8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Suzish suv havzasi (ochiq va yopiq) maydoln o’lchamlari (4-soat) Darsning maqsadi
Download 24.42 Kb.
|
8-амалий машғулот
- Bu sahifa navigatsiya:
- Identiv o’quv maqsadlari
- Ish uchun kerakli jihoz va materiallar
- Suv havzalari o’lchamlari
- Suv havzasi turlari Chuqurlik, m
- Balanddan Hovuzlarning ichki O’quv
- Sayoz joyda sakrash moslamasi ostidagi
- SUV POLOSI MAYDONI, ANJOMLARI VA JIHOZLARI Maydon o‘lchamlari
- Darvoza
8-amaliy mashg’ulot Mavzu: Suzish suv havzasi (ochiq va yopiq) maydoln o’lchamlari (4-soat) Darsning maqsadi: Talabalarda zamonaviy suzish suv xavzalarining tuzilishi, o’lchamlari va jihozlanishi to’g’risida tushunchalar paydo qilish.
Suzish suv xavzasiga tavsif beradi. Suzish suv xavzasi o’lchamlarini aytib beradi. Suzish suv xavzasi jihozlarini sanab ko’rsatadi. Ish uchun kerakli jihoz va materiallar: Suzish suv xavzasi chizmasi, sport o’yinlari bo’yicha darsliklar, qalam, chizg’ich. Ishni bajarish tartibi: 4-TIP dagi suzish suv xavzasi bilan tanishish. Yopma inshootning maqsadi yil davomida mashq va namoyish ishlarida unumli foydalanish. Buning uchun suv havzasi binolarining tomonlaridan darchalar ochish, ba’zi hollarda esa tomni to’liq ochish nazarda tutiladi. Yopiq sport suv havzalarida joylashadigan asosiy xonalar guruhi: - sportchilar va tomoshabinlar uchun kirish xonalari (ular umumiy yoki alohida bo’lishi mumkin), vestibyul, garderoblar, hojatxonalar; - suzish uchun mo’ljallangan hovuzli zal; - sportchilarga xizmat ko’rsatish xonalari - "quruq suzish" mashg’ulotlarini o’tkazish zali, kiyim almashtirish, dush, hojatxona va massaj xonalari, tibbiyot xonasi, anjomlar, isitkich-quritgich, ko’rsatma berish xonasi, uslubiy va boshqalar;
tomoshabinlarga xizmat ko’rsatish xonalari - kuluarlar, bufetlar, kiosklar, hojatxonalar; -ma’muriy-xo’jalik xonalari - direktor xonasi, xo’jalik bo’limi, o’quv bo’limi, ro’yxat bo’limi, kassalar va boshqalar; -yordamchi qo’shimcha xonalar - filtrlar, xlorator, dezinfektsiya, laboratoriya, ustaxona, omborxonalar va boshqalar. Sport suv xavzalarini loyihalashda, suzish maqsadida poyabzalsiz, sport kiyimidagi sportchilarga alohida yo’laklar e’tiborda tutilishi zarur. Sportchilarning hovuzli zalgacha harakatlanish ketma-ketligi: vestibyul va garderob, ro’yxat bo’limi, kiyim almashtirish, o’quv-mashg’ulot zali (quruq suzish), hovuzli zal, kiraverishidagi dush moslamalari, hovuzli zal. Zaldan chiqish ketma-ketligi teskari tartibda amalga oshadi. Shahar qurilish sharoitlaridan kelib chiqqan holda suv havzalarining maqsadli belgilanishi, sig’imi va boshqalarga qarab qishki suv havzali binolar shaharning alohida qismida, stadion hududida, kompleksning (majmuaning) boshqa sport binolarida, shahar yoki tuman oromgohida joylashishi mumkin. Suzish suv havzasi to’g’ri to’rtburchakli sun’iy yoki tabiiy suv havzalaridan tashkil etiladi. U erda mashg’ulot va musobaqalar o’tkazish uchun jihozlar va anjomlar bo’lishi kerak. Suzish suv havzalari uzunligi 25 m yoki 50 m, eni esa 11 m, 16 m, 21 m va 25 m ga teng bo’lishi mumkin (40-rasm). Bitta suzish yo’lkaning eni 2,5 m bo’ladi. Enining o’lchamlariga qarab suzish suv havzalari 4, 5, 6 yoki 8 ta suzish yo’lkachali bo’ladi. Agar suzish suv havzasi uzunligi 33,3 m gacha bo’lsa, u holda bu erda suv polosi sport turi bo’yicha mashg’ulot o’tkazish mumkin. Suzish suv havzasining minimal chuqurligi 1,2 m, chuqur qismi 1,8 m dan chuqur bo’lishi kerak emas. Suv havzalari o’lchamlari
Hovuzning qisqa yon tomonlaridan suzish yo’lkalari markaz bo’yicha suv sathidan 0,75 m balandlikda start tumbalari o’rnatiladi. Tumbaning ustki qismi notekis bo’lib, suv tomonga 15% nishablikda joylashtirilgan. Asosiy savallarda tumbalarning o’lchamlari 0,5x0,5 m. Hovuz atrofida aylanma yo’lka mo’ljallangan bo’lib, yon tarafdagi yo’lkalarning eni 3 m bo’ladi. Bu yo’lkalar ikki qismdan iborat: asosiy va yonlama (xususan, hovuz bilan chegaradosh). Yonlama yo’lka basseynga suvning qaytishi uchun nishablikka ega (0,0005%, eni 50 sm). Hovuzning bo’ylama uzunligi bo’ylab ikki tomonida va suv sathidan 1,2 m pastda dam olish zinasi (15 sm) bo’lib, qirralari yo’nilgan holatda bo’ladi. SUV POLOSI MAYDONI, ANJOMLARI VA JIHOZLARI Maydon o‘lchamlari - suv polosi bo‘yicha xalqaro yoki milliy jamoalar o‘rtasida musobaqalar suv chuqurligi 1,80 metr, 30 x 20 metr o‘lchamdagi to‘g‘riburchak shaklidagi suv maydonida o‘tkaziladi. Barcha suv havzalari yuqorida aytib o‘tilgan o‘lchamlarga ega. Shunday bo‘lsada, suv havzalarini hammasi ham parametrlari to‘g‘ri kelmaydi, o‘lchami 8 x 20 metr, chuqurligi 1metr bo‘lgan kichik maydonlarda musobaqalar o‘tkazishga ruxsat beriladi. Agar suv havza devorlari tabiiy o‘yin maydoni chegaralari bo‘la olmasa, unda maxsus arqon bilan ajratiladi. Maydonning yon tomonidagi 2 metrli va 4 metrli hamda o‘rta chiziqlarni belgilash uchun belgi qo‘yiladi. Darvoza – ichki o‘lchami 300 x 0,90 sm. Agar suv havzasi chuqurligi 1,50 metrdan kam bo‘lsa, unda suv havzasi tubidan to darvoza xarigacha 2,40 metr bo‘lishi kerak. To‘p – suv polosi o‘yini uchun to‘p aylana diametri 68–71 sm, og‘irligi 400–450 g bo‘ladi. Charm to‘plarni moylash uchun maxsus moy yoki mum ishlatiladi. 1967-yildan boshlab plastmassa to‘plar kiritilgan. Ipli to‘plardan foydalanish man etiladi. Sport kiyimi – vaterpolchilar sport kalta ishtonida qatnashadilar. O‘yin boshlanishidan avval yoki tanaffus vaqtida sovqotib qolmasliklari uchun mashg‘ulot ust kiyimi, sport shippagi va xalat kiyib oladilar. Musobaqalarning eng zarur atributi maxsus bosh kiyim, bayroqlar va vaterpol sekundometri hisoblanadi. Bosh ki yimi tomog‘ ostidan bog‘lanadi, ikki yon tomonida raqamlar yor qin ko‘rinarli bo‘lishi kerak. Darvozabon 1 raqamda, qolgan o‘yin chilar 2–11 raqamlanadi. Hakam imo-ishoralari ko‘k va oq bayroqlar yordamida ko‘rsatiladi. Darvoza chiziq hakami oq va qizil bayroqchaga, hakam kotibi oq, havorang va qizil bayroqlarga ega bo‘lishi kerak. Suzish suv havzalari uzunligi 25 m yoki 50 m, eni esa 11 m, 16 m, 21 m va 25 m ga teng bo‘lishi mumkin. Bitta suzish yo‘lkaning eni 2,5 m bo‘ladi. Enining o‘lchamlariga qarab suzish suv havzalarida 4, 5, 6 yoki 8 ta suzish yo‘lkalari bo‘ladi. Agar suzish suv havzalari uzunligi 33,3 m gacha bo‘lsa, u holda bu yerda suv polosi sport turi bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazish mumkin. Suzish suv havzasining minimal chuqurligi 1,2 m, chuqur qismi 1,8 m dan chuqur bo‘lishi kerak emas. Adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi sport inshoatlarida jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanuvchilar uchun normativlar. T., 2004. M.Sultonova., N.Yanchenko. Sport inshoatlari nazariyasi, shakli va o’lchamlari. Toshkent, 1994. M.S. Xodjaev, A.A.Tolametov, A.M. Nurmuxamedov, J.X.Umarov. Sport inshootlari:O’quv qo’llanma jismoniy tarbiya institutlari va universitetlarning jismoniy tarbiya fakul’tetlari talabalari va magistrlari uchun .O’zDJTI. 2007й. Download 24.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling