8- sinf Anatomiya


Download 25.65 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi25.65 Kb.
#1141128
Bog'liq
anatomiya 4.5.6





8- sinf Anatomiya 4.5.6 mavzular yuzasidan

1. Biriktiruvchi to‘qimaning asosiy vazifasi nima A) organlarni har xil ta’sirdan himoya qiladi B) organlami o‘zaro bog‘lab, ular funksiyasini boshqarib turadi. C) organlarni o‘zaro bog‘lash va himoya qilish D) organlar harakatlanib, ish bajaradi.
2.Epiteliy hujayralari nima sababli doimo yangilanib turadi. A)yadrosi bo’lganligi B)tez yemirilganligi C)yosh hujayra bo’lganligi D)hujayra oraliq moddasi bo’lganligi
3.Har xil hujayralardan iborat to’qimaga xos ma’lumot berilgan qatorni toping. A) ayirish organlari naylari devorining ichki yuzasini qoplab turadi B) tolalarining qisqarishi tufayli organlar harakatlanib, ish bajaradi. C) yulduzsimon ko‘p o‘simtali D)oziq moddalar va kislorodni tashish funksiyasini bajaradi
4.Hujayralar oralig’i moddasining holatiga ko‘ra tig’iz tolali biriktiruvchi to’qima hujayralarini belgilang A) teriosti yog’ kletchatkasi, qon tomirlari devori, limfa B) qon tomirlari devori, paylar ,chin teri C) teriosti yog’ kletchatkasi, yurak xaltasi D) yurak xaltasi, qon tomirlari devori, paylar
5.Nerv to'qimasining oraliq hujayrasiga xos ma’lumotlar berilgan qatorni belgilang. A)mayda hujayrali B) tolalarining qisqarishi tufayli organlar harakatlanib, ish bajaradi. C)yulduzsimon bir o‘simtali D)oziq moddalar va kislorodni tashish funksiyasini bajaradi
6.Diafragma muskullarining qisqarishi va bo‘shashishi tufayli organizmda qanaqa o’zgarish sodir bo’ladi A)ko’krak va qorin bo‘shliqlari hajmining o‘zgarishi B) gavdani dast ko’tarish C) tanani bukib,rostlash D) bel va ko’krak bo’limlarining qisqarishini taminlaydi
7.Hazm qilish, nafas olish, ayirish organlari naylari devorining ichki yuzasini qoplab turadigan to’qima A)epiteliy B)biriktiruvchi C)nerv D)muskul
8.Hujayralar oralig’i moddasining holatiga ko‘ra g’ovak tolali biriktiruvchi to’qima hujayralarini belgilang. A) teriosti yog’ kletchatkasi, qon tomirlari devori, limfa B)qon tomirlari devori, paylar ,chin teri
C) teriosti yog’ kletchatkasi, yurak xaltasi D)yurak xaltasi, qon tomirlari devori, paylar
9.Organlarni o‘zaro bog‘lash vazifasini bajaruvchi biriktiruvchi to‘qima hujayralari qaysilar A)qon, suyak, tog‘ay B)qon,limfa,tog’ay C) qon, limfa, tog‘ay D)qon,limfa,paylar
10.Shakli o'zgargan hujayralar to’plamidan iborat to’qima A)epiteliy B)biriktiruvchi C)nerv D)muskul
11.Nerv to'qimasi…………..dan iborat. A)oraliq hujayralar va neyrolgiya C)yulduzsimon o’simtali va neyrolgiya hujayralari B)nerv hujayrasi va neyron D)yulduzsimon o’simtali va nerv hujayralaridan
12.Muayyan tuzilishga va shaklga ega bo‘lgan tana qismi A) to’qima B)hujayra C)organ D)organizm
13.Organlar bir-biridan nimasiga qarab farq qiladi A)Shakli, tuzilishi, tanada joylashgan o‘rni va funksiyasiga B)Shakli, hajmi, tanada joylashgan o‘rni va funksiyasiga C) shakli vahajmiga ko’ra D)tanada joylashgan o‘rni va hajmiga
14.Tana bo‘shliqlarida joylashmagan organlarni belgilang A)jigar,yurak,buyrak B)jigar,opka,miya C)qo’l,oyoq D)ko’z,quloq,jigar
15.Ko‘krak qafasida joylashgan organlarni belgilang A) yurak,jigar,o’pka B)yurak,meda,ichak C) yurak, halqum, kekirdak C)yurak,meda,halqum
16.Gormonlar deb nimaga aytiladi? A)faqat ichki sekretsiya bezi mahsuloti C)ichki va aralash bezi mahsuloti B)tashqi va ichki sekretsiya bezi mahsuloti D)aralash bezlar mahsuloti
17.Bir qancha organlar funksiyasiga ta’sir ko‘rsatadigan(a) malum bir organ funksiyasiga tasir ko’rsatadigan(b) gormonlarni belgilang. A) a-adrenalin b-tiroksin B) a-tiroksin b-adrenalin C) a-jinsiy b-adrenalin D) a-adrenalin -jinsiy
18 boshqarilishi tufayli organizm ichki muhitining nisbiy doimiyligi va uning funksiyasining turg‘unligi ta’minlanadi A)gumoral B)nerv C)gormonal D)gumoral va nerv
19. Bu moddalarning ko‘pchiligi juda past konsentratsiyada ham organizm ishiga katta fiziologik ta’sir ko‘rsatadi. A)ferment B)organik moddalar C)gormon D)vitamin
20. Elektr signallari qayerda hosil bo’ladi A)neyrolgiya membranasida B)neyron membranasida C)miya po’stlog’i ostida D)nerv tugunlarida

Tuzuvchi:Djumanov Azizbek




Download 25.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling