7- amaliyot. О‘lchash vositalarini metrologik attestatlash. Режа: Ўлчаш воситаларини метрологик аттестатлаш


Download 49.17 Kb.
bet1/3
Sana20.10.2023
Hajmi49.17 Kb.
#1712203
  1   2   3
Bog'liq
7 -amaliyot


7- amaliyot. О‘lchash vositalarini metrologik attestatlash.
Режа:
1. Ўлчаш воситаларини метрологик аттестатлаш.
2. Ўлчаш воситаларини қиёслаш.
3. Электрон частотамерларнинг қиёсланиши.
4. Ўлчаш воситаларни калибрлаш.

Ekspluatatsiyaga kam sonli О‘V kiritish metrologik attestatsiya orqali amalga oshiriladi. О‘V metrologik attestatsiyani О‘z Rst 8.011 bilan reglamentlangan. О‘Vning MA Davlat metrologiya xizmati va yuridik shaxslarning metrologiya xizmatining akkreditlangan organlari tomonidan о‘tkaziladi. MA ijobiy natijalariga kо‘ra О‘V Davlat reyestrda registratsiya qilinadi va unga MA tо‘g‘risida sertifikat beriladi.


O’z DSt 8.006:1999 GSI Uz [Akkreditatsiya na pravo ispitaniy, MA, proverki sredstv izmereniy] standartida О‘Vni sinash va metrologik attestatsiyalashga akkreditlash huquqining talab va tartiblari keltirilgan. О‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotlarning sifati va xavfsizligi” tо‘g‘risidagi qonunga kо‘ra, texnik vositalar va shu jumladan О‘V ekspluatatsiya jarayonida oziq-ovqat mahsulotlari bilan kontaktda bо‘lsa, О‘z.R. sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan sinashga tortiladi. Shunga kо‘ra kо‘rsatilgan О‘V turni tasdiqlash yoki MAga gigiyenik sertifikat bо‘lgan holdagina tortiladi.
DMT va N doirasidagi О‘V va standart namunalar faqat turi tasdiqlanganligi tо‘g‘risidagi sertifikatga yoki metrologik attestatsiyalanganligi tо‘risidagi sertifikatga ega bо‘lsagina qо‘llanishga qо‘yiladi. Bu sertifikatlar О‘zstandart tomonidan beriladi, О‘V qaysi mamlakatda tayyorlanganligidan qat’i nazar.
Ekspluatatsiya jarayonida О‘V xossalari о‘zgaradi. Shunga kо‘ra ularning parametrlari davriy ravishda aniqlanib turishi zarur. Protseduralarning natijalari mos hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi, bu hujjatlar О‘V yaroqligini tasdiqlaydi.
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qо‘llaniladigan sohada foydalaniladigan yoki foydalanishga mо‘ljallangan о‘lchash vositalari metrologik attestatlanadi. Bunda quyidagilar attestatlanadi:

  • donalab ishlab chiqariladigan О‘V;

  • chet mamlakatlardan donalab keltiriladigan О‘V;

  • о‘zining bevosita vazifasi bо‘yicha qо‘llanilmaydigan yoki xilni tasdiqlashda о‘rnatilgan qо‘llanish sharoitlaridan farqlanuvchi sharoitlarda qо‘llaniladigan, vatanda yoki xorijda ishlab chiqarilgan, xili tasdiqlangan О‘V;

  • xilni tasdiqlashda о‘rnatilganlardan farqlanuvchi individual metrologik tafsilotlarni о‘rnatishga imkon beruvchi texnik imkoniyatlarga ega, seriyalab ishlab chiqarilgan О‘Vning dona nusxalari;

  • ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini olib borishda tayyorlangan va metrologik attestatlashni о‘tkazishni tashkillashtirishga va tartibiga umumiy talablarni о‘rnatishda.

О‘lchash vositalarini metrologik attestatlash – donalab ishlab chiqarilgan (yoki xorijdan donalab nusxalarda keltiriladigan) о‘lchash vositalarini, bularning xossalarini sinchiklab tadqiq qilish asosida, davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qо‘llanishga huquqli ekanligini metrologik xizmat tomonidan tan olish.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qо‘llaniladigan sohaga kirmaydigan о‘lchash vositalari ham metrologik attestatlanishi mumkin. Bunday attestatlash ixtiyoriy asosda о‘tkaziladi.
Metrologik attestatlash О‘Vning metrologik tafsilotlarining haqiqiy qiymatlarini aniqlash va (yoki) ularning о‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida о‘tkaziladi.
О‘Vni metrologik attestatlashning asosiy vazifalari:

  • О‘Vning davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida о‘z vazifasiga muvofiq qо‘llanilishiga huquqli ekanligini о‘rnatish;

  • attestatlanadigan О‘V metrologik tafsilotlarining О‘Vni yaratishga texnik topshirikda о‘rnatilgan yoki О‘Vdan foydalanuvchi (attestatlashni buyurtiruvchi)ning attestatlash-ga topshirig‘i (sо‘rovnomasi)ga binoan о‘rnatilgan talablarga muvofiqligini baholash;

  • О‘Vning hakiqiy metrologik tafsilotlarini aniqlash;

  • О‘V texnik tafsilotlarining xavfsizlik talablariga, gigiyenik va xos sinovlar jarayonida о‘rnatilgan boshqa maxsus talablarga muvofiqlikning tо‘liqligini baholash.

Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasida qо‘llaniladigan va xilni tasdiqlash protsedurasidan о‘tmagan barcha о‘lchash vositalari majburiy ravishda metrologik attestatlanadi.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati sohasidan tashqarida qо‘llaniladigan, xilni tasdiqlash protsedurasidan о‘tmagan о‘lchash vositalari birlamchi kalibrlanishi lozim.
О‘Vni metrologik attestatlash ularni ekspluatatsiyaga qabul qilish (ekspluatatsiya sharoiti о‘zgargan) bosqichida yoki О‘zbekiston bojxona chegarasidan о‘tish, О‘Vni chet eldan olib kirish bosqichida о‘tkaziladi.
Metrologik attestatlashdan о‘tgan О‘V davriy, zarur bо‘lganda esa navbatdan tashqari yoki inspeksion qiyoslanadi.
О‘Vni metrologik attestatlashni davlat metrologik xizmati yoki О‘Vni attestatlash huquqiga akkreditlangan yuridik shaxslar о‘tkazadi.
Xavfsizlik talablariga, gigiyenik yoki maxsus talablarga muvofiqligini sinash lozim bо‘lgan О‘V mos sinovlarni о‘tkazgandan keyin metrologik attestatlanadi.
Metrologik attestatlash quyidagi tartibda о‘tkaziladi: Attestatlashni о‘tkazishga manfaatdor yuridik (jismoniy) shaxs (keyinchalik – Buyurtmachi) О‘Vni metrologik attestatlash huquqiga ega bо‘lgan yuridik shaxs (keyinchalik – Bajaruvchi) ga sо‘rovnoma topshiradi.
Attestatlash natijalari ijobiy bо‘lganda attestatlashni о‘tkazgan yuridik shaxs (bajaruvchi) attestatlash natijalari tо‘g‘risida О‘zstandart Agentligiga xabar beradi va unga О‘Vni attestatlash bayonnomasi, dalolatnomasi, tavsifi va attestatlash sertifikatining nusxalarini о‘n besh kun muddat ichida taqdim etadi.
Metrologik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xodimlar attestatlanishi lozim. Xodimlarni attestatlashda malaka darajasining faoliyatining ushbu turiga muvofiqligi aniqlanadi. Bunda metrologik tekshiruv va nazoratning muayyan turini bajarishga metrologik bilimlar va amaliy kо‘nikmalarning mavjudligi aniqlanadi.
Davlat metrologik xizmatlariga attestatlangan xodimlarni jalb etishni talab qiluvchi metrologik faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
– о‘lchash vositalarini sinash;
– о‘lchash vositalarini qiyoslash;
– о‘lchash vositalarini metrologik attestatlash;
– sinash vositalarini attestatlash;
– о‘lchashlarni bajarish metodikalarni metrologik attestatlash;
– yuridik shaxslarni akkreditlashda ishtirok etish;
– normativ va texnik hujjatlarni metrologik ekspertiza qilish;
– davlat metrologik nazorati.
Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qо‘llaniladigan sohadan tashqarida, yuridik shaxs о‘rnatilgan tartibda attestatlangan xodimlarni talab etuvchi faoliyat turlarini mustaqil ravishda aniqlaydi.
2. О‘lchash vositalarini qiyoslash.
О‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash va tasdiqlash ularni qiyoslash va kalibrlash orqali amalga oshiriladi.
Davlat tekshiruvi va nazorati sohasida foydalaniladigan, qiyoslanishi lozim bо‘lgan О‘Vning rо‘yxati О‘zstandart Agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
О‘V ni Davlat qiyoslashini davlat metrologik xizmati idoralari о‘tkazadi, lekin О‘V ni qiyoslash huquqi yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlariga ham topshirilishi mumkin.
Boshqa davlatlarda bajarilgan О‘V ni qiyoslash natijalari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida tan olinadi.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’minlangan va import bо‘yicha sotib olinadigan О‘V ni qiyoslashni tashkil qilish ka о‘tkazish bо‘yicha asosiy nizomlar O’z DSt 8.003:2005 "О‘z О‘DT. О‘lchash vositalarini qiyoslash. Asosiy nizomlar" da bayon etilgan.
Ekspluatatsiyada turgan, ishlab chiqarilgan, ta’mirlangan va import bо‘yicha sotib olinadigan barcha О‘V davlat qiyoslashidan о‘tishi lozim.
О‘V birlamchi, davriy, navbatdan tashqari, inspeksion va ekspert qiyoslashdan о‘tkaziladi.
Ishlab chiqarishdan yoki ta’mirlashdan chiqqan va import bо‘yicha keltiriladigan О‘V birlamchi qiyoslashdan о‘tkaziladi. О‘V ning har bir nusxasi birlamchi qiyoslashdan о‘tkaziladi. О‘V yalpi ishlab chiqa­rilganda tanlab qiyoslash ruxsat etiladi. Tanlab birlamchi qiyoslash qoidalari, о‘tkazish tartibi bu О‘V ni qiyoslash metodikasida kо‘rsatiladi.
Ekspluatatsiyada turgan yoki operativ saqlanayotgan О‘V qiyoslashlararo oraliq vaqtlardan keyin davriy qiyoslashdan о‘tkaziladi. Davriy qiyoslash vaqti о‘lchash vositasining bu davr ichida yaroqliligini ta’minlashni hisobga olgan holda aniqlanadi va belgilanadi.
Davriy qiyoslashlar о‘rtasidagi vaqt:
davlat qiyoslashiga taqdim etilgan о‘lchash vositasiga davlat metrologik xizmati idoralari tomonidan belgilanadi.
Davlat davriy qiyoslashi namunaviy va ishchi О‘V ni qiyoslash grafiklari (shartnomalari) da belgilangan kalendar muddatlarda о‘tkaziladi.
Ekspluatatsiyada turgan va saqlanayottan О‘V uchun navbatdan tashqari qiyoslash quyidagi hollarda о‘tkaziladi:

  • qiyoslashlararo davrning yarim vaqti о‘tgandan keyin о‘lchash vositasidan butlovchi sifatida foydalanilganda;

  • qiyoslash tamg‘asi, plombasi, shikastlanganda yoki О‘V ning birlamchi yoki davriy qiyoslashdan о‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar yо‘qolganda;

  • agar qiyoslash tamg‘asining yoki о‘lchash vositasining qо‘llanishga yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilinish muddati tugagan bо‘lsa, saqlashdan olinib ekspluatatsiyaga kiritishda;

  • qiyoslashlararo vaqt ichida xaridga chiqarilmagan О‘V ni tayyorlovchi korxona iste’molchiga yetkazib berishda.

О‘lchash vositasining holati va qо‘llanilishini davlat nazoratidan va mahkama tekshiruvidan о‘tkazishda О‘V ning qо‘llanishga yaroqli ekanligini aniqlash uchun inspeksion qiyoslash о‘tkaziladi. О‘V ni inspeksion qiyoslash natijalari davlat yoki mahkama tekshiruvi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Davlat qiyoslashidan majburiy ravishda о‘tkaziladigan vositalar:

  1. davlat metrologik xizmatlarining va tadbirkorlik subyektlarining namunaviy о‘lchash vositalari;

  2. о‘zining bevosita vazifasiga muvofiq namunaviy О‘V sifatida yoki tayyorlashga buyurtnoma shartlari bо‘yicha ishlab chiqarilgai О‘V;

  3. nurlanishni ionlovchi va tarkibida nurlanishni ionlovchi manba bor bо‘lgan О‘V;

  4. priborlarni ta’mirlovchi xо‘jalik yurituvchi subyektlari chiqargan, ta’mirdan keyin boshqa xо‘jalik yurituvchi subyektlarga berish uchun mо‘ljallangan О‘V;

  5. milliy va xalqaro sport rekordlarini qayd qilish bilan bog‘liq о‘lchash vositalari;

  6. davlat arbitraj idoralarn tomonidan ekspertiza о‘tkazishda, shuningdek bojxona tekshiruvida о‘lchashlar uchun qо‘llaniladigan О‘V;

  7. о‘lchash uchun ishchi О‘V sifatida qо‘llaniladigan, о‘lchash natijalari:

tabiatni muhofazalash;
sog‘liqni saqlash;
mehnat xavfsizligini ta’minlash;
barcha turdagi transportning harakat xavfsizligini ta’minlash;
ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning xavfsizligini ta’minlash;
aloqa tizimlarini ta’minlash;
xо‘jaliklararo о‘zaro hisoblashlar;
savdoning barcha turlari;
aholiga pulli xizmatlarning barcha turlari uchun qо‘llaniladigan О‘V.
О‘lchash vositalarini qiyoslash davlat yoki mahkama qiyoslovchisi malakasi berilganligi tо‘g‘risida amaldagi guvohnomasi bor shaxslar tomonidan bajariladi.
О‘V yaroqligini о‘rnatish maqsadida va ularning normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash bо‘yicha operatsiya (tadbir)larni birlashmasiga О‘Vni qiyoslash deyiladi. Qiyoslashda metrologik xarakteristikalarni baholashdan tashqari zaruriy hollarda О‘Vning xavfsizlik xarakteristikalari ham baholanadi.
О‘V qiyoslash DMNning zaruriy turi bо‘lib, DMXning akkreditlangan organlari va yuridik shaxslarning metrologiya xizmati orqali amalga oshiriladi. О‘V qiyoslash bо‘yicha asosiy talablar О‘z.Rst 8.003-92 GSI Uz Poverka SI. Osnovniye polojeniY.
Birliklar о‘lchamini metrologik zanjirning barcha bо‘g‘inlari bо‘yicha etalonlardan yoki namuna о‘lchash vositalaridan ishchi о‘lchash vositalari ishonchligi uzatish qiyoslash sxemalarda keltirilgan aniq tartib asosida amalga oshiriladi.
Qiyoslash sxemasi – bu о‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan hujjat bо‘lib, fizikaviy kattaliklar birliklarining о‘lchamini Davlat etalonlari yoki namuna о‘lchash vositalaridan ishchi о‘lchash vositalariga aniq uzatish vositalari va usullarini reglamentlaydi.
Davlat va tarmoq (vedomostvenniy) metrologik xizmatlari bо‘yicha 1) davlat; 2) tarmoq va 3) lokal qiyoslash sxemalari mavjuddir.
1. Davlat qiyoslash sxemasi mamlakatda berilgan kattaliklarni о‘lchovchi barcha о‘lchash vositalariga taalluqlidir.
2. Tarmoq qiyoslash sxemasi – tarmoq ichidagi qiyoslanishni kerak bо‘lgan о‘lchash vositalariga taaluqlidir.
3. Lokal qiyoslash sxemasi mazkur, davlat yoki tarmoq metrologiya xizmatlari bо‘yicha qiyoslanish kerak bо‘lgan о‘lchash vositalariga taalluqlidir.
- Davalat qiyoslash sxemalari davlat standarti sifati ishlab chiqiladi va tadbiq qilinadi.
- Tarmoq qiyoslash sxemasi normativ hujjat yoki tarmoq standartidir. Bu sxema davlat standarti bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
- Lokal qiyoslash sxemasi normativ texnik hujjatlar yoki territorial davlat metrologiya xizmati organ mahkamasi bilan kelishilgan tashkilot standartidir.
О‘V qiyoslash qat’iy reglamentlangan protsedura bо‘lib, О‘zstandart tomonidan tasdiqlangan metodikaga mos holda о‘tkaziladi. Qiyoslashning haqqoniyligiga qiyoslashni amalga oshiruvchi – qiyoslovchi (poveritel) javob beradi. Qiyoslovchilar о‘rnatilgan tartibda qiyoslash bо‘yicha tayyorgarlik va attestatsiyadan о‘tkaziladi.
Qiyoslash natijalari О‘Vga ottisk (ishonch tamg‘asi) qо‘yilishi va qiyoslash guvohnomasi bilan tasdiqlanadi.

Download 49.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling