7-mavzu. Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish (4 soat)


Download 40.72 Kb.
bet1/2
Sana25.08.2023
Hajmi40.72 Kb.
#1670068
  1   2
Bog'liq
7.1-mavzu. Bozor segmentatsiyasi turlari.


7-mavzu. Bozor segmentatsiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish (4 soat)

7.1-mavzu. Bozor segmentatsiyasi turlari.




Reja:
7.1. Bozor segmentatsiyasining mohiyati va uning ahamiyati.
7.2. Bozor segmentatsiyasining xususiyatlari.
7.3. Bozor segmentatsiyasi turlari.
7.4. Bozor segmentatsiyasining asosiy tamoyillari.
7.5. Maqsadli bozor segmentlarini tanlash.
7.6. Tovarni bozorda pozitsiyalashtirish.


Qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar: “Blis so‘rov”, “Aqliy xujum”, insert, diskussiya usullari.


7-mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan adabiyotlar

  1. Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Brennan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson

  2. Philip Kotler, Kevin Lane Keller. Marketing Management. Pearson Education, Inc., publishing as Prentice Hall, United States of America 2012 y.

  3. Kotler F. Osnovы marketinga. Uchebnoe posobie. –M.: Izdatelskiy dom «Vilyams», 2010. – 656 s.

  4. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2019. - 305 b.

  5. Paramonova T.N. Marketing. Uchebnoe posobie. – M.: KNORUS, 2010.–190s.

  6. Ergashxodjaeva Sh.Dj., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing.- O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi - T.: Iqtisodiyot, 2018. - 315 b.



Keys stadi
Bozor sig‘imini baholash va tovar ishlab chiqarish
bo‘yicha qaror qabul qilish
Bozorni tahlil qilish ma’lumotlari
Rossiya kofe bozorining amaldagi yillik sig‘imi 1992 yil narx ifodasida 50 mln. dollar atrofida bo‘ldi. «Mi-Servis» firmasi tomonidan taqdim etilgan kofega talab statistikasi quyidagicha: Bashqirdiston, Belarus, Uzoq Sharq, Zabaykale, Moskva, Priurale – 5%dan, Komi Respublikasi va Sankt-Peterburg – 10%dan, Markaziy va Sharqiy Sibir – 15%, Rossiya janubi – 20%.
G‘arbiy Yevropada ishlab chiqarilgan, maydalangan qadoqlangan kofe bahosi mahalliy importchilar uchun tonnasi kamida 10 ming dollar, eriydigan kofe - 20 ming dollar, granula shaklidagi kofe - 45 ming dollar darajada bo‘lgan. G‘arbiy Yevropada qata ishlash jarayonida kofe narxi o‘rtacha 7 marta oshadi.
Mamlakatga kofe nodavlat importi 80%ga Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan, fraxtda tejab qolish maqsadida amalga oshirilgan. Bugungda eriydigan va shisha idishlarga qadoqlangan kofe o‘rtacha narxi tonnasiga 4 ming doll., qovurilgan don shaklidagi (3-5 kg plastik paketlar) – 2,2 ming doll.
Yashil (xom) kofeni Germaniya, Vengriya, Polsha, Chexiyada sotib olish va uni s posleduyuщey jarkoy i fasovkoy v Bolgariya, Rumыniya yoki Turkiyaning yevropa qismida qovurish va qadoqlash bir vagon (60 t.) partiyadan boshlab o‘zini oqlaydi va bunday partiya kamida 100 ming dollarga to‘g‘ri keladi. Valyutadagi foyda darajasi – 100%.
Kofe xomashyosini Afrikada tonnasini 500 dollardan ham sotib olish mumkin, biroq 500 t. Yuk ko‘taradigan kema fraxti 60 ming dollarga tushadi. Aytib o‘tilgan mamlakatlarda kofeni qovurish va qadoqlash xarajatlarini hisobga olgan holda 550 ming dollar miqdorida boshlang‘ich kapital talab etiladi. Foyda – 150%.
Rossiyada kofe qovurish bo‘yicha liniyalar qurish har 500 t. kofeda 100 ming dollar tejab qolishga imkon beradi. Oyiga 500 tonna xomashyo qayta ishlashga qodir bo‘lgan, ilgari foydalanilgan import liniya 100-150 ming dollar atrofida turadi.



Download 40.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling