7-mavzu. Arslarni matematik modellashtirish usullari
Download 396.54 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq7 maruza (1)
7-mavzu. ARSlarni matematik modellashtirish usullari Reja: 1. ARSlarning differentsial tenglamasini tuzush usullari. 2. Statik xarakteristikalarni chiziqlantirish. 3. Releli elementlarning statik xarakteristikalari. Tayanch so’z va iboralar Avtomatik rostlash tizimi (ART)ning sifatli ishlash tizim elementlarining to’g’ri tanlanishi va rostlanishiga bog’lik. Buning uchun, rostlanuvchi ob’yekt va ARTlar barcha elemetlarining xarakteristikasini bilish kerak. Rostlanuvchi ob’yektlar xilma-xildir. Ular bir-birlaridan xajmi, oqib o’tadigan fizik-kimyoviy jarayonlari, apparatlarining shakllanishi va yana bir qancha omillari bilan farq kiladi. Ammo ART larni taxlil qilishda, ob’yektlar va ART elementlari turlicha bo’lishiga qaramay, ularning bir xil yoki bir-biriga o’xshash bo’lgan xususiyatlarini aniqlash xamda ob’yektlarni shu xususiyatlar bo’yicha namunali ob’yektlarga tavsiflash maqsadga muvofiqdir. Namunali rostlash ob’yektlarining xossalarini bilish muayyan sanoat ob’yektlarini taxlil qilish vazifasini osonlashtiradi. Bu vazifa tekshirilayotgan ob’yekt turini aniqlashdan iborat bo’lib, ob’yekt xususiyatlari tegishli namunali ob’yekt xususiyatlari o’xshash deb kabul kilinadi. Rostlash ob’yekti va ART elementlari xususiyatlarini tavsiflashda matematik modellash usuli qo’llaniladi. Matematik modellash - modellarni qurish va o’rganish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Bunda, o’ rganilayotgan ob’yekt o’rniga model deb ataluvchi moddiy ob’yekt olinadi. O’rganilayotgan ob’yektga o’xshash modelning jarayonlari boshqa fizik xodisaga mos, lekin bir xil tenglamalar bilan tavsiflanadi. Matematik modellar hisoblash mashinalari yoki to’g’ri analogli qurilmasi orqali amalga oshiriladi. Hisoblash mashinalarida o’rganilayotgan xodisa yoki jarayonning matematik tavsifini bir qator elementar matematik operatsiyalar bajarib tiklanadi. Bu operatsiyalar bir nechta elementlarni bir vaqtda yechish yoki bitta elementni ko’p marta yechish bilan bajariladi. To’g’ri analogli modellar, hisoblash mashinasidan farqli ravishda aloxida elementlarga bo’linmaydi. Ular boshlang’ich nisbatlarni qurilmada o’tayotgan xodisa xususiyatlariga ko’ra tiklaydi. Bunda doimo model va xakikiy jarayon parametrlari o’rtasidagi bir ma’noli moslashuvi (tanlangan analogiya tizimiga kura) ko’rsatish mumkin. O’rganilayotgan ob’yektning kirishi va boshkaruvchi parametrlari o’rtasidagi nisbatan aniqlovchi tenglamalar tizimi matematik tavsif deyiladi. Ob’yektning matematik modelini qurish va uni o’rganish bir qator uzaro bog’lik bo’lgan bosqichlarni bajarish demakdir. Modellash vazifasini aniqlash: - ob’yektni o’rganish va tavsifning shakllanishi; - matematik tavsifni tuzish; - modellovchi algoritmni ishlab chiqish; - olingan model va xaqiqiy jarayonning mosligini aniklash; - modellash (ob’yektning matematik modelini tadqiq qilish; - olingan ma’lumotni taxlil qilish. Download 396.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling