8-Mavzu: Axborot tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari Tizim tushunchasi


Download 106.31 Kb.
bet1/6
Sana04.02.2023
Hajmi106.31 Kb.
#1165335
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-maruza

8-Mavzu: Axborot tizimi tushunchasi va uning tarkibiy qismlari

1. Tizim tushunchasi

2. Axborot tizimi tushunchasi

3. Axborot tizimlari klassifikatsiyasi

4. Axborot tizimlari tarkibi

Tizim tushunchasi

Tizim tushunchasi

Tizim – bu qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun o’zaro birlashtirilgan va ayni bir vaqtda yagona deb qaraluvchi turli elementlar to’plamidir. Tizimlar nafaqat tarkibi, balki qo’yilgan asosiy maqsadlari boyicha ham bir-birlaridan farqlanadi.

1-misol. Korxona tizim deb qaraladigan bolsa, uning elementlari sifatida binolar, texnik vositalar, xom-ashyo, xodimlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Korxonaning oldiga qo’ygan asosiy maqsadi – bu mahsulot ishlab chiqarishdir.

2-misol. Telekommunikatsion tizim. Elementlari – aloqa tarmoqlari, modemlar, kompyuterlar, tarmoq dasturiy ta’minoti va boshqalar. Asosiy maqsadi – axborot uzatish.

3-misol. Axborot tizimi. Uning elementlari – kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, insonlar, axborot va dasturiy ta’minot va boshqalar. Axborot tizimining asosiy maqsadi professional axborot ishlab chiqarishdir.

Tizimni tashkil etuvchi elementlar soni ixtiyoriy bo’lishi mumkin, muhimi ularning o’zaro bog’langanligidir. Masalan, turli detallardan tashkil topgan texnik vosita; insonlar jamoasi; korxona; davlat va hokazolar.

Tizimni tashkil etuvchi elementlar soni ixtiyoriy bo’lishi mumkin, muhimi ularning o’zaro bog’langanligidir. Masalan, turli detallardan tashkil topgan texnik vosita; insonlar jamoasi; korxona; davlat va hokazolar.

Bu misollardan ko’rinib turibdiki, tizimlar turlicha bo’lishi mumkin, ammo ular bir qator umumiy xossa va tushunchalarga ega. Turli belgilari bo’yicha tizim turlariga ko’plab misollar keltirish mumkin. Umumiy holda ularni material va abstrakt turlarga bo’lish mumkin.


Download 106.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling