7-mavzu. Yo`L qurilish korxonalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish
Download 23.34 Kb.
|
7-mavzu. Yo`L qurilish korxonalari moddiy-texnik bazasini rivojl-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6.1. Yo‘l xo‘jaligida logistika
7-mavzu. Yo`L qurilish korxonalari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish 7-MAVZU. YO`L QURILISH KORXONALARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI RIVOJLANTIRISH. REJA: 1. Yo‘l xo‘jaligida logistika. 2. Material Requirements Planning (MRP). Enterprise Resource Planning (ERP) (Korxona resurslarini rejalashtirish (KRR)). Just In Time (JIT) (Ayni vaqtida(AV)). 6.1. Yo‘l xo‘jaligida logistika Logistikaning asosiy g‘oyasi - ishlab chiqarishning barcha bosqichlariga (xomashyoni qazib chiqarish, tashish, materiallarni olish, yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish, ob’ektlarni ekspluatatsiyaga topshirish) mehnat mahsulotlari, shuningdek u bilan bog‘liq bo‘lgan axborotning yaxlit va uzluksiz transformatsiyalanish va harakat jarayoni sifatida qaralishi lozimligidan iboratdir. Xorijlik mutaxassislarning baholashlariga ko‘ra, korxonalarda logistikani majmuaviy joriy qilish zahiralar darajasini 30-50% ga pasaytirishni va mahsulotning harakatlanish vaqtini 25- 45% ga qisqartirishni ta’minlashi mumkin [1]. Xarajatlarni optimallashtirish logistikaga katta e’tibor qaratilishiga olib keladi, chunki xarajatlar darajasi kompaniyaning samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli kompaniyada logistika foydalanilmagan yashirin resurs rolini o‘taydi, bu unga biznesni rivojlantirish uchun ulkan raqobat ustuvorligini beradi. O‘zbekistonda logistika transport sohasida ham keng qo‘llanilishga ega bo‘lishi mumkin. Respublika yo‘l xo‘jaligining ishida amalda logistika tamoyillaridan foydalanilmaydi. Biroq uning iqtisodiyotdagi katta ahamiyati O‘zbekiston yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini ishlab chiqishni talab qiladi. Buning uchun birinchi navbatda bu tizimlarning harakat sohasini aniqlab olish zarur bo‘ladi. Logistika ta’minot, sotish va ishlab chiqarishga hamrohlik qiluvchi sohalar emas, balki korxonaning umumiy samaradorligini belgilaydigan teng huquqli faoliyat sohalari ekanligini ko‘rsatish bilan xo‘jalik siklini ishlab chiqarish va muomala sohalariga ajratmasligi muhim bo‘lib hisoblanadi, bu korxonalarning u orqali moddiy va boshqa oqimlar o‘tadigan «xaridlar – ishlab chiqarish – sotish» logistik zanjiri doirasida maksimal gorizontal integratsiyalanishini talab qiladi. Logistika nazariyasida quyidagilar asosiy tadqiqot ob’ektlari bo‘lib hisoblanadi: logistik tizim, moddiy oqim, axborot oqimi, logistik funksiya, logistik zanjir, logistik operatsiyalar, logistik xarajatlar va hokazolar. Logistika o‘zaro bog‘langan bir qator funksional sohalarni, xususan, xaridlar va zahiralar logistikasi, ishlab chiqarish logistikasi, taqsimlash logistikasi, transport logistikasi va hokazolarni o‘z ichiga oladi. Logistik tizimlarda qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyojni bashorat qilish, zahiralarning holatini nazorat qilish, buyurtmalarni to‘plash va ularga ishlov berish, moddiy oqimning logistik zanjir bo‘ylab o‘tish ketma-ketligini aniqlash va hokazolar kabi butun boshli masalalar majmuasi hal qilinadi [5]. Barcha logistik oqimlarni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash mumkin: [1] - logistik tizimga aloqadorligi bo‘yicha: ichki va tashqi oqimlar; - uzluksizlik darajasi bo‘yicha: uzluksiz va diskret oqimlar; - muntazamlik darajasi bo‘yicha: determinantlangan va stoxastik oqimlar; - barqarorlik darajasi bo‘yicha: barqaror va beqaror oqimlar; - oqim intensivligining (shiddatining) o‘zgarish darajasi bo‘yicha: statsionar va nostatsionar oqimlar; - oqim elementlarining ko‘chish xarakteri bo‘yicha: bir tekis va notekis oqimlar; - davriylik bo‘yicha: davriy va davriy bo‘lmagan oqimlar; - oqim parametrlari o‘zgarishining oldindan berilgan ritmga muvofiqlik darajasi bo‘yicha; ritmik va ritmik bo‘lmagan oqimlar; - murakkablik bo‘yicha: oddiy (differensiallangan) va murakkab (integrallangan) oqimlar; - boshqariluvchanlik darajasi bo‘yicha: boshqariladigan va boshqarilmaydigan oqimlar; - hosil qiluvchi elementlarning xarakteri bo‘yicha; moddiy, transport, energetik, pul, axborot, odamlar oqimlari va hokazolar. SHunday qilib, logistika korxonadagi barcha biznes-jarayonlarni boshqaradi, muvofiqlashtiradi va optimallashtiradi. Yo‘l-qurilish korxonasi - logistik zanjirning zvenolari o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlaydigan mikrologistik tizim elementi bo‘lib hisoblanadi, boshqa tomonlama esa – yo‘l qurilish korxonasi – bu alohida moddiy oqimlarning iste’molchisi, tegishli logistik zanjirning oxirgi zvenosi bo‘lib hisoblanadi. Yo‘l-qurilish korxonasi unda kiruvchi moddiy oqimlar (yoqilg‘i, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari va hokazolar) moddiy xizmatlar–transport xizmatlariga aylanadigan ishlab chiqarishning ichidagi logistik tizim sifatida chiqadi. Yo‘l-qurilish mahsulotini ishlab chiqarish va sotish jarayonlari vaqt bo‘yicha mos tushadi. Yo‘l xo‘jaligining logistik tizimini avtomobil yo‘llarida ishlarni bajarish jarayonida shakllangan logistik zanjirlarning tartibga solingan jamlanmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Yo‘l xo‘jaligining logistik tizimlarini rivojlantirishning avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va saklash ishlarini rejalashtirish va tashkil qilish, yo‘l tizimining salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, kapital qo‘yilmalardan maksimal iqtisodiy samara bilan optimal foydalanishdan iborat bo‘ladigan strategiyasini ishlab chiqish maqsadida yo‘l xo‘jaligi logistikasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni yaratish ishlab chiqarish faoliyatining alohida elementlarining yaxlit tizim sifatida ishlashining samaradorligini oshirish maqsadida ularga majmuaviy qarashni talab qiladi. Yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotning boshqa sohalaridan farq qilishi tufayli yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlar ularning tuzilishi, faoliyat ko‘rsatishi va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirlashish tamoyillariga mos ravishda ularni shakllantirishga, ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratiladi. Ilmiy doiralarda logistik tizimlarni makro-, mezo- va mikrologistik tizimlarga ajratishdan keng foydalaniladi [2, 3]. Yo‘l xo‘jaligi makrologistik tizimining chegaralari avtomobil yo‘llarini diagnozlash, loyihalash, qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va saklash ishlarni bajarish va shu bilan bog‘lanadigan moliyalashtirish, zaruriy resurslarni sotib olish, ularni omborlarga joylashtirish, saqlash va qurilish maydonlariga tashish, ob’ektlarda ishlarni amalga oshirish texnologiyalari va ularni tashkil qilish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va ularga haq to‘lashni o‘z ichiga oladigan investitsion sikl bilan belgilanadi. SHu bois yo‘l xo‘jaligining makrologistik tizimini avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va tasarruf qilish jarayonida shakllangan logistik zanjirlarning tartibga solingan jamlanmasi sifatida taqdim qilish mumkin (1-rasm). Mintaqalar darajasida yo‘l xo‘jaligining mezologistik tizimlari shakllantiriladi, ular avtomobil yo‘llarining ma’lum bir uchastkalariga xizmat ko‘rsatadigan tashkilotlarni birlashtiradi. Mezologistik tizimlarning zvenolari bo‘lib mamlakatning alohida viloyatlari hududida avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va saklash ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadigan korxona va tashkilotlar hisoblanadi. Ularning zvenolari yo‘l-qurilish korxonasining tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib hisoblanadigan logistik zanjirlar asosida yaratilgan logistik tizimlar mikrologistik tizimlarga kiradi. Mikrologistik tizim boshqa yuqoriroq toifadagi tizim tarkibiga kirishi mumkin. O‘z navbatida mikrologistik tizim ishlab chiqarishni rejalashtirish, tashkil qilish va nazorat qilish funksiyalarini bajaradigan bir qator tagtizimlarga bo‘linadi. Har bir tagtizim korxonaning konkret ishlab chiqarish funksiyalarini, jumladan, ombor xo‘jaligini tashkil qilish, tashish, xizmatlar ko‘rsatish, axborot bilan ta’minlash va axborotga ishlov berish kabi funksiyalarni bajaradigan iqtisodiy, texnik va ishlab chiqarish xizmatlarini o‘z ichiga oladi. Logistika ularni ishlab chiqarishning alohida qismlarining xarajatlarini emas, balki butun ishlab chiqarishning xarajatlarini minimallashtirishni ko‘zda tutadigan yagona maqsad va vazifalarga ega bo‘lgan tizimga birlashtiradi. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni ishlab chiqish va yaratishning asosiy bosqichlarini aniqlab olamiz Ularning rivojlanishi 2-rasmda keltirilgan vazifalarning hal qilinishi bilan bog‘lanadi. 1. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirishning maqsadlarini belgilash va ularni optimal birlashtirish ↓ 2. O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi va uning tashqi muhitining holati va uni rivojlantirish tendensiyalarini tahlil qilish ↓ 3. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirishning maqsadlari va vazifalarini uning salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish bilan aniqlashtirish ↓ 4. Hisobga olinadigan omillar va ko‘rib chiqiladigan ob’ektlarning o‘zaro ta’sirlarini miqdoriy tadqiq qilish orqali bu maqsadlarga erishish yo‘llari va vositalarini aniqlash ↓ 5. Ularga erishish maqsadlari va vositalarini moliyalashtirishning chegaralanganligini hisobga olish bilan resurslarga bo‘lgan ehtiyoj bilan o‘zaro bog‘lash 6.1-rasm. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarini rivojlantirish bosqichlari. Yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlarni rivojlantirish mexanizmini shakllantirishning birinchi bosqichida tadqiqotning maqsadlari aniqlab olinadi, vazifalarni aniqlashtirish va ifodalash amalga oshiriladi. Bunda logistik tizimlarning faoliyat ko‘rsatishiga nisbatan ularni qurshab turuvchi tashqi muhit tomonidan ham, ichki muhit tomonidan ham qo‘yiladigan iqtisodiy, ijtimoiy, texnik talablarni hisobga olish zarur bo‘ladi. Bu talablar dunyoga keltiradigan ko‘plab mezonlarni ularning eng muhimlarini aniqlash uchun toifalash lozim bo‘ladi. Mikrologistik tizimlarning maqsadlari yo‘l xo‘jaligi makrologistik tizimining maqsadlariga zid bo‘lmasligi lozim, bu logistikada asos sifatida tizimli yondashuvdan foydalanish bilan shartlanadi. Tanlangan maqsadga muvofiq o‘rganilayotgan tizimning holati va uni rivojlantirish tendensiyalarini tahlili amalga oshiriladi, bu jarayonda amaldagi logistik oqimlarning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanadi. Mazkur bosqichda yo‘l xo‘jaligining faoliyati va uning tashqi muhitining barcha jabhalari o‘rganib chiqiladi, chunki tarmoqda tizimning optimal holatini barcha holatlar uchun yagona bo‘lgan baholash mezonini qullashning iloji yo‘q. Tahlil natijalari logistik tizimni rivojlantirish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni hisobga olish bilan tadqiqotning maqsadini aniqlashtirish imkonini beradi. Yo‘l xo‘jaligi logistikasining logistik tizimlarni rivojlantirishning tashkiliy mexanizmini ishlab chiqishda ularni hisobga olish zarur bo‘ladigan asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: - logistikaning yo‘l xo‘jaligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘lanishi; - tashqi muhit bilan logistik bog‘lanishlarni shakllantirish; - ob’ektlarni rekonstruksiyalash va ta’mirlashning optimal strategiyasini shakllantirish; - logistik oqimlarni tashkil qilish va ulardan foydalanishni optimallashtirish; - moddiy, transport va axborot logistik oqimlarini shakllantirish, harakatlantirish va ulardan foydalanishni takomillashtirish; - moliyaviy oqimlardan optimal foydalanishni ta’minlash; - logistik tizimlarning ishlashining samaradorligini ishonchli tarzda baholash. Logistik tizimning rivojlanish salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi va ichki omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mavjud resurslar va imkoniyatlarni hisobga olish bilan tahlil qilish asosida qo‘yilgan maqsadga erishish variantlari ishlab chiqiladi amalga oshiriladi. So‘ngra mumkin bo‘lgan variantlar orasidan oldindan belgilangan mezon bo‘yicha optimal bo‘lgani tanlanadi. Mazkur holatda logistik yondashuv yo‘l loyihalarini yaratish va amalga oshirishning barcha bosqichlarini majmuaviy tarzda, tizimli pozitsiyadan turib qamrab olish imkonini beradi. Xorij tajribasining ko‘rsatishicha, zamonaviy transport-logistik texnologiyalarining joriy qilinishi yakuniy mahsulotning narxida transport tarkib toptiruvchisining ulushini 10-12% gacha kamaytirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning transport-logistika xizmatlariga ketadigan umumiy xarajatlarini esa 10-30% gacha kamaytirish imkonini beradi. Yo‘l-logistika terminalining tarkibida yo‘l xo‘jaligi logistikasining masalalarini hal qilish uchun mo‘ljallangan modulni ko‘zda tutish zarur bo‘ladi. U yo‘l xo‘jaligi korxonalarining ishiga logistika tamoyillarini joriy qilish va logistik tizimlarni rivojlantirishga ko‘maklashishi lozim. Bunda yo‘l xo‘jaligi logistikasining logistik tizimlarni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini ishlab chiqishda asosiy bo‘lib hisoblanadigan quyidagi asosiy tamoyillariga amal qilish ko‘zda tutiladi: - logistikaning yo‘l xo‘jaligi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘lanishi; - tashqi muhit bilan logistik bog‘lanishlarni shakllantirish; - ob’ektlarni rekonstruksiyalash va ta’mirlashning optimal strategiyasini shakllantirish; - logistik oqimlarni tashkil qilish va ulardan foydalanishni optimallashtirish; - moddiy, transport va axborot logistik oqimlarini shakllantirish, harakatlantirish va ulardan foydalanishni takomillashtirish; - moliyaviy oqimlardan optimal foydalanishni ta’minlash; - logistik tizimlarning ishlashi samaradorligini ishonchli tarzda baholash. SHu munosabat bilan logistika yo‘l qurilishi va yo‘llarni ta’mirlash ob’ektlariga materiallarni etkazib berish zanjirlarini shakllantirishga nisbatan integral yondashuvni talab qiladi. Moddiy oqimga logistik transport oqimi xizmat ko‘rsatadi. U berilgan logistik tizimga kiruvchi tashqi oqim bo‘lishi ham, faqatgina uning ichida faoliyat ko‘rsatadigan ichki oqim bo‘lishi ham, tashishlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatiladigan holatda chiquvchi oqim bo‘lishi ham mumkin. Bu moddiy oqimlarning hajmlari va nomenklatura tavsiflariga bog‘liq bo‘ladi. Yo‘l xo‘jaligi mikrologistik tizimi uchun ichki logistik transport oqimining faoliyat ko‘rsatishi xarakterli bo‘ladi. O‘zbekistondagi barcha yo‘l-qurilish tashkilotlari o‘zining transport vositalari parkiga ega, ularning soni, qoidaga ko‘ra, moddiy oqimlarga xizmat ko‘rsatish uchun etarli hisoblanadi. Biroq ishlab chiqarish hajmlari o‘sib borayotgan va bajariladigan ish turlari diapazoni kengayib borayotgan bir paytda qo‘shimcha transport vositalari va ixtisoslashtirilgan harakatlanuvchi tarkiblarga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday holda yo‘l xo‘jaligi mikrologistik tizimida unga kiruvchi logistik transport oqimi vujudga keladi, uni tashkil qilishda eng kamida ikkita variant bo‘lishi mumkin. Birinchi variant turli logistik tizimlarning o‘zaro harakatlari bilan ajralib turadi. Ishlarni amalga oshirish loyihalarini ishlab chiqish va ishlarni tashkil qilishda yo‘l xo‘jaligi korxonalari moddiy va logistik transport oqimining miqdoriy parametrlarini aniqlaydi, ularni o‘zining resurslari bilan solishtiradi. Agar tarkib topgan ichki logistik transport oqimi moddiy oqimga xizmat ko‘rsatishda logistik tizimning ehtiyojlarini qanoatlantirishga qodir bo‘lmasa, u holda tashqi aloqalar hisobiga uning quvvatini oshirish lozim bo‘ladi. Bunday holda berilgan tizimga uni qurshab turuvchi tashqi muhitdan kiradigan tashqi logistik transport oqimi shakllantiriladi. Transport xizmatlarining asosiy etkazib beruvchilari logistik transport tizimlari tarkibiga kiradigan avtomobil transporti firmalari hisoblanadi. Klassik variantda transport xizmatlarini etkazib beruvchi bilan transport xizmatlarining iste’molchisi o‘rtasida berilgan talabnomaga asosan shartnoma tuziladi, faqat shundan keyingina transport ishlarini bajarishga kirishiladi. Tashqi logistik transport oqimini optimallashtirish uchun uni tashkil qilishning transport logistikasining tamoyillaridan foydalanadigan (3-rasm) ikkinchi variantga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Tashqi transport oqimini tashkil qilishning ikkala logistik sxemasini taqqoslaydigan bo‘lsak, u holda logistik transport tizimlari tarkibiga kiradigan avtotransport korxonasining xizmatlaridan foydalanadigan ikkinchi variantning afzal ekanligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Tuziladigan logistik kelishuvdan keladigan foyda korxonalar tomonidan avtomobil transporti firmasining ishlashidan olinadigan samaralarning yig‘indisiga teng bo‘ladi: E l = E 1 + E 2 + E 3 + E 4 + E 5 , (1) bunda: E l – avtomobil transporti firmasining ishlashidan keladigan samara; E 1 - transport oqimining harakatini optimal harakatlanish traektoriyasini aniqlash hisobiga minimal xarajatlar bilan amalga oshirishdan keladigan samara; E 2 – bitta yoki bir nechta logistik sheriklarni optimal tanlashdan keladigan samara; E 3 - transport vositalarining ko‘proq foydali tiplarini tanlashdan keladigan samara; E 4 – moddiy oqimning sifat tavsiflarini ushlab turish talablariga to‘liq javob bera oladigan zamonaviy transport vositalaridan foydalanishdan keladigan samara; E 5 – transport oqimining harakat traektoriyasini operativ korrektirovkalash va uning ishonchliligini oshirishdan keladigan samara. SHundan kelib chiqqan holda, korxonalar avtomobil transporti firmasining ishlashidan keladigan qo‘shimcha samaraga ega bo‘ladi. Tashish jarayonini rejalashtirish va optimallashtirishda makrologistik tizimga kiradigan barcha zvenolarning birgalikdagi ishi hisobga olinadi. Bu faoliyat ko‘rsatayotgan transport oqimining quvvatidan bo‘sh yo‘l bosish va bekor turib qolishlarni bartaraf qilish hisobiga maksimal foydalanish imkonini beradi. Bundan tashqari, korxonalarning sheriklar qidirish va tashish jarayonini tashkil qilish bilan bog‘lanadigan xarajatlari qisqaradi. Logistik yondashuvning iqtisodiyotga an’anaviy qarashdan tub farqi qiziqtiruvchi ob’ektlar faoliyatining barcha jabhalariga, ularning o‘zaro bog‘lanishlariga majmuaviy qarashdan, ularning o‘zaro harakatlari va yaxlitligidan iborat. Logistika dastagidan foydalanish yo‘l xo‘jaligi va uning ishlab chiqarish faoliyatining alohida elementlarining yaxlit tizim sifatida ishlash samaradorligini oshirish imkonini beradi. Yo‘l xo‘jaligi mikrologistik tizimi - logistik axborot oqimi; - logistik moliyaviy oqim. 6.2-rasm. Tashqi logistik transport oqimini tashkil qilishda logistik o‘zaro harakatlar sxemasi. Yo‘l xo‘jaligining iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farq qilishi sababli yo‘l xo‘jaligida logistik tizimlardan ularning tuzilish, faoliyat ko‘rsatish va atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirlashish tamoyillariga mos ravishda shakllantirishga, ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Yo‘l xo‘jaligining logistik tizimini avtomobil yo‘llarida ishlarni bajarish jarayonida shakllangan logistik zanjirlarning tartibga solingan jamlanmasi sifatida tasavvur qilish mumkin. Yo‘l xo‘jaligining logistik tizimlarini rivojlantirishning avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiyalash, ta’mirlash va tasarruf qilishni rejalashtirish va tashkil qilish, yo‘l logistika tizimining salohiyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, kapital qo‘yilmalardan maksimal iqtisodiy samara bilan optimal foydalanishdan iborat bo‘ladigan strategiyasini ishlab chiqish maqsadida yo‘l xo‘jaligi logistikasining asosiy tamoyillarini ishlab chiqish yo‘l-transport tizimining raqobat ustunliklarini ta’minlashga xizmat qiladi. http://fayllar.org Download 23.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling