8-amaliy ish Ruda shaxtalarida kon lahimlari mustahkamlagichiga ta’sir etuvchi kon bosimini hisoblash


Download 0.92 Mb.
Sana12.10.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1700476
Bog'liq
8-


8-amaliy ish
Ruda shaxtalarida kon lahimlari mustahkamlagichiga ta’sir etuvchi kon bosimini hisoblash

Kon lahimi atrofini o‘rab turgan kon jinslarining lahim ichiga qulab tushmasligi, uning ko‘ndalang kesim yuzasini va ishlash qobiliyatini saqlashni ta'minlash maqsadida o‘rnati- ladigan sun'iy inshoot kon muxtahkamlagichi deb ataladi.


Kon mustahkamlagichi yog‘ochdan, metalldan, monolit beton va temir-betondan barpo etilishi mumkin. Ruda konlari lahimlarini mustahkamlashda, ayrim hollarda anker mustah- kamlagichlardan ham foydalaniladi.
Yog‘och mustahkamlagichlarning ishlash muddati qisqa (2—3 yil). Ular, asosan, kon bosimi mo‘tadillashgan, gorizontal, qisman qiya lahimlarda qo‘llaniladi. Yog‘och mustahkam- lagichlar to‘g‘ri to‘rtburchak, aksariyat hollarda esa, trapetsiya- simon shakldagi to‘la bo‘lmagan mustahkamlagich romlardan tashkil topadi.
Romlar lahimning uzunlik o‘qiga tik ravishda bir-biriga tirband yoki bir-biridan 0,5—1,0 m masofada o‘rnatilishi mumkin. Agar romlar orasida ma'lum masofa qoldirilgan bo‘lsa, u holda romlar oralig‘iga ikki yoni va tepasi bo‘ylab toqilar teriladi. Toqilar lahim shifti va yon tomonlaridagi jins bo‘laklarining lahim ichiga qulab tushishidan saqlaydi (3-rasm).
Yog‘och mustahkamlagich romlari diametri 20—25 mm g‘o‘lalardan barpo etiladi. Mustahkamlagich ustunlarning ostki uchi qoziqsimon qilib tayyorlanadi va ular yerga 10—20 sm

3-rasm. Yog‘och muxtahkamlagichning konstruksiyasi:
1 — to‘sin; 2 — ustun; 3,4 — toqi; 5 - tirgak
chuqurcha hosil qilib o‘rnatiladi. Ustun uchining qoziqsimon bo‘lishi mustahkamlagichning biroz eziluvchan bo‘lib, kon bosimiga moslashishini ta'minlaydi.
Trapetsiyasimon romlarning ustunlari gorizontga nisbatan 80—85˚ burchak ostida o‘rnatiladi. Agar lahim osti (yer) qaba- rish xususiyatiga ega bo‘lsa, u holda ustunlar tagsinchga o‘rnatiladi. Bunday romlar to‘la rom deb yuritiladi. Agar lahim yon devorlari mustahkam bo‘lsa, ustunsiz mustahkamlagichdan foydalaniladi. Bunda lahim yon devorlari tepasida, shift ostida har ikki tomonda chuqurcha hosil qilinadi va to‘sin chuqur- chalarga kiritib o‘rnatiladi.
Lahimning qiyaligi 30 darajadan ortiq bo‘lsa, uni to‘la mustahkamlagich romlari bilan mustahkamlanadi va qo‘shni to‘sin hamda tagsinchlar o‘rtasiga tiralmalar o‘rnatiladi. Bu esa romlarning surilib ketishining oldini oladi.
Metall mustahkamlagichlar uzoq muddat ishlashi, mustah- kamligi va ta'mirlash xarajatlari kamligi tufayli konchilik amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Metall mustahkamlagichlar trapetsiyasimon, arkali va aylanma shaklida, shuningdek, eziluvchan yoki qat'iy (ezilmaydigan) bo‘lishi mumkin.
Qat'iy trapetsiyasimon mustahkamlagich romi, asosan, dvutavr balkasi yoki relsdan yasaladi. Bunday mustah- kamlagichga biroz eziluvchanlik xususiyatini berish maq- sadida ustunlar g‘o‘la yog‘och tagliklar ustiga o‘rnatiladi (4-rasm).

4-rasm. Qat'iy metall muxtahkamlagich romi.
Konchilik korxonalarida qat'iy mustahkamlagich bilan bir qatorda maxsus eziluvchanlik konstruksiyasiga ega bo‘lgan metall mustahkamlagichlardan ham keng foydalaniladi. Bularga MPK—1T, KMP—T, MTP H rusumli mustahkamlagichlar misol bo‘la oladi.
haxtalarda, ko‘pincha, uch yoki besh bo‘g‘inli arkali metall mustahkamlagichlar qo‘llaniladi. Bo‘g‘inlarning asosiy vazifasi dastlabki kon bosimini qabul qilishda mustahkamlagichga ko‘proq eziluvchanlik xususiyatini berishdir. 2.5-rasmda uch bo‘g‘inli eziluvchan arkali mustahkamlagichning romi ko‘rsa- tilgan.

5-rasm. Uch bo‘g‘inli maxsus profillardan tashkil topgan arkali muxtahkamlagich: 1 — metalli ustunlar; 2 — yuqori segment; S — to‘sinni ustunlarga bog‘lovchi xomut; 4 — gaykali planka; 5 — bog‘lovchi.


Kon lahimiga barcha tomonlaridan kuchli bosim ta'sir etadigan, buning ustiga uning zamini qabarish xususiyatiga ega bo‘lsa, bunday lahimlarni to‘rt yoki olti bo‘g‘inli aylanma shaklidagi metall mustahkamlagichlar bilan mustahkamlanadi (6-rasm).


6-rasm. Eziluvchan g‘ildiraksimon halqasimon) metall muxtahkamlagich.
Monolit beton va temir-beton mustahkamlagichlar, aso- san, uzoq muddat ishlaydigan qazish zonalaridan tashqarida bo‘lgan gorizontal, vertikal va qiya kapital (konni ochuvchi) lahimlarni mustahkamlashda qo‘llaniladi. Stvol atrof inshootlari va kameralari ham, asosan, monolit beton bilan mustahkamlanadi.
Monolit beton mustahkamlagichlarining asosiy konstruk- siyasi vertikal devor va gumbazsimon yopqichdan (gorizontal va qiya lahimlarda), silindr shaklidagi beton mustahkam- lagichdan (vertikal lahimlarda) tashkil topadi.
haxtalarda vertikal kon bosimining lahimga ta'siri kuch- liroq bo‘lganligi tufayli, ko‘pincha, vertikal devorli va gum- bazsimon yopqich shaklidagi monolit beton mustahkam- lagichidan foydalaniladi (7-rasm).
Eziluvchan yoki qat'iy (ezilmaydigan) armaturali monolit temir-beton mustahkamlagichi ham ikki devor, gumbazsimon yopqich va poydevordan tashkil topadi. Monolit beton mustahkamlagichlari bilan bir qatorda shaxta va rudniklarda yig‘ma temir-beton mustahkamlagichlardan keng foydalaniladi.

7-rasm. Monolit beton muxtahkamlagichi.
Yig‘ma temir-beton mustahkamlagichlarning elementlari zavodlarda tayyorlanib, kon lahimlariga keltiriladi va bu yerda yig‘ib, lahim mustahkamlanadi. Yig‘ma temir-beton mustah- kamlagichlarning ishlash muddati uzoq va ular kon bosimi mo‘tadillashgan kapital kon lahimlarini mustahkamlashda qo‘llaniladi.
8-rasmda konchilik korxonalarida keng qo‘llanadigan trapetsiyasimon va arkasimon shakldagi temir-beton mustah- kamlagichlar ko‘rsatilgan.


8-rasm. Yig‘ma temir-beton muxtahkamlagich:
a — trapetsiyasimon; b — sidirg‘asiga tyubinglardan yasalgan arkasimon.
Konlarni yerosti usulida qazib oluvchi korxonalar ama- liyotda monolit beton mustahkamlagichlarining yana bir turidan foydalanadilar.
Mustahkamlagichning bu turi sepma beton mustahkam- lagichi deb yuritiladi.
Bu mustahkamlagich foydali qazilmani qazish zonasidan tashqarida joylashgan kapital va kon-tayyorlov lahimlarini mustahkamlashda qo‘llanadi. Lahimlar darzdorlik darajasi kichik bo‘lgan pishiq jinslardan o‘tilgan bo‘lishi kerak. Lahim o‘tilgandan so‘ng uning yon devorlari va shifti bo‘ylab, maxsus mashinalar yordamida beton qorishmasi sepiladi.
Uning qalinligi 50—300 mm bo‘lishi mumkin (to‘ldirgich materiallari bo‘laklarining o‘lchami 25 mm dan oshmasligi shart). Beton aralashmasini tayyorlashda yuqori rusumli (400 dan kam bo‘lmagan) sement, beton qotishini tezlashtiruvchi material sifatida xlorli kalsiy, suyuq oyna va boshqa material- lardan foydalaniladi.
Ankerli mustahkamlagich turli usullar orqali shpurga (skvajinaga) o‘rnatiladigan sterjen (anker) bo‘lib, lahim shifti va yon tomonlaridagi bo‘shoq (darzdor) jins qatlamlarini buzilishdan yoki deformatsiyalanishidan saqlaydi.
Ankerning diametri 20 mm va uzunligi 0,6 metrdan
3 metrgacha bo‘ladi.
9-rasm. Ankerli muxtahkamlagich:
a — mustahkamlagichning lahimga o‘rnatilgan holati;b va d — ponayoriqli va kengayuvchan ankerlar konstruksiyasi.
Shpur yoki skvajinaga mustahkam o‘rnatilish tomoyillariga ko‘ra barcha turdagi ankerli mustahkamlagichlar ikki guruhga bo‘linadi: qulfli — skvajinaning tub qismiga turli konstruksiyaga ega bo‘lgan qulflar yordamida mustahkam o‘rnatiladigan; qulfsiz — skvajinaning bor bo‘yicha sement, smola yoki boshqa yopishtiruvchi moddalar bilan mustahkamlaydigan ankerli mustahkamlagichlar.
Zamonaviy konchilik korxonalarida qulfli metall ankerlar keng qo‘llanilmoqda.
Bu ankerlar ponayoriqli, kengayuvchan va kengaymaydigan turlarga bo‘linadi (9-rasm).
Beton yuqori pishiqlikka ega, uzoq muddat xizmat qila- digan, yonmaydigan va nisbatan arzon mustahkamlagich mate- rial hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tabiiy toshlar konchilikda mustahkamlagich materiali sifatida juda kam qo‘llaniladi.
Beton bloklar, pishiq g‘isht kabi sun'iy toshlar kapital kon lahimlarini mustahkamlashda qo‘llanadi.
Polimer mustahkamlagich materiallaridan oynaplastik, plastikbeton, ko‘mirplast kabi sintetik kimyoviy tarkibiga ega bo‘lgan sun'iy materiallardan ham kon lahimlarini mustah- kamlashda foydalanilmoqda.
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling