7-sinf adabiyot III chorak 2-test


Download 42.5 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi42.5 Kb.
#1635213
Bog'liq
7-sinf adabiyot III chorak 2-test


7-sinf adabiyot III chorak 2-test
1.“Agar mumkin bo‘lsa edi, men o‘zimning forsiy va turkiy tillarda aytgan o‘n-o‘n ikki ming she’rimni shu bir g‘azalga almashar edim” kabi fikrlar muallifini toping?
A) A.Navoiy B) Lutfiy C) Husayin Bayqaro D) Bobur
2. Orazin yopqoch ko‘zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh...
ostiga chizilgan so‘zning ma’nosi – o‘xshash vapinhona kabi ma’nolarni beradi. Shu ma’lumotlar tog’rimi?
A) ha tog’ri B) notog’ri
3. Qit’a haqida berilgan to‘g’ri ma’lumotlarni toping?
a--arabcha “bo‘lak, qism, parcha” so‘zidan olingan;
b- mumtoz adabiyotda qo‘llangan janrlardan biri
c-qit’ada muallifning turli mazmundagi fikr-mulohazalari, qarashlari ifodalanadi.
d- Qit’a to‘rt bayt (ikki qator) va undan ortiq bo‘lishi mumkin.
e-Qit’ada har ikkinchi misra (qator) o‘zaro qofiyalanadi.
A) a-c-d-e; B) a-b-c-d; C) a-b-c-e; D) b-c-d-e
4. Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo‘q,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo‘q.
berilgan misralar janrini va futuvvat so‘zining ma’nosi to‘g’ri berilgan javobni toping?
A) qit’a- gamxo‘rlik; B) fard-saxovat;
C) fard-hasadgo‘ylik; D) qit’a- oliyjanoblik
5. Nodirabegim o‘z davrida ijodkor ayollarga she’riyat ilmidan dars berdi va ijodida muammo – she’rda fikrni yashirin ifodalash san’atini mukammal egallay olgan shoiralarimizdan hisoblanadi. Ushu ma’lumot to‘g’rimi?
A) ha tog’ri B) notog’ri
6. Ushbu janr dastlab ishq-muhabbat mavzusida yozilgan bo‘lsa, keyinchalik ijtimoiy-siyosiy, falsafi y- axloqiy, pand-nasihat, hajviy va boshqa mavzularda ham bitilgan. Gap qaysi janr haqida?
A) qit’a; B) Fard; C) ruboiy; D) g’azal
7. Uvaysiyning qaysi g’azalida tabiat tasvirlaridan juda o‘rinli foydalanilgan?
A) O‘rgandim radifli g’azalida B) Sog’indim radifli g’azalida C) dog’ o‘ldi g’azalida D) Anor chistonida
8. Anvar qanday oilada dunyoga kelgan?
A) dehqon oilasida B)ziyolilar oilasida C) bog’bon oilasida D) temirchilar oilasida
9. – Menim so‘zim bir mulohaza, taqsir, mulohaza shar’an isbotka buyurilmag‘an. Hokazo, o‘zingiz aytkancha, go‘yo masnad uchun jon otib yurg‘an Sultonalining zohir harakatiga ham ishonib bo‘lmaydir. – Shuning kabi, siznikiga ham vusuq yo‘q. “Mehrobdan chayon” romanida berilgan ushbu nutq kimga tegishli va vusuq so‘zining ma’nosini toping?
A) Anvarga- shubha B) Shahodat mufti- ulamo C) Abdurahmon-ishonch D) Kalonshoh-hurmat
10. “Har qadamingda seni bir falokat kutadir, menga qolsa, ____________________ga ham ishonib bo‘lmas”. Anvar Ra’noga bu holatda kimgaga ishonish ham xatarli ekanini aytmoqda?
A) onasiga B) otasiga C) Sultonaliga D) Kalonshohga
11. Badiiy adabiyotning qaysi turida asosan his-tuyg‘ular, kechinmalar tasvirlanadi?
A) lirik tur B) epik tur C) Dramatik tur D) maxsus tur
12. Qaysi janrda qahramon hayotining kattaroq davri tasvirlanadi, undagi voqealar va ishtirok etadigan obrazlar soni ham ko‘proq bo‘ladi.
A) roman B) qissada C) hikoyada D) ertakda
13. “Biz bir bog‘ot joyning qo‘rg‘onchasida turardik. May oyining oxirlari, bog‘dagi toklar qiyg‘os gullagan payt. Qo‘rg‘onchada sigir va echkilar bor, ularga o‘t o‘rish, ancha uzoqdagi ariqdan chelakda suv tashib kelish biz kabi dastyorlarning zimmasida edi. Lekin kitob o‘qishimga xalaqit bermasliklari uchun tokzorning narigi chetidagi pana bir joyga yashirinib olar edim. Onam bir necha marta qo‘rg‘onchadan chiqib meni chaqirar, lekin o‘zimni eshitmaganga solib, kitob o‘qishda davom etardim”. Quyida tarjimayi hol qaysi yozuvchi ijodidan?
A) Cho‘lpon B) P. Qodirov C) A. Qodiriy D) Oybek
14. Boburiylar sulolasi Hindistonda necha yil hukmronlik qilgan?
A) 100 yil B) 200 yil C) 300 yil D) 500 yil
15. A Qodiriy “Yulduzli tunlar” romani ustida o‘n yil ishladi. Ish jarayonida u Bobur hayotiga oid manbalarni o‘rgandi, Bobur bo‘lgan joylarga sayohat qildi. Ushbu ma’lumot to‘gri yoki no‘tog’riligini toping?
A) ha tog’ri B) notog’ri
16. Kishilarga estetik ta’sir ko‘rsatadigan,nars,nazm,dramatik asarlarda foydalanadigan uslub berilgan qatorni belgilang.
A.So‘zlashuv uslubi B.Ilmiy uslub
S.Badiiy uslub D.Rasmiy-idoraviy uslub
17. “Shar’an so‘zingizning to‘rt pullik qiymati yo‘q, uka” gapini kim aytadi
A) Kalonshoh B) Sultonali C) Bois D) Abdurahmon
18. “Mehrobdan chayon” romanida Anvarning do‘sti kim?_____________________
19. Fard so‘zining ma’nosi nima?_________________________
20. Yuqar yamonlig‘ angakim, kirar yamon el aro,
Ko‘mur aro ilik urg‘on qilur ilgini qaro. Ushbu fard ma’nosiga mos keluvchi maqol yozing?
21. Boburiylar davrida dunyoga mashhur qanday me’moriy obidalar qurildi?
22. Hikoya, qissa, roman kabi janrlar badiy adabiyotning qaysi turiga kiradi?
23. Lirik turga qaysi janrlar kiradi?
24. Shayboniyxon qaysi yilda Samarqandni egallab oladi?
25. Chu dushman o‘ldi qadimiy, ziyonidin hazar et,
Agarchi nutqi ravonbaxshi jong‘a rohat erur.
Suv birla o‘t aro ziddiyat o‘ldi chun azaliy,
Agar hayot suyidurki, o‘tg‘a ofat erur. Janrini aniqlang?
Download 42.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling