqiqiy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda mustabid tuzum tomonidan shafqatsiz qatag‘on qilingan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalarining, oddiy kasb egasi bo‘lgan minglab yurtdoshlarimizning nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodimizni Vatanimiz va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu boradagi tarixiy ma’lumotlarni xolis va haqqoniy o‘rganish mamlakatimiz mustaqilligi qanday og‘ir va mashaqqatli kurashlar bilan qo‘lga kiritilganini, bugungi erkin, ozod va obod hayotimizni asrab-avaylab, qadrlab yashash kerakligini yanada chuqur anglashga xizmat qiladi. 670 Xulosa shuki, bugungi kunda xalqimizning fidoyi farzandlari, ma’rifatparvar ajdodlarimiz hayoti va faoliyati bilan bog‘liq haqiqatni to‘la yuzaga chiqarish, ularga nisbatan tarixiy adolatni tiklash, bu boradagi ishlarning ko‘lami va samarasini oshirish maqsadida qatag‘on qurbonlari merosini yanada chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirish borasida xorijdagi turli arxiv, muzey, kutubxona va boshqa ilmiy- ma’rifiy muassasalar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlik qilish, chet eldagi mavjud manbalarni izlab topish va o‘rganish, shuningdek, qatag‘on qurbonlari haqida yangi badiiy va hujjatli filmlar tayyorlash, xotira kitoblari va fotoalbomlarni nashr etish, tashkiliy ishlarni moliyalashtirish masalalari o‘z ifodasini topadi. Adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi . 08.10.2020-yildagi F- 55 98 –son 2. Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch” 3. Rustam Shamsitdinov “Qatag’on qurbonlari” 4. Nazar Eshonqul “Qatag’on yili” qissa. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling