7- modul : maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. Dars o‘quv maqsadi
Download 124 Kb.
|
7- modul maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy savollar
- Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni.
7- MODUL : MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA RAHBARLIK QILISH. Dars o‘quv maqsadi: Talabalarda maktabgacha ta’lim muassasalariga rahbarlik qilish to‘g‘risida bilimlar hosil qilish. Tayanch iboralar: Tipovoy shtat — namunaviy ish joyi, Pedagogik bili mlar bola tarbiyasiga oid bilimlar.Nazoratchi — nazoratchiusl ubchi. Operativ — muayyan vazifalarni tez va izchil amalga oshirilishi.Ob’ektiv ~ xolis, xolisona.Ota-onalar qo‘mitasi — maktabgacha ta’lim muassasasida jamoatchilik asos ida tashkil etiladigan organ. Asosiy savollar: Maktabgacha ta’limga rahbarlik. Maktabgacha ta’lim boshqarmasi, uning vazifasi, ish mazmuni. Ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta’lim tizimin i boshqarish. Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xa lq ta’limi vazirligi, viloyat va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari maktabgacha ta’limni boshqarishning vakolatli organlari hisoblanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirlig i, viloyat va Toshkent shahar Xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) Xalq ta’limi bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklariga bo‘ysunadi. Viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi boshqarmasi turli shakldagi maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini shakllantirish va rivojlantirish ishlarini boshqaradi. U maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yangi muassasalarni qurish, mablag‘ bilan ta’minlash, kad rlar tanlash ishlariga ko‘maklashadi, kadrlarni tayerlash va malakasini oshirish ishlarini yo‘lga qo‘yadi, uslubiy qo‘llanmalar va ko‘rgazmali vositalar bilan ta’minlaydi, idoralar, jamoat tashkilotlari, ota-onalar faoliyatini muvofikdashtiradi. Kengash tarkibiga homiylik qiluvchi muassasalarning xodimlari, ota-onalar, o‘rta maktab, maktabgacha ta’lim, tibbiy yordam, mahalla qo‘mitas i vakillari kiritiladi. Maktabgacha ta’lim mudirasi tegishli tuman maktabgacha ta’limi bo‘lim i tomonidan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari — maktab, maktabgacha ta’lim va maktabdan tashqari, maktab internatlar, akademik litsey va kollejlarga rahbarlik qiluvchi yuqori organlar hisoblanadi. Maktabgacha ta’limi vazirligi, viloyat boshqarmalari, shahar va tuman bo‘limlari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha faoliyat yuritadi: —maktabgacha ta’lim; Maktabgacha ta’limi vazirligi tizimidagi tashkilot va muassasalarga umumiy rahbarlik vazir tomonidan amalga oshiriladi. Har bir yo‘nalish bo‘y icha rahbarlik vazir o‘rinbosarlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi zimmasiga mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, muassasalar faoliyatiga rahbarlik qilish va uni nazorat etish vazifasi yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limi vazirl igi Qoraqalpog‘iston Maktabgacha ta’limi vazirligi faoliyatiga ko‘maklashadi va ish rejalarini tasdiqlaydi. Vazirlik «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy das turi va boshqa me’yoriy hujjatlarga tayangan holda faoliyat yuritib, maktabgacha ta’lim, umumiy, o‘rta maxsus va malaka oshirish institutlari tizimini takomillashtirish, respublikada pedagogika fanini taraqqiy ettirish ishlariga rahbarlik qiladi. Vazirlikning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: — umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqnin g ko‘p asrlik ilmiy va madaniy an’analarini, jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy imkoniyatini rivojlantirish, o‘zining jamiyat, oila va davlat oldidagi mas’uliyatini anglaydigan, har tomonlama etuk, erkin shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
milliy, yosh va boshqa guruhlari ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini
ishlab chiqish va amalga oshirish; — O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ta’lim ilmi y-pedagog xodimlar tayyorlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish, ta’lim sohasi xodimining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini ko‘tarishni amalga oshirish sohasilagi kadrlar siyosatini ro‘yobga chiqarish; —o‘quv- tarbiya jarayoni sifatiga davlat bahosini b erish, davlat tasarrufida bo‘lgan va davlatga qarashli bo‘lmagan ta’lim muassasalarida ishchilar va mutaxa ssislar tayyorlash; —ta’limning moddiy negizini rivojlantirish va texni ka bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy ta’limni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishlarini belgilash; —ta’lim masalalarida xalqaro, davlatlararo darajala rda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda ifodalash; —ta’lim muassasalarida, ularning idoraviy bo‘ysunis hidan qat’i nazar, o‘quv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgaliqda ta’lim sifatini oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish. Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling