№7,8 Mavzu: O`quvchilar shaхsiyatida musiqiy psiхоlogik хususiyatlar va balоg`at yoshini e’tibоrga оlish muammоlari


Download 83 Kb.
bet1/6
Sana20.12.2022
Hajmi83 Kb.
#1036882
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7- Seminar mashguloti


Seminar mashg`ulоtlar: № 7,8


Mavzu: « O`quvchilar shaхsiyatida musiqiy - psiхоlogik хususiyatlar va balоg`at yoshini e’tibоrga оlish muammоlari»
R Е J A :
1. Bоshlang`ich sinf o`quvchilarining psiхоlоgik-fiziоlоgik, musiqiylik хususiyatlari
2. O`rta sinf o`quvchilarining psiхоlоgik-fiziоlоgik, musiqiylik хususiyatlari
3. O`quvchilarga musiqiy ta’lim bеrishda balоg`at yoshini e’tibоrga оlish
muammоlari
Mashg`ulоtning bоrishi:
I. Tashkiliy qism - 3 daqiqa: Talabalarning sеminar mashg`ulоtga tayyorgarligini aniqlash, mashg`ulоt mavzusi, maqsadi va kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish.
II. O`quvchilarga bеrilgan uy ishlarining bajarilishini tеkshirish, o`rganilgan matеrial yuzasidan o`quvchilardan so`rash - 7 daqiqa
III.Yangi mavzuni bayon qilish – 60 daqiqa


1.Bоshlang`ich sinf o`quvchilarining psiхоlоgik-fiziоlоgik, musiqiylik хususiyatlari


Birinchi sinf o‘quvchilariga xos xususiyatlar quyidagilar:
1. To‘liq shakllanmaganlik, organizmining nozikligi; bir xil holatda turish, bir xil
faoliyat bajarish jarayonida, o‘qituvchining ohangsiz nutqi, darslarning bir qolipda
o‘tilishidan tez charchab qolishlari; diqqatlarining tarqoqligi;
2. Aqliy faoliyat jarayonida yo‘naltirilganlik, tizimlilik malakalarining etishmasligi;
yorqin xotira;
3.Erkin diqqatlarining kulami torligi (shuning uchun dars jarayonida tez-tez
faoliyatlarni o‘zgartirib turish kerak);
4. Aniq va yorqin obrazli tasavvurga ega bo‘lishlari;
5. O‘yinga moyillik: eng murakkab materiallar ham o‘yin orqali engil o‘zlashtiriladi.
O‘yin o‘quvchilarning tasavvurlari, diqqati, xotirasi hamda ijodiy qobiliyatlarini
rivojlanishini faollashtiradi.
Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari
Ko‘zatishlarimizga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilarining bilim darajalari bir tekis bo‘lmaydi. Ayrim bolalar bemalol musiqani boshidan oxirigacha tinglay oladi, qo‘shiqlarni sof intonatsiyada kuylaydi, ayrim bolalar esa aksincha tignlash va to‘g‘ri kuylash haqida tasavvurga ham ega bo‘lmaydilar. Ayrim bolalar maktabga kelgunlariga qadar, musiqa to‘garaklariga qatnashgan va maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya olgan bo‘ladilar. Ayrim bolalar musiqiy muhitda tarbiyalangan bo‘lsalar, ba’zilari umuman musiqadan bexabar bo‘ladilar. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, birinchi sinf o‘quvchilari har xil xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Shunga qaramay, biz ularning ayrim umumiy qiyofalarini sanab o‘tamiz:
1. Musiqani idrok etish borasida ular qo‘shiq, marsh va raqs janrlarini idrok eta oladilar. Birinchi sinf o‘quvchilari tinglaydigan kuy va qo‘shiqlar hajmi jihatidan kichik va yorqin bo‘lmog‘i hamda tinglashdan avval o‘qituvchi uning ifodaviyligi, musiqiy obrazlari, ma’no va mazmuni haqida tushunchalar berishi kerak.
2. Kuylash borasida, birinchi sinf o‘quvchilari avvalgi ( maktabgacha bo‘lgan davrga) musiqiy tayyorgarliklariga bog‘liq. Tayyorgarligi bo‘lmagan bolalarning ovoz diapazoni 2-3 tovushdan, tayyorgarligi bor bolalarda bir oktavagacha ovoz diapazoni rivojlangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi kuylash jarayonida bolalarning ovoz apparati to‘liq shakllanmagan, nozik, ovoz paychalari ingichka bo‘ladi. SHuning uchun kuylashda baqirmasdan yumshok ovozda kuylash kerak. Bu davrda bolalalarning (7 yoshli) ovoz diapazoni re-lya birinchi oktavagacha bo‘lgan tovushlarni qamrab boradi. Lekin dars jarayonida bu diapazon ayrim hollarda birinchi oktavaning si va ikkinchi oktavaning do va re tovushlarigacha ko‘tarilishi mumkin. Biroq o‘quvchilar birinchi oktava do tovushi va undan quyiroq tovushlarni kuylay olmaydilar. Chunki ularning ovozlari tabiatdan jarangdor va yorqindir.
3. Ijodiy yondashish borasida birinchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatlari kengdir. Ular bemalol har xil ijodiy topshiriqlarni bajara oladilar. Ular biror so‘zga melodik va ritmik badihalar qilishlari mumkin. Ular musiqiy cholg‘u asboblarida yoki sahnaviy ko‘rinishlarda, tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni harakatlar va pantomimalar bilan ko‘rsatib bera oladilar.


Ikkinchi sinf o‘quvchilariga xos xususiyatlar quyidagilar:
1-2-sinf o‘quvchilarining ko‘pgina umumiy jihatlari - idroki, fantaziyasi, xotirasi, qiziqishlari bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida sezilarli farq bor. Birinchidan, 2-sinf o‘quvchisi 1-sinf o‘quvchisiga nisbatan, darsda o‘zini qanday tutish, dars tartib-intizomi, kun tartibiga moslashganlik jihatidan ancha tajribaliroq bo‘ladi. 2-sinf o‘quvchisida iroda etarlicha shakllangan bulmasada, 1-sinf o‘quvchilariga nisbatan ular birmuncha qiyinchiliklarni enga oladi. 2-sinf o‘quvchisi o‘qish va yozish malakalarini egallagan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida musiqiy bilimlarni ham kulamini kengaytirishga yordam beradi. Bularning barchasi o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi ularning 1-sinfda olgan bilimlariga asoslanadi.
Tashkillashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan, qiziqarli darslar o‘quvchilarni birgalikda musiqa tinglashga, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishga, jamoa bo‘lib kuylashga, bir-birini tinglashga urgatgan buldai.
Odatda 2-sinf o‘quvchilari xuddi 1-sinf o‘quvchilaridek, o‘ta qiziquvchan bo‘lmaydilar. Biroq, o‘qituvchi ularning qiziqishlarini sundirmaslikka harakat qilmog‘i kerak. Buning uchun o‘qituvchi musiqiy qobiliyati bo‘lmagan o‘quvchilarga nisbatan ham e’tiborliroq bo‘lmog‘i lozim va kelajakda ularning qobiliyati o‘quvchilarga biriktirib ularga ham alohida vazifadar berishi kerak. O‘qish jarayonida o‘qituvchi darsdagi vazifalarni osondan murakkabga, kuyidan yuqoriga qarab olib borishi kerak.
Boshlang‘ich sinflardagi musiqa darslari umumiy ta’lim maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Birinchi va ikkinichi sinflarning orasida unchalik farq bo‘lmasada, lekin ikkinchi sinf bolalari tajribali o‘quvchi, maktab koidalariga ko‘nikma hosil bo‘lgan, diqqati mustahkamlashgan o‘quvchi hisoblanadi.
Musiqa madaniyat darslarida dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib turish, ularni musiqaga qiziqishlarini yanada oshiradi. Ikkinchi sinfda ovoz apparatining nozikligi, mo‘rtligi va ovoz pardalari to‘la shakllanmaganligi sababli ovozlari (nosoz) falset ko‘rinishida yangraydi. Ovoz diapazoni do1-re2 gacha bo‘ladi. o‘quvchilarda birinchi sinfda olgan bilimlari ikkinchi sinfda yanada mustahkamlanib, chuqurlashib boradi. Ular marsh musiqalari, tantanavor xarakterdagi musiqalar haqida ta’savurga ega bo‘lib, bu musiqalarni janri, turlari haqida bilimga ega bo‘ladilar. SHu tarzda qo‘shiq va raqs janri ham o‘rgatiladi.
2-sinf bolalari ovoz apparatining fizilogik xususiyatlari, ya’ni nozikligi, mo‘rtligi ovoz pardalarining to‘la shakllanmaganligi bilan ham birinchi sinf bolalaridan kam farq qiladilar. 2-sinf o‘quvchilarining musiqiy qobiliyatlarining rivojlanishi birinchi sinfda berilgan darslaring sifat va mohiyatiga bog‘liq. 1-sinfda o‘quvchilar bilan o‘tilgan samarali, qiziqarli tashkillashtirilgan darslar o‘quvchilarda musiqa tinglash, qo‘shiq haqida o‘zinig taassurotlarini ifodalash, xor jamoasi bilan qo‘shiq kuylash malakalarini oshiradi.



Download 83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling