7-mavzu. Sotsial psixologiyada shaxs muammosi reja


Download 181.78 Kb.
bet1/4
Sana17.02.2023
Hajmi181.78 Kb.
#1205165
  1   2   3   4
Bog'liq
7-mavzu


7-MAVZU. SOTSIAL PSIXOLOGIYADA SHAXS MUAMMOSI


REJA:

1. Shaxs – sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida


2. Sotsial normalar, sanksiyalar va shaxs.


1. Shaxs – sotsial ta’sirlar mahsuli sifatida
«Shaxs» tushunchasi psixologiyada eng ko‘p qo‘llanilladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o‘rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning sotsialligi va aynan jamiyat bilan bo‘lgan aloqasi masalasini chetlab o‘tolmagan.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, «Homo sapiens» – «aqlli zot» tushunchasini o‘zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo‘lganiga tahminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan emish.
Charlz Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko‘proq biologik omillardan ko‘ra, sotsial omillar ta’sirida ro‘y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o‘rganish masalasi uning bevosita sotsial muhiti va uning sotsial normalari doirasida o‘rganishni taqozo etadi.
Sotsial muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko‘rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu sotsial olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan sotsial xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo‘ladi. Psixologiya ilmining namoyondalari bo‘lmish olimlarning butun bir avlodi ana shu shaxs va jamiyat aloqalari tizimida insonning tub mohiyatini anglash, uning rivojlanishi va kamol topishi qonuniyatlarini izlaganlar.
Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, A.Navoiy kabi ko‘plab Sharq allomalari ham bu o‘zaro bog‘liqlikning falsafiy va sotsial sirlarini ochishga o‘zlarining eng durdona asarlarini bag‘ishlaganlar. Barcha qarashlarda umumiy bo‘lgan narsa shu bo‘lganki, odamni, uning mohiyatini anglash uchun avvalo uning shu jamiyatda tutgan o‘rni va mavqeini bilish zarur. Shaxsni o‘rganishning birlamchi mezoni ham shundan kelib chiqqan holda, uning sotsial mavqei, sotsial munosabatlar tizimidagi o‘rni bilan belgilanishi kerak.
Lekin, shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar masalasi birdaniga, bir xil yechimga kelinmagan. Bu o‘zaro munosabatlar asosan ikki polyar nuqtai nazardan kelib chiqadi.
Nativizm yo‘nalishining tarafdorlari insonlardagi barcha xususiyatlarni tug‘ma xarakterga ega, deb e’tirof etadilar (Lens, Gruber va boshqalar).
E mpirizm tarafdorlarining fikricha, yangi tug‘ilgan bola go‘yoki «top-toza taxta» (tabula rasa), unga hayot va undagi talablar o‘zining qonuniyatlarini yozadi va bola ularga so‘zsiz bo‘ysunishga majbur. Bu yo‘nalishning asoschilaridan biri Djon Lokk bo‘lib (1632 – 1704) uning fikricha, tug‘ma fikrlar yoki g‘oyalar bo‘lishi mumkin emas, ular xohish-tilak va og‘riq kabi elementar sezgilarning qayta ishlanishi natijalaridir. Hayotda ana shunga o‘xshash turli xil sezgilar va g‘oyalarning assotsiatsiyasi ro‘y beradi.

Download 181.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling