7-Amaliyish. Suv quduqlari yordamida yer osti suvlarining chiqarib olish miqdorini hamda suv osti nasoslarini tanlashni aniqlash Ishning maqsadi
Download 31.92 Kb.
|
1 2
Bog'liq7-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vazifa:masalan
7-Amaliyish. Suv quduqlari yordamida yer osti suvlarining chiqarib olish miqdorini hamda suv osti nasoslarini tanlashni aniqlash Ishning maqsadi: Kar’er maydoni xududidagi yer osti suvlari sathini pasaytirish maqsadida quduq, burg‘u quduqlaridan suvlarni tortib chiqarish vaqtida yer osti suvlari oqimi haqida bilimlarini mustahkamlash. Suv chiqarish inshoatlariga yer osti suvlarini yer yuziga chiqarib olish uchun foydalanadigan vertikal qurilmalar qudug’i va shurflar kiradi. Yer ostidan chiqarib olinadigan suvning joylashish chuqurligi, suv ustunini qalinligi, suli qatlamning tarkidiga qarab turli suv chiqarish qurilmalaridan foydalaniladi. Suv chiqarish qurilamlari bitta burgi qudug’idan yoki bir qancha birgi quduqlaridan iborat bo’lishi mumkin. Suvli qatlamdan butunlay o’tgan va suv o’tkazmaydigan qatlamgacha yetib borgan burg‘i quduqlari tugallangan, suvli qatlamlarning bir qismigacha qazilganlari esa tugallanmagan suv suv chiqarish inshoatlari deyiladi. Burgu qudug’i, shurf va boshqa suv inshoatlaridan yer osti suvlari yer yuzasiga har xil suv nasoslari va erliftlar yordamida tortib chiqariladi.Artezian quduqlarining ayrimlaridan esa yer osti suvlari otilib chiqadi. Suv chiqarish uchun qazilgan burg‘i qudug’i ichiga truba va filtr tushiriladi. Filtrning katta-kichikligi quduq qo‘yi qismining diametriga qarab aniqlanadi. Suvni nasoslar orqali tortib olishda quduqqa yer osti suvlari bir vaqtning o’zida filtrning faqat yon tomonlarida (atrofdan) surilib uning ichi tomon oqadi (harakat qiladi). Ma’ruza mashg’ulotlaridan ma’lumki , suvni quduqdan suv nasoslari yordamida tortib chiqarganda suv sathi quduq atrofida varonka shaklida pasayadi. Suv sathining bunday pasayishi depresion varonka deyilib, planda doira ko’rinishida bo’ladi. Vertikal kesmada depresion varonka depressiya egri chizig’i bilan chegaralanib, uning qiyaligi quduqqa yaqinlashgan sari oshib boradi. Yer osti suvlari sathining bu usulda pasaytirish shaxta karerlarda yer osti suvlari bosganda juda qo’l keladi. Yer osti suvlari tortib chiqarilayotgan vaqtda quduqlar bo’ylab radial oqimlar hosil qilib harakat qiladi. Quduqlarning unumi unda surib chiqarilayotgan suv sarfi (debit) bilan ifodalanadi. Vaqt birligi ichida quduqning suv bera olish imkoniyati uning suv sarfi (Q) deyiladi va l/s, m3/sutkalarda ifodalanadi. Dastlabki suv sathi statik sath, nasos yordamida suvni tortib chiqarilayotgan paytdagi pasaygan sath dinamik sath deyiladi Nasos orqali yer osti suvini tortib olish jarayonida, quduqdagi suv sathining har bir metrga pasayishidagi sarfi solishtirma sarf deyiladi va q= Q/S formula yordamida aniqlanadi. Odatda gidrogeologik izlanishlar davrida maydon uchun yer osti suvlari to’g’rida ma’lumotlar – Q hamda q aniqlanadi. Bu ma’lumotlarga asoslanib suv nasoslari tanlab olinadi va foydalanishga qo’yiladi. Vazifa:masalan Q=120 m3/soat miqdorda suv sarfi talab qilingan holat uchun suv nasoslarini hamda quduqlar sonini tanlash zarur bo’lsin.Berilgan suvli qumtosh qatlamining qalinligi m=12m va solishtirma suv sarfi q=3,4 m3/soat. Burg‘i qudug’idagi suvning qalinligi Hsuv=60m . Yechimi: Yer osti suvlarining statik sathi bilan yer yuzasidagi suv solinadigan idishning (rezervuar) orasidagi geometrik tik balandlik Hr=58m. Suv sathini nasos ishlab turganda pasayishi – Sn=0,3x Hsuv=0,3x60=18 m. Bunda bir quduqning suv sarfi Q= 3,4x18=61,2 m3/soat ga teng bo’ladi. Quduqning bunday (61,2 m3/soat) suv sarfi (debiti), qo’yilgan talabga (120 m3/soat) javob bermaydi. Shuning uchun, qo’yilgan talab hajmidagi suvni chiqarish uchun necha suv qudug’i zarurligini topamiz, n=120:61,2=1.96, ya’ni salgina ortig’i bilan ≈ 2 dona burg’i suv qudug’i zarur ekan. Bunda o’rtacha bir quduqning suv sarfining Q=120:2=60 m3/soat. Ikkita quduqdan suv tortgandagi suv sathini pasayishi Sx=60:3,4=17,6≈18m. Endi suvni quduqdan ko’tarish (tortish) balandligini aniqlaymiz. Hx=Hr+Sx=58+18m=76m. Demak, hisob-kitoblarimizga ko’ra (talab qilingan hajmdagi suvni, talab qilingan balandlikka ko’tarish uchun) zarur bo’lgan nasoslar soni 2ta va ularni markasi ESV-10-63-110. (nasoslarning texnikaviy tasniflari quyida keltirilgan). Biz tanlagan nasosning suv chiqarish imkoniyati 63m3/soat, suvni ko’tarish balandligi 110 m. Download 31.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling