7-laboratoriya ishi areometrlarning tuzilishi, ishlash printsipi, qo”llanilishi va ularni qiyoslash


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana21.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1106606
  1   2
Bog'liq
7-Laboratoriya ishi (1)



7-LABORATORIYA ISHI 
 
 
AREOMETRLARNING TUZILISHI, ISHLASH PRINTSIPI, 
QO”LLANILISHI VA ULARNI QIYOSLASH

 
Ishdan maqsad: areometrlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va ularni qiyoslash 
metodikasi bilan tanishtirish. 
Vazifa: areometrlarning
tuzilishi va ishlash prinsiplarini o‘rganish, 
areometrlarni
qiyoslashni o’rganish va qiyoslash 
natijalarini taxlil qilish.
Asboblar va qurilmalar 
1. Har xil o’lchash shkalasiga ega bo’lgan areometrlar. 2. Har xil organic va 
noorganik suyuqliklar va har xil zichlikga ega bo’lgan eritmalar.
 
Nazariy qism 
Barchamizga ma’lumki, o’tmishda ham hozirgi kunda ham zichlik tushunchasi 
har bir sohada keng qo’llaniladi. Albatta sanoatda, ishlab chiqarish jarayonlarida bu 
termin tez-tez tilga olinadi va qo’llaniladi. Suyuqlik zichligini aniqlash uchun 
areometr o’lchash vositasi ishlatiladi. Ushbu o’lchash vositalari yirik ishlab 
chiqarish zavodlarida, neft ba’zalarida, yoqilg’i quyish shahobchalarida va ishlab 
chiqarish faoliyatinig boshqa turlarida keng miqyosda ishlatilib kelinmoqda. Hozirgi 
kunda mamlakatimiz xududida turli xildagi areometrlar, densimetrlar va zichlikni 
o’lchovchi boshqa turdagi o’lchash vositalarining ishlab chiqarish jarayonlarida 
qo’llanilishi ortib bormoqda.
Qalqovichi butunlay cho'kadigan zichlik o'lchagichlarda tekshirilayotgan 
suyuqlikda qalqovichning cho'kish chuqurligi amalda doimiy bo'lsada, suyuqlik 
zichligiga proportsional bo'lgan, qalqovichga ta'sir etuvchi itaruvchi kuch 
o'lchanadi. Laboratoriya va ishlab chiqarish sharoitlarida ko'proq Arximed qonuniga 
asoslangan xolda ishlaydigan suyuqlikning zichligini o'lchash uchun areometr deb 
nomlanuvchi, qalqovichli zichlik o’lchash asboblari ishlatiladi. Ular turli xil 


ko'rinishda: shishali yoki metalli bo'lishi mumkin. Areometrlar davlat standarti 
bo'yicha ikki guruhga bo'linadi: 
- suyuqlik zichligini o'lchash uchun mo'ljallangan areometrlar densimetrlar deb 
atalib, ularning shkalasi zichlik birliklarida darajalangan bo'ladi va ular yordamida 
turli xil suyuqliklarni: kislotalar, ishqorlar, asoslar va boshqa suyuqliklarni 
zichliklarini o’lchash uchun qo’llaniladi (10.1- va 10.2-rasmlar); 
- aralashmalarning kontsentratsiyasini o'lchash uchun 
mo'ljallangan 
areometrlar, ularning shkalasi og'irlik yoki hajm bo'yicha foizlarda darajalangan 
bo'ladi. 
10.1-rasm. Areometrlarning umumiy ko’rinishi. 
10.2-rasm. Areometr yordamida suvning zichligini (1)
va kislotaning zichligini (2) o’lchash.
O’lchash vositalari yordamida olingan natijalarning sifatli bo’lishi uchun 
birinchi navbatda ularning aniqlik darajasi ta’minlangan bo’lishi kerak. O’zbekiston 
Respublikasi xududida ushbu o’lchash vositalarining metrologik aniqlik darajasini 
ta’minlash va metrologik ko’rikdan o’tkazish “O’zstandart” Agentligi vakolatiga 


kiradi. Ishlab chiqarish korxonalarida qo’llaniladigan barcha o’lchash vositalari 
o’rnatilgan tartibda davriy ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi. Shu 
jumladan areometrlar ham O’zbekiston milliy metrologiya institutida davriy 
ravishda qiyoslash ko’rigidan o’tkazilib turiladi va buning uchun u erda barcha 
sharoitlar yaratilgan.
Avstriya davlatida ishlab chiqarilgan DMA-4500 qurilmasi qiyoslash uchun 
qo’llaniladigan turli xildagi namunalarni tarkibini 0,00005 g/sm
3
aniqlikda o’lchash 
xususiyatiga ega. Ushbu namunaviy o’lchash vositasi yordamida tayyorlangan 
standart namunalar hamda yuqori aniqlikdagi namunaviy o’lchash vositalari 
yordamida areometrlarning aniqlik darajasi etalon suyuqliklar yordamida 
tekshiriladi va bu areometrlar uchun qiyoslash ko’rigidan o’tkazilganligi to’g’risida 
guvohnoma beriladi.
Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish jarayonlarida qo’llanilayotgan areometrlar 
10.1-jadvalda keltirilgan va ular quyidagi guruxlarga ajratiladi:
10.1-jadval 
Areometrlarning turlari 
Areometrlarning qo’llanilishi 
bo’yicha tiplari 
Umumiy qo’llash uchu 
mo’ljallangan areometrlar 
АОН-1, АОН-2, АОН-3,
АОН-4, АОН-5; 
Sut maxsulotlari uchun 
areometrlar 
АМ, АМТ; 
Neft mahsulotlari uchun 
areometrlar 
АН, АНТ-1, АНТ-2; 
Spirt uchun areometrlar 
АСП-1, АСП-2, АСП-3, АСП-
Т; 
Elektrolitlar uchun 
areometrlar 
АЭ-1, АЭ-2, АЭ-3; 
Grunt aremetrlari 
АГ; 
Dori vositalari tayyorlash 
uchun mo’ljallangan 
areometrlar 
ADV -1, ADV -2, ADV -3 


10.1-jadvalda keltirilgan ishlab chiqarishning turli sohalarida qo’llaniladigan 
areometrlar tuzilishi va ishlash printsipi bo’yicha bir-biriga o’xshash lekin ular 
shkalasining qiymatlari va aniqlik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. 10.2-
jadvalda umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning o’lchash 
diapazonlariga bog’liqlik taqsimoti keltirilgan. 
10.2-jadval 
Umumiy ishlatish uchun mo’ljallangan areometrlarning
o’lchash diapazonlari
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida zichlikni uzluksiz o'lchashda tekshirilayotgan 
suyuqlik uchun qalqovichi doimiy cho'kib turuvchi avtomatik asboblardan 
foydalaniladi. 
Qalqovichli zichlik o'lchagichda kirish trubkachasi orqali tekshirilayotgan 
suyuqlik zichlik o'lchagichning o'lchash kamerasi 1 ga berilib, chiqish trubkachasi 
orqali to'kiladi. Qalqovich 2 shtok 3 orqali tortsion trubka 4 bilan sharnirli 
Nomi 
Zichlikni o’lchash diapazoni, кg/м³ 
Bo’lim 
bahosi 
t, °С 
Areometrning 
uzunligi, мм 
АОН – 1 
700–760, 760–820, 820–880, 880–
940, 940–1000, 1000–1060, 1060–
1120, 1120–1180, 1180–1240, 
1240–1300, 1300–1360, 1360–
1420, 1420–1480, 1480–1540, 
1540–1600, 1600–1660, 1660–
1720, 1720–1780, 1780–1840 

170 
АОН – 2 
1000–1080, 1080–1160, 1160–
1240, 1240–1320, 1320–1400 
1400–1480, 1480–1570, 1570–
1660, 1660–1750, 1750–1840 

305 
АОН – 3 
1000–1400 
10 
300 
1300–1800 
20 
АОН – 4 
700–1000 

320 
1000–1500 
10 
1000–1800 
20 
АОН – 5 
650–720, 720–790, 790–860, 
860…930, 930–1000, 1000–1070, 
1070–1140, 1140–1210, 1210–
1280, 1280–1350, 1350–1420, 
1420–1490, 1490–1560 
0,5 
480 


bog'langan bo'lib, uning yordamida o'lchash kamerasidan oqib o'tayotgan suyuqlik 
zichligini 
o'lchashda 
qalqovichda 
hosil 
bo'ladigan 
itaruvchi 
kuchni 
muvozanatlashtiruvchi kuch hosil qilinadi. 
Bundan tashqari tortsion trubka 4 differensial - transformatorli o'zgartgich 5 
ning o'zagi bilan bog'langan bo'lib, unga to'g'ri keladigan o'lchash asbobi ulanadi. 
Ulash kamerasi davriy ravishda asosning ostki qismida o'rnatilgan to'kish jo'mragi 
orqali tozalanadi. 
Sanoatda 900-1800 kg/m
3
o'lchash diapazoniga, ±4 % xatolikka ega bo'lgan 
gidrostatik zichlik o'lchagichlar ishlab chiqariladi. 
Areometrlar yakka yoki to’plam holda chiqariladi. To’plamda 19 ta areometr 
bo’lib, eng engilining darajasi 0,700, eng og’iriniki esa 1,8400 teng bo’ladi.
Aniqlashni 20°С xaroratda spirtga eng engilini tushirishdan boshlash kerak. Agar 
xarorat 20°С dan farq qilsa, 20°С dagi spirtning quvvatini GOST ning 1-jadvali 
(massa buyicha) yoki 2-jadvali (xajm buyicha) asosida topish ham mumkin. 
Refraktometrik usulda spirtniig quvvatini aniqlash. Toza suvning nur sindirish 
ko’rsatgichi 1,3330 ga teng, absolyut spirtniki esa 1,36242 ga teng. Shu 
ko’rsatgichlar asosida tuzilgan jadvaldan foydalanib, spirtning hajmiy quvvati 
topiladi.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling