7 Mavzu. Boshkaruvdv ijtimoiy javobgarlik, vakolat va majburiyat


Download 232.19 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi232.19 Kb.
#1778802
Bog'liq
7 мавзу


7 Mavzu. Boshkaruvdv ijtimoiy javobgarlik, vakolat va majburiyat.
Tashkilotni tuzishdagi o’zaro ta’sirlar va vakolatlar Mehnatni ixtisoslashtirish va taqsimlash odamlar guruhining mehnat unumdorligini sezilarli oshiradi. Ammo agarda odamlar va tashkiliy bo’linmalar orasidagi munosabatlar aniq ajratilmasa, ixtisoslashtirishning samaradorligi yo’qotiladi. Vakil qilib yuborish orqali vakolatni amalga oshirish asosiy jarayondir, u orqali rahbarlar tashkilotdagi odamlarning rasmiy o’zaro munosabatlarini bog’laydi. Vakil va masalalar orqali tashkilot rahbarlari ish uchun odam tanlaydilar va ulardan qaysi biri «boshliq — bo’ysunuvchi» munosabatida qatnashishi, ishlashi haqida echim qabul qiladi.
Hozirgi bizning vazifamiz sizni tashkilotlardagi vakil va vakolatning xususiyati bilan tanishtirishdir.
Vakil, mas’uliyat va vakolat Tashkilotning rejasini amalga oshirmoq uchun tashkilot maqsadlaridan kelib chiqadigan har bir masala yoki vazifani bajarilmog’i kerak. Buning uchun rahbariyat odamlar va masalalar orasidagi samarali birikish usullarini topa bilishi shart. Bu masalani echish uchun maqsadlarni qo’yabilish va ularni siyocai, strategiya, bajariladshan ish gartibi va qoidalari bilan ta’minlashlar orqali ijobiy ta’sir ko’rsatish kerak. Albatta, moyillik (qiziqish) va nazorat masalalarining samarali echilishida sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ammo boshqarish jarayonining vazifasi bo’lmish tashkil etish ko’pgina masalalarni uzluksiz o’zaro muvofiqlashtirishlar, odamlarni rasmiy o’zaro munosabatlari va ularni bajarilishlari bilan bog’liq. Tashkilot — bu korxona tuzilmasini yaratish (qurish) jarayoni bo’lib, uning maqsadlariga erishish uchun odamlarni samarali ishlashlariga imkon yaratadi. Tashkiliy jarayonni vakil qilib yuborish kutubxonasi siz, vakolat va mas’uliyat tushunchalarisiz tasavvur qilish qiyin. Vakil (vakil qilib yuborish) boshqarish nazariyasida shaxsga topshiriq va vakolatlar berish demakdir, u esa ushbu topshiriq va vakolatlarni bajarilishi uchun o’ziga javobgarlikni oladi. Javobgarlik esa bor topshiriqlarni albatta (majburiy) bajarilishi demakdir va ularni qoniqarli echilishiga javob beradi.
Vakolat — vakil qilib yuborilgan shaxsga topshirilgan vazifalarni bajarilishi uchun tashkilot ne’matlaridan foydalanishda chegaralangan huquqdir, hokimiyat esa holatga muayyan imkon tug’dirish yoki ta’sir etish imkonidir. Vakolat bo’lmasa ham hokimiyat etarli bo’lishi mumkin. Hokimiyat haqiqatda bajariladigan ishni aniqlaydi. Chiziqli va shtabli vakolatlar Tashkilotda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi moment ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish, ish bajarish) jarayonidir. U o’zaro bog’langan, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar natijasida dastlabki materiallar va xom ashyolar tayyor buyum (mahsulot)ga aylanadi. Ushbu jarayon jamoa xodimlari o’rtasida mehnat taqsimotini hamda ular o’rtasida avtotransportlar, mashinalar, asbob-uskunalar, mexanizmlar va shu singarilarni tegishli ravishda taqsimlashni talab qiladi. SHu maqsadsa ishlab chiqarish bo’linmalari, qismlar, bo’limlar va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati (shtabi) tuziladi. Ularning salmog’i, salohiyati, rejalashtirilishi ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish shaklini aks ettiradi. Bo’linmalar, qismlar, bo’limlar yig’indi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari tashkilot yoki korxonaning tashkiliy tuzilishini tashkil etadi.
Korxona bo’linmalari, qismlari, bo’limlari, sexlari, markazlari o’zining aniq belgilangan vazifalariga ega. Har bir tashkilot yoki korxona o’ziga xos (sex va sexsiz korpus va filial tuzilishi) tashkiliy tuzilmaga egadir. Bu tuzilish ko’pgina omillarga (texnologiya, tashkilotning joylanishi, quvvati, faoliyati, xodimlarning tashkilotga munosabatlari, muhitning o’zgaruvchanligi, ta’minlanish va hokazolar) bog’liq. Tashkilotni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi — bu tizimning turli bosqichi (pog’onasi)da joylashgan va tashkilotning ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) tizimi sifatida faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydigan o’zaro bog’liq boshqaruv organlarining yig’indisidir.
Tashkilotni boshqarish tizimi nisbatan alohida qismlarga — boshqaruv organlari (bo’linmalar, bo’limlar, byurolar, sexlar, qismlar, markazlar, filiallar, kichik korxonalar, ayrim rahbarlar)ga bo’linuvchi boshqaruv apparati (shtabi) dan iboratdir. Tashkilot ichidagi boshqarish ishlab chiqarishni tashkil etish pog’onalariga mos boshqaruv bosqichlarining bo’lishini taqozo etadi. Har bir pog’ona navbatdagi, yuqori pog’onaga bo’ysunib, o’ziga xos «qavatlar»dan iborat bo’lgan boshqaruv «ierarxiya»si yuzaga keladi.
Tashkilotni boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy tuzilmalari ma’lum: chiziqli vakolat, chiziqli—shtabli vakolat, funksional va matrisali (mahsulot bo’yicha).
Bu turdagi vakolatlarning har biri o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Tashkiliy tuzilmaga ko’ra eng oddiysi chiziqli vakolatli boshqarishda. Bunda boshqarishning hamma vazifalari bo’linma menejeriga topshirilgan barcha quyi rahbarlar va ishlab chiqarish bo’g’inlari unga bo’ysunadi. Rahbarlikning yagona vertikal chizig’i va bo’ysunuvchilarga ta’sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri yo’li ochiladi. Bu hol bir-biriga zid va chalkash topshiriqlar bo’lishi hollarini kamaytiradi, yakka bosh116 www.ziyouz.com kutubxonasi chilikni va shaxsiy javobgarlikni mustahkamlaydi. Bu toifa tuzilishning afzalligi uning oddiyligi, puxtaligi va tejamliligidadir. SHunday bo’lsada, uning katta kamchiligi bor: agar rahbar muayyan vazifalarni bajarishda ixtisoslashtirilgan bo’limlarning yordamisiz ish kursa, u universal mutaxassis bo’lolmaydi va ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) faoliyatining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Ishlab chiqarishning tobora murakkablashib, ko’lamining kengayib borishi boshqarish vazifalarini differensiyalashtirish (tabaqalashtirish)ni talab qiladi, boshqarishning chiziqli-shtab tuzilmasi tashkil etiladi. Chiziq rahbarlari ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining hamma tomonlarini qamray olmaganliklari sababli boshqaruv organlari tuziladi, ishlab chiqarishning borishini rejalashtirish, hisobga olish va nazorat qilish uchun, ishning ahvolini o’rganish va tegishli echimlar qabul qilish uchun mutaxassislar jalb qilinadi. Lekin bu mutaxassislar echim qabul kdlish va ishlab chiqarish natijalari uchun to’g’ridan-to’g’ri javobgar emaslar.
Chiziqli-shtab tuzilmasi rejalashtirish, hisobga olish, nazorat qilish masalalarini yanada malakaliroq hal qilish imkonini beradi, lekin echim qabul qilish paytida chiziq rahbarlarining ishini bajarish xavfini tug’diradi.
Funksional tuzilmada rahbarlar faoliyatning muayyan bir sohasiga ixtisoslashadilar va tegishli funksiyani amalga oshirish uchun javob beradilar. Funksional bo’limlar boshliqlarining qar biri o’z kompetensiyasiga taalluqli masalalar bo’yicha ishlab chiqarish bo’linmalariga bevosita buyruq beradi. Bu tuzilmaning asosiy afzalligi shundaki, bunda mutaxassislar ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko’rsata oladilar, boshqaruvni ixtisoslashtirish darajasi yuksak bo’ladi hamda qabul qilinadigan echimlar yaxshilab ishlab chiqiladi va asoslanadi. Funksional tuzilma ko’rsatmalar beriladigan ko’pdan-ko’p bo’limlar, chiziqlar yoki kanallar bo’lishini taqozo etadi. Bu esa uning asosiy kamchiligidir.
CHiziqli, chiziqli-shtab va funksional tuzilma unsurlarini uyg’unlashtirilgan boshqaruv tuzilmasi amalda keng qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda chiziqli va funksional tizimlarning hamma ijobiy jihatlarining sintezi bo’lgan chiziqli-funksional boshqaruv tuzilmasi eng keng tarqalgan. «Mahsulot bo’yicha» (yoki qolipli tuzilma) bo’yicha boshqarish tuzilmasi ancha murakkab bo’lib, u ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirish tizimi (ASUP) sharoitidagi an’anaviy chiziqlifunksional tizimning rivojlangan shaklidir. Bu tuzilma korxonada gorizontal aloqalarni yo’lga qo’yishi va ularni axborot texnologiyalari yordamida murakkab buyurtmalarni bajaruvchi turli xil korxonalar faoliyati bilan bog’lashi, texnika sohasida yuqori malakali xizmat ko’rsatishni va ekspertizani ta’minlashi lozim. Yuqorida qayd qilingan korxonani boshqarishning asosiy tashkiliy tuzilmalari o’quvchi tasavvuriga qulaylik maqsadida ularning sxematik ifodalari keltirilgan. Korxona qancha bo’lim, bo’linma, byuroga bo’linmasin (departamentalizasiyalash), uning markaziy bo’g’ini korxona menejmenti yoki rahbaridir. Rahbar tashkilot faoliyatining asosiy, eng muhim masalalarini hal qilayotganda boshqaruv va ishlab chiqarish bo’linmalarining boshqarish hamda ularga rahbarlik qilishning ayrim vazifalari bo’yicha o’z o’rinbosarlariga vazifalar taqsimlaydi va ularga tegishli huquqlar beradi.
Avtotransport korxonalarida quyidagi boshqarmalar yoki o’rinbosarlar bo’lgani maqsadga muvofiq:
shaxsni boshqarish boshqarmasi;
iqtisodiy boshqarma;
texnik vositalarni boshqarish boshqarmasi.
Korxonalarni boshqarishning asosiy tashkiliy tuzilmalari muhofaza qilish, texnika va harakat xavfsizligi, mehnat bo’limy va ish haqi, sotsiolog va psixolog, ma’muriy-xo’jalik qismi, kichik xizmat ko’rsatish xodimlari, kasaba va yoshlar uyushmalari, kasbiy tayyorlov va shu kabilar yordamida faoliyat ko’rsatadi. Iqtisodiy boshqarma marketing bo’limi, buxgalteriya, avtokolonnalar, tijorat bo’limi, reja bo’limi, tashqi iqtisodiy aloqa, mehnat, xodimlar, qurilish, ta’minotlar bo’yicha iqgisod, audit, standartlash, sifatni boshqarish va sh.k.lardan iborat bo’ladi. Texnik vositalarni boshqarish boshqarmasi barcha ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish-texnik bo’limi, avtomobillarni ta’mirlash ustaxonasi, bosh mexanik bo’limi, texnik ma’lumot bo’limi, texnik nazorat bo’limi, ishlab chiqarish qismlari, ishlab chiqarishni markaziy boshqarish va sh.k.larga rahbarlik qiladi. 119 www.ziyouz.com kutubxonasi 7.4.3. Vakolatlarni taqsimlashni samarali tashkil etish Tashkilot o’z maqsadlariga erishishi va taraqqiy etishini istagan rahbar vakolatlarni avtomatik ravishda taqsimlayvermaydi. Bu bosqich ham boshqarish jarayoni va boshqa qolgan jarayonlar kabi samarali bajarilishi kerak. CHunki boshqarish vazifalari o’zaro bog’liq, masalalar va vakolatlarni samarasiz taqsimlab berish keyingi har bir vazifa uchun muammo yaratadi. Vakolatni samarali taqsimlashga ta’sir etuvchi barcha omillarni tushunmoq uchun tuzilma va uning boshqa o’zgaruvchilarga munosabatini ko’ra bilish lozim. Tashkiliy tuz il mani ishlanma harakatining ketma-ketligi quyidagicha: tashkilotni gorizontal bo’yicha keng bloklarga bo’lishni amalga oshirish; turli lavozimlarning vakolatlari nisbatini aniqlash; lavozim majburiyatlarini aniqlash. Vakolat taqsimlashda korxona faoliyatining qaysi vazifasi chiziqyai, qaysi biri apparat-shtabli vakolatga mosligi aniqlanadi. Odatda, chiziqli vakolatga korxonaning ishlab chiqarish, sotish va moliya vazifalari tegishli. Ikkinchi tushuncha deb muvofiqlashtirishda chiziqli vakolatning ahamiyati va muvofqlashtirishni engillashtirish uchun rahbariyat vakil yuborish orqali ba’zi bir usullarni qo’llaydi. Vakolatlar taqsimlanishining samarali tashkil etish usullari: chiziqli va shtabli vakolatlar orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish; chiziqli vakolat va muvofiqlashtirish orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish; samarali vakil yuborishga to’siqlarni engish. CHiziqli va shtabli vakolatlar orasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etishda rahbariyat bu faoliyat turi chiziqlimi yoki apparatlimi aniqyaashi kerak. CHiziqli faoliyat tashkilotlarda chiqariladigan mahsulotlar yoki xizmat ko’rsatishni yaratish, moliyalash va sotish bilan aynan bog’liq. Apparat asosiy vazifaning bajarilishiga yordam beradi go’yoki operasiya vakd'ida malakali hamshira xirurgga yordam berganidek. Tabiiyki, qaysi muayyan faoliyat ko’rinishlari apparatli-shtab vakolatga o’tkazish tashkilotning yuksak vazifalari, maqsadlari va strategiyasiga bog’liq.
Masalan, ko’pgina yuridik bo’linmalar tashkilotning apparatli faoliyatiga taalluqli. Ammo yuridik firmalarda yuristlar tashkilotning tepasi (uchi, cho’qqisi)ni tashkil etadilar. Xuddi shuningdek, o’qitish odati apparat faoliyati yoki chiziqli rahbarlikni oddiy bir majburiyatlaridandir. Ammo kollejda dare berish tashkilotning asosiy faoliyat turidir. Moliya esa har qanday tashkilotda asosiy faoliyat hisoblanadi va shuning uchun chiziqli faoliyatga tegishli. Ammo moliyaviy hujjatlar, buxgalteriya hisobini olib borish esa apparat faoliyati sifatida qaralishi mumkin, chunki rahbariyat uchun moliyaviy faoliyat yordamchi vositadir. CHiziqli vakolat va muvofiqlashtirish faoliyatida chiziqli vakolat «personallashtiradi» va bo’ysunuvchilar va boshliqlarning o’zaro munosabati soddalashadi. Vakolatni oluvchi masalalar uchun shaxeiy mas’ulyatni o’ziga oladi va vakil oldida ularning qoniqarli bajarilishi uchun javob beradi. Agar bo’ysunuvchi qiyinchilikka uchrasa, u echim uchun kimga uchrashishini biladi. Agar aynan boshliqni o’zi masalani echa olmagan holdagina yuqori komanda zanjiri bo’yicha murajaat davom etadi. Holatli boshqarish nazariyasi bilimidan ma’lumki, bu erda yagona boshliqlik, yagona boshliqlik tamoyili, boshqarish me’yorini cheklash kabilardan rahbariyat foydalanadi. Samarali vakil yuborish to’siqlari agar vakil qilib yuborilganlar tomonidan mo’ljallangan va majburiyatlarni yaratishga qaratilgan bo’lsa faoliyatda o’ta qudratli kuch bo’lishi mumkin. Afsuski, agar rahbariyat vakolat olganlarning shaxeiy sifati va kutubxonasi talabini hisobga olish bo’yicha kelishilgan intilishni qo’llay olmasa, u holda rahbariyat uchun ham va vakolat olganlar uchun ham katta qiyinchiliklar kelib chiqishi mumkin. Vakil qilib yuborish samarali fikr almashish (kommunikasiya) demakdir. Rahbarda majburiyat borki, unga bo’ysunuvchilar bajarishi kerak. Bo’ysunuvchilar rahbar nima bajarilishi kerakligini aniq tushunishlari kerak. Vakil oradagi to’siqlarni tushungan holda bartaraf etishi kerak, aks holda vakolat samarali tashkil etilmagan bo’ladi. SHunday qilib, aytish mumkinki, ishlab chiqarish (xizmat ko’rsatish) jarayonidagi o’zgarishlarga qarab boshqarish jarayoni va tashkiliy tuzilma ham doimo takomillashib boradi. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish o’zgaradi qamda boshqarish bo’g’inlari bo’yicha vazifalarni taqsimlash ham eskirishi mumkin. Boshqarishni tashkil etishning asosiy mezonlari: asosiy ishlab chiqarishni rasional tashkil etish va ixtisoslashtirish, ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatik tizimini joriy etishni ta’minlash imkonini beruvchi boshqarish vazifalarini markazlashtirish va ixtisoslashtirish; boshqarish tuzilmasida pog’ona (bosqich) larning ko’p bo’lmasligi, burchlar va huquqlarning aniq chegaralanganligi, boshqarishning oddiy, puxta va tejamli bo’lishini ta’minlovchi hujjat shakllarini unifikasiya qilish.
Tashkilotni tuzish (qurish) Tashkilotni tuzish to’rt bosqichdan iborat: tashkilotning tuzilmasini tanlash, departamentlashtirish, moslashtirilgan tashkiliy tuzilmani tanlash, markazlashgan va nomarkazlashgan tashkilotlarni aniq ajratish. YUqorida vakil qilib yuborish uning xuquqi va mas’uliyati, ularning oqibatida tashkilot bo’yicha pastdan yuqorigacha qamraladigan yagona tizim paydo bo’ladi deyilgan edi. Hozir esa, bu erda ko’rib o’tilgan tashkilotning yaxlit tuzilmasini shakllantirishga muqobil yondashish qaraladi. Tashkilot tuzilmasini tanlashda tashkiliy loyihalashning bosqichlariga (tashkilotni gorizontal bo’yicha yirik bloklarga bo’lish, vakolatlarni har xil vazifadagi munosabatlari, vazifalar majburiyatini aniqlash), amaldorlik (amaldorli tashkiliy tuzilma, amaldorlikni salbiy tavsifi)ga e’tibor berish lozim. Amaldorli tashkiliy tuzilma mehnatni yuqori darajada bo’linishi bilan tavsifli, odamlar xulqining ko’pdan-ko’p qoida va me’yorining borligi, xodimlarni ularning ishbilarmonlik va kasbining sifatiga qarab tanlash kabilar bilan tavsiflanadi. Ko’pgina tashkilotlarning hozirgi kunda tashkiliy tuzilmaning keng ko’lamda foydlanayotgan asosiy turlaridan biri boshqarishning amaldorli tuzilishi (funksional tashkilot), yirik tashkilotlarda esa bo’linmali (devizionli) tuzilishi (har xil mahsulot ishlab chiqarishga mo’ljallangan), xalqaro bozorlarda faoliyat ko’radigan firmaning tashkiliy tuzilmasi, moslashtirilgan tashkiliy tuzilmasi, markazlashtirilgan va nomarkazlashgan tashkilotlardir. Amaldorli tuzilmaning ba’zi muammolari uzviy ravishda yoki moslashtirilgan tashkiliy tuzilmalarni kiritish bilan echilishlari mumkin. Moslashtirilgan tuzilmalarning asosiy turlariga loyihalash tashkiloti, matrisali (qolipli) tuzilmadagi tashkilot, muayyan vazifaga mos keladigan tashkilot turlari (konglomerat turidagi) kiradi. Loyihalash va matrisali tashkilotlarda maxsus tuzilgan, vaqtincha maqsadli tuzilma tashkilotning doimiy tuzilmasiga qo’shib ko’yilgan bo’ladi. Bunda qo’shimcha qo’shib qo’yilgan vakolat boshqa bir holatda hokimlik uchun kurashga olib keladi. Konglomerat asosiy firma va alohida qaralayotgan iqtisodiy markazlar timsolida tarmokdanib chiqqan shirkat (sho’ba)lardan tuzilgan. Asosiy, ona firma o’zining muhim o’sishiga binoan tarmoqlanib chiqqan shirkat mahsulotlarini sotib-oladi va sotadi. Tashkilotning barcha masalalari va rejalaridagi tafovutlarini hisobga olish va ifodalash maqsadida korxona rahbari departamentlashtirishning har xil tizimlaridan, ya’ni boshqarishning amaldorlik andozasining ijobiy xususiyatlaridan, tashkilotni alohida bo’limlarga bo’lish jarayonidan foydalanadi. Bunda bo’linmali tuzilma bo’lishi mumkin: mahsulot tuzilma, mahsulotli tuzilmaga mo’ljallangan tashkiliy tuzilma, mintaqali tashkiliy tuzilma, mo’ljallangan bo’linmalarni tanlash. Tashkilot tuzilmasini tanlashda mahsulot ishlab chiqarish muhim o’rin tutsa, u holda boshqarish bo’yicha vakolat o’sha mahsulot yoki xizmat ko’rsatish rahbariga beriladi, u esa ushbu mahsulot uchun javobgardir. Qolgan ikkinchi funksional bo’linma rahbari (ishlab chiqarish, texnik, tijorat v boshqa) shu mahsulot bo’yicha boshqarma boshlig’i oldida hisobot beradi. Mahsulotli tuzilmaga mo’ljallangan tashkiliy tuzilma ko’pgina navdagi va toifadagi mahsulotlar va xizmatlar ko’rsatib (ishlab chiqarib) bir qancha yirik iste’molchi guruhlar yoki bozorlar talabiga javob beradi. Har guruh yoki bozorning aniq talabini biladi. Agar bunday guruh istemolchilar ikki va undan ziyod iste’molchisi bo’lsa, ana shunday mahsulotli tuzilmaga mo’ljallangan tashkiliy tuzilmani qo’llashi mumkin. Bunda tashkilotning bo’linmalari iste’molchilarning ma’lum guruhi atrofiga birlashadilar. Agar tashkilot faoliyati katta geografik mintaqada ish olib borsa, mintaqali tashkiliy tuzilma samarali hisoblanadi, ayniqsa xalqaro miqyosda. Mo’ljallagan bo’linmalarni tanlashda esa, qaysi bir iste’molchidan ko’proq bog’liq bo’lsa, o’sha tuzilmani tanlagani maqsadga muvofiq.
Download 232.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling